Линклар

Шошилинч хабар
26 ноябр 2024, Тошкент вақти: 20:26

"Ezgulik" rahbari “Jasliq”da umrbod qamalgan mahkum bilan uchrashdi


25 fevral kuni “Ezgulik” jamiyati raisi Abdurahmon Tashanov Jasliq qamoqxonasida umrbod qamoq jazosini o‘tayotgan mahkum Iskandar Xudoyberganov bilan uchrashdi. Tashanovga ko‘ra, Iskandar Xudayberganovning sog‘ligi haqida tarmoqlarda tarqalgan xabarlar ortidan ushbu uchrashuv tashkil qilingan. Biroq uchrashuv natijasida mahkumning salomatligi bilan bog‘liq muammo yo‘qligi aniqlanganini ta’kidadi huquq faoli.

Tashanovning Ozodlik bilan suhbatda aytishicha, Iskandar

Xudayberganovning barcha yaqin qarindoshlari Shvetsiyada qochqinlikda yashayotgani bois, mahkumning sog‘ligi borasida tarmoqlarda tarqalgan xabarlarni tekshirish uchun "Ezgulik" faollarining o‘zi "Jasliq"qa borib, mahkum ahvolini o‘rganishga qaror qilgan.

- Biroq biz Iskandar Xudayberganov bilan uchrashganimizda tarmoqlardagi xabarlarning mish-mish ekaniga guvoh bo‘ldik. Birinchidan, uning ko‘rinishi juda yaxshi edi. Ikkinchidan, uning o‘zi ham sog‘ligi bilan bog‘liq hech qanday muammo yo‘qligini ta’kidladi, deydi Abdurahmon Tashanov.

Ayni paytda suhbat davomida mahbus¸ o‘zini ozodlikka chiqarishlarini so‘rab Oliy sudga nazorat tartibida ariza yozganini ham bildirgan.

"Ezgulik" rahbarining mahkum Iskandar Xudayberganov bilan "Jasliq"dagi uchrashuvi tafsilotlarini quyidagi suhbatda tinglashingiz mumkin:

Абдураҳмон Ташанов
Илтимос кутинг
Киритиш (Embed)

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:09:13 0:00
Бевосита линк

Xavfsizlik idoralari tomonidan "Salafiylar" diniy oqimi faollaridan biri sifatida ko‘rilgan Iskandar Xudoyberganov Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudida o‘tkazilgan mahkamada O‘zbekiston Jinoyat Kodeksining 14 ta moddasida ko‘zda tutilgan jinoyatlarda aybdor deb topilgan va 2002 yilning 28 noyabrida chiqarilgan hukm bilan unga o‘lim jazosi tayinlangan.

O‘zbekiston o‘lim jazosi ijrosiga moratoriy e’lon qilishi ortidan 2007 yilda bu jazo umrbod qamoqqa almashtirilgan.

XS
SM
MD
LG