Линклар

Шошилинч хабар
26 ноябр 2024, Тошкент вақти: 07:26

Bishkek Toshkentga GES qurilishi bo‘yicha maxsus delegatsiya jo‘natmoqchi


Qirg‘izistondagi To‘qto‘g‘ul GESidagi xonalardan biri.
Qirg‘izistondagi To‘qto‘g‘ul GESidagi xonalardan biri.

Qirg‘iziston Qambarota -1 GESini hamkorlikda qurish masalasida O‘zbekistonga maxsus delegatsiya jo‘natmoqchi.

Qirg‘iz parlamentida Qambarota -1 GESini O‘zbekiston bilan hamkorlikda qurish masalasi 20 fevral kuni muhokama qilindi. Ishlab chiqarish, energetika va yer zaxirasidan foydalanish bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Aytmamat Qadirbaev bu masalada Toshkentga maxsus delegatsiya borishini ma’lum qildi:

- Qambarota -1 bo‘yicha maxsus ishchi guruhi tuzilgan. Yaqin orada bu guruhning O‘zbekistonga borishi kutilmoqda. Bu borada O‘zbekiston hukumati bilan oldin telefon orqali maslahatlashdik. Yaqinda ishchi guruhi shu masala bo‘yicha Toshkentga boradi, - dedi Qadirbaev.

O‘zbekistonning sobiq prezidenti Islom Karimov Qambarota - 1 GESining qurilishiga qarshilik ko‘rsatib kelgan edi. Karimov fikricha, mazkur GESning qurilishi O‘zbekistonda ulkan ekologik falokatga sabab bo‘lishi mumkin.

Biroq 2017 yil sentabrida Bishkekka davlat tashrifi bilan kelgan keyingi prezident Shavkat Mirziyoev O‘zbekiston mazkur GESni hamkorlikda qurishdan manfaatdor ekanligini bildirgan.

-Biz suv masalasida jiddiy kelishuvlarga erishdik. Biz har tomondan – moliya, resurs va boshqa masalalarda to‘la yordam ko‘rsatib, Qambarota GESini birga quramiz. Negaki u bizga kerak, - degan Mirziyoev.

Qirg‘iziston energetika vazirining sobiq o‘rinbosari Rayimbek Mamirov O‘zbekiston hukumati uzoq yilik qarama-qarshilikdan so‘ng manfaatli qarorga keldi, deb hisoblaydi.

-O‘zbekiston “Biz GESni birga quramiz, bizga qanchadir miqdorda sug‘orish uchun suv berib turasizlar”, deb shart qo‘yishi mumkin. Biroq sug‘orish uchun berilgan suvdan ishlab chiqarilgan elektr energiyasini O‘zbekiston va Qozog‘iston sotib olishi shart, degan murosa bilan bu shartga ko‘nish mumkin. Shunday uzoq muddatli shartnomalar tuzilsa bizga ham, O‘zbekiston bilan Qozog‘istonga ham foydali bo‘lar edi, - dedi Rayimbek Mamirov.

Bishkek va Moskva 2012 yili Qambarota - 1 GESini hamkorlikda qurish bo‘yicha shartnomani imzolagan va bu loyihani “RusGidro” shirkati amalga oshirishi lozim edi.

Biroq “RusGidro” shartnoma bo‘yicha o‘z majburiyatlarni o‘z vaqtida bajarmagani ortidan Qirg‘iziston hukumati 2016 yilda bu shartnomadan chiqqan.

Ayni paytda “RusGidro” shirkati Qirg‘iziston hukumatidan shartnomadan chiqish ortidan keltirilgan 37 million dollar zararni to‘lab berishni talab qilmoqda. Rossiya shirkati bu masalada Xalqaro sudga shikoyat arizasi kiritgan.

XS
SM
MD
LG