Линклар

Шошилинч хабар
26 ноябр 2024, Тошкент вақти: 20:48

Samarqandlik talaba O‘zbekiston nomini o‘zgartirishni taklif qildi


Abubakir Mamatov
Abubakir Mamatov

Xitoyda tahsil olayotgan samarqandlik talaba Abubakir Mamatov O‘zbekiston nomini Uzbekland yoki Neartland deb o‘zgartirish taklifi bilan chiqdi. OzodMikrofonga bog‘langan talaba yigit -iston qo‘shimchasi o‘zbek xalqiga mos emas, deb hisoblaydi.

Samarqand viloyat, Narpay tumanida tug‘ilib o‘sgan, hozirda Xitoyning Saniya mehmondo‘stlik instituti (Hospitality institute of Sanya)da mehmonxona boshqaruvi bo‘yicha tahsil olayotgan 21 yashar Abubakir Mamatovga ko‘ra, O‘zbekiston nomini global o‘zgarishlarga moslab o‘zgartirish lozim:

- O‘zbekiston deyilganda siyosiy parokandalik hukm surayotgan Pokiston yoki Afg‘oniston davlatlari qatorida ko‘rishadi mamlakatimizni. -iston qo‘shimchasi mamlakat nomiga, unga bo‘lgan qarashga ikkilamchi nuqtai nazardan yomon fikrni shakllantirayapti. Biz judayam katta strukturaga egamiz. Lekin bizning imkoniyatimiz aynan shu -iston qo‘shimchasining soyasida qolib ketayapti. 20-yillarda, SSSR tuzilayotgan paytda hukumat tepasida o‘tirgan 4-5 ta kattakon tomonidan shunaqa nom qo‘yilgan. Pokiston va Afg‘onistondan andoza olishgan. Bu 20-yillarning nuqtai nazaridan kelib chiqib qo‘yilgan nom. Lekin bu bugungi globallashayotgan zamonga mos emas. O‘zbekistondan -istonni olib tashlab, faqat O‘zbek deb qo‘yishimiz mumkin. Uzbekland yoki Neartland deb qo‘yishimiz mumkin. Menga ko‘proq Neartland yoqada- “dunyoning yuragi” degan ma’noda, dedi 1 mart kuni OzodMikrofonga bog‘langan Abubakir Mamatov.

Abubakir bilan suhbatni quyida to‘liq tinglashingiz mumkin:

Самарқандлик талаба Ўзбекистон номини ўзгартиришни таклиф қилди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:10:00 0:00
Бевосита линк

--------------------------------------------------------------------------------------- Muhtaram mushtariy, agar sizni tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz¸ bizga qo‘ng‘iroq qiling.

SMS va qo‘ng‘iroqlaringizni +420 724 971 539 va +420 724 740 755 raqamiga yo‘llang.

OzodMikrofon sizga muntazir!

OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!

XS
SM
MD
LG