Линклар

Шошилинч хабар
27 ноябр 2024, Тошкент вақти: 17:58

O‘zbekistonlik "oq qo‘lqopli qotil" kamida 11 kishi o‘limida ayblanmoqda (VIDEO)


Baxtiyor Matyoqubov Mosgorsudda
Baxtiyor Matyoqubov Mosgorsudda

Rossiya tergov qo‘mitasi Rossiya, Ukraina va O‘zbekistonda kamida 11 nafar ayolni o‘ldirganlikda ayblanayotgan O‘zbekiston fuqarosi 46 yoshli Baxtiyor Matyoqubov ishi sudga oshirilganini ma’lum qildi. “Oq qo‘lqopli qotil” nomi bilan tanilgan bu shaxs Ukrainada allaqachon uchta qotillikda aybdor deb topilib, umrbod qamoqqa mahkum etilgan.

Rossiyada sudlanganidan keyin Matyoqubov O‘zbekiston huquq-tartibot organlariga boshqa jinoyatlari ustidan tergov uchun berib yuborilishi aytilmoqda.

Moskva shahar sudida Moskva shahri va viloyati hududida kamida 5 qotillikni amalga oshirgan va bir qancha qotilliklarlarga urinishlarda, talon-tarojda gumonlangan 46 yashar o‘zbekistonlik Baxtiyor Matyoqubov ishi ko‘rib chiqilishi boshlandi.

Rossiya Tergov qo‘mitasi ma’lumotida bildirilishicha, Baxtiyor Matyoqubov qotilliklarni 2015 yilning yanvar-aprel oylari oralig‘ida kimsasiz joylar va xiyobonlarda amalga oshirgan.

“Jumladan, u 2015 yilning 17 martida Izmaylovo parkida iti bilan sayr qilib yurgan notanish 35 yashar ayolni uchratgan. Atrofda odamlar yo‘qligiga ishonch hosil qilgach, ayolning yurak qismiga ikki marta pichoq urgan, jabrdiyda hodisa joyida vafot etgan", - deyiladi qo‘mita xabarida.

Tergovchilarga ko‘ra, qotil har safar qurbonlarini pichoqlab o‘ldirgan va ularni talagan. Masalan, seks-shop do‘konida ishlayotgan 25 yashar Yuliya Lebejinovaga u kamida 20 marta pichoq sanchgan.

Rossiya Tergov qo‘mitasining Moskva shahar boshqarmasi rasmiy vakilasi Yuliya Ivanova Ozodlik so‘roviga Baxtiyor Matyoqubov ayollarni o‘ziga xos uslubda – oq qurilish qo‘lqoplarida o‘ldirib kelganini aytdi.

- Matyoqubov tergovchilardan qochishga erishdi, ammo xalqaro qidiruvga berildi. Nihoyat, 2017 yilning dekabrida u Ukrainadan Moskvaga tergov talabi bilan ekstraditsiya qilindi. Dastlabki taftish jarayonida Matyoqubov unga qo‘yilayotgan barcha jinoyatlarda o‘z aybiga to‘liq iqror bo‘ldi, dedi Yuliya Ivanova.

So‘roqlar davomida Baxtiyor Matyoqubov 2000-chi yillar boshlaridan odam o‘ldirib kelganini aytdi tergov vakilasi.

Nazorat kameralarida yuzi ko‘rinmayotgan qotil oq qo‘lqoplarda bo‘lgani tufayli unga mahalliy izquvarlar “oq qo‘lqopli qotil” nomini berishdi.

Ukrainada qochib yurgan Baxtiyor yana ikki ayol va bir erkakni o‘ldirganlikda aybdor deb topildi.

Kiev shahrida qurilishda ishlab yurgan Matyoqubov ishchilardan biri bilan urushib qoladi va uni qorniga pichoq solib o‘ldiradi. Ukrain tergovchilari u haqda O‘zbekistonga so‘rovnoma yuboradi va o‘z yurtida ham qotillik uchun qidiruvda ekanini aniqlaydi. O‘zbekiston, Ukraina va Rossiya maxsus xizmatlari kamida 30ta qotillikka aloqadorligi tekshirilgan Matyoqubovning jami 11 odam o‘limiga aloqasi borligini isbotlay olgani aytildi. Ismini oshkor qilishni istamagan tergovchilardan biri aslida o‘zbek muhojiri yana ko‘plab boshqa qotilliklarga ham aloqasi bor, dedi.

Ukraina sudi 46 yoshli Baxtiyor Matyoqubovni allaqachon umrbod qamoqqa mahkum etdi.

U yashayotgan kvartiradan musodara qilingan kiyimda o‘ldirilgan ikki ayolning qon izlari ham aniqlandi.

Tergovchilar Rossiyada o‘zbek muhojir ishi yuzasidan jami 35ta turli ko‘rinishdagi ekspertizalar tayinlanganini bildirishdi. Ekspertiza jarayonida psixologlar va boshqa mutaxassislar, Baxtiyorning ruhiyatida muammolar mavjud degan xulosaga kelgan. Ekspertlarga ko‘ra, u ayollarga nisbatan shaxsiy adovatda bo‘lgan.

MASH internet kanali xabariga ko‘ra, Baxtiyor yoshligidan urushqoq bo‘lgani, 17 yoshida O‘zbekistonda talon-taroj va zo‘rlash moddalari asosida 15 yil “zonada” o‘tirib chiqqan. Ozodlikka chiqqan va Moskvaga kelgan bu shaxs 2 oy o‘tar-o‘tmas talon-taroj uchun yana 7 yilga qamalgan.

Ismini oshkor qilishni istamagan tergovchilardan biri Matyoqubov turmada “pravoslavie” dinini qabul qilib, 2014 yilda muddatdan oldin ozod etilgani, ammo bir oydan keyin jiddiyroq jinoyat - qotillikka qo‘l uradi. Tergovda ishtirok etgan psixolog ayblanuvchi go‘yo unga xiyonat qilgan xotiniga ayollarni o‘ldirib, shu tariqa qasd qilib kelganini bildirgan.

Mosgorsudda boshlangan mahkama davomida davlat ayblovchisi Baxtiyor Matyoqubovga umrbod qamoq jazosi so‘ralayotgani ma’lum bo‘ldi.

Rossiya Tergov qo‘mitasida Ozodlikka Moskvada bu shaxs ustidan sud jarayoni yakunlansa u Toshkentga berib yuborilishini bildirishdi. Baxtiyor Matyoqubov O‘zbekistonda ham qotillik va boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshiriladi.

XS
SM
MD
LG