Линклар

Шошилинч хабар
26 ноябр 2024, Тошкент вақти: 22:40

Qozog‘istonning ikkinchi prezidenti qasamyodga keltirildi. Ostona nomini Nursultonga o‘zgartirish taklif qilindi


65 yoshli Qosimjo‘mart To‘qaev 43 yildan beri siyosatning ichida.
65 yoshli Qosimjo‘mart To‘qaev 43 yildan beri siyosatning ichida.
1 ДУНË Қозоғистоннинг иккинчи президенти қасамёдга келтирилди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:56 0:00

Nazarboevning ishongan odami

Qozog‘iston Senatining raisi Qosimjo‘mart To‘qaev 20 mart kuni vaqtincha prezident sifatida qasamyodga keltirildi. Konstitutsiyaga muvofiq¸ Senat raisi amaldagi prezident o‘z vazifasini bajarolmay qolganida yoki iste’fo berganida navbatdagi saylovga qadar prezident vakolatini bajarib turadi.

To‘qaevni qasamyodga keltirish marosimi qozoq parlamenti palatalarining qo‘shma yig‘ilishida, mahalliy vaqt bilan soat 12da o‘tkazildi.

Qozog‘istonni 30 yil mobaynida boshqargan 79 yashar Nazarboev 19 mart kuni xalqqa qilgan jonli telemurojaatida iste’foga chiqqanini bildirgan edi.

Nazarboev o‘z iste’fosi haqida bayonot berar ekan To‘qaevni: “Qozog‘istonni boshqarish uchun biz ishonch bildiradigan odam”, deb atagan edi.

Yangi prezident ishni Nazarboev nomini abadiylashtirishdan boshladi

Qosimjo‘mart To‘qaev prezident sifatida qasamyodga keltirilganidan so‘ng so‘zlagan nutqini Nursulton Nazarboevni alqashga bag‘ishladi.

Yangi prezident Nazarboevni Qozog‘istonning “abadiy elboshisi, millat otasi” qatorida sifatladi hamda uning nomini abadiylashtirish yo‘nalishida qilinadigan ishlarni sanab o‘tdi.

-Poytaxtimiz prezidentimiz nomi bilan Nursulton deb atalishi lozim. Mamlakatimiz poytaxtida Qozog‘istonning birinchi prezidenti sharafiga monument o‘rnatiladi. Barcha shahar va viloyat markazlarining asosiy ko‘chalariga Nursulton Abishevich Nazarboev nomi beriladi. Men elboshimiz mamlakatimizning eng oliy mukofoti -Xalq qahramoni unvoniga munosib deb hisoblayman. Uning suratlari davlat va boshqa barcha muassasalarda davlat ramzi sifatida saqlanib qolinadi. Parlament qabul qilgan qonunga asosan Nursulton Abishevich Nazarboev umrbod va yagona elboshi-millat otasi bo‘lib qoladi, -dedi Qosimjo‘mart To‘qaev va nutqi so‘nggida Nazarboevga Xalq qahramoni unvonini gulduros qarsaklar ostida topshirdi.

Nazarboev bundan tashqari «Nur Otan» partiyasi liderligini, Xavfsizlik kengashi raisi hamda faxriy Senator lavozimini o‘zida saqlab qoldi.

Nazarboevga berilgan kafolatlar

2010 yili mamlakat parlamenti Nursulton Nazarboevga Elboshi maqomi bergan va bu maqomga ko‘ra¸ Birinchi prezident daxlsizligi u prezidentlikdan ketganidan keyin ham saqlanadi.

Bu haqdagi qonunga muvofiq¸ Elboshi umrining oxirigacha hibsga olinmaydi, tintuv va so‘roq qilinmaydi¸ ayni paytda uning oila a’zolari mol-mulki daxlsizligi bir umr saqlanadi.

Qosimjo‘mart To‘qaev kim?

65 yoshli Qosimjo‘mart To‘qaev Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri, Bosh vazir lavozimlarida ishlagan.

Moskva Xalqaro aloqalar davlat institutini bitirgan To‘qaev BMT Bosh kotibining o‘rinbosari, BMTning Yevropa vakolatxonasi rahbari bo‘lgan.

U qozoq, rus, ingliz, fransuz va xitoy tillarini biladi. 65 yoshli Qosimjo‘mart To‘qaev hayotining 43 yilini siyosatga bag‘ishlagan. U 22 yoshida SSSRning Indoneziyadagi elchixonasida mehnat faoliyatini boshlagan.

2013 yilda u Qozog‘iston Senatining raisi lavozimiga saylangan edi. Qozog‘istonda u Nazarboevning eng sodiq tarafdori sifatida tilga olinadi.

Keyingi saylovda prezidentni Nazarboev saylaydi

Qosimjo‘mart To‘qaev Nazarboevning prezidentlik muddati yakunlanadigan 2020 yilga qadar prezident vazifasini bajaradi.

Qozog‘istonlik siyosatchilar Nazarboev iste’foga ketgan bo‘lsa ham, Qozog‘iston siyosatida uning ta’siri saqlanib qolinishini aytmoqdalar.

Qozog‘istonlik siyosatchi, uzoq yillar hukumat va Bosh vazirlarning matbuot kotibi bo‘lib ishlagan Emirjan Tasanov 2020 yilda bo‘ladigan saylovda yangi prezidentni ham Nazarboev tanlaydi, yangi prezident To‘qaev bo‘lmasligi ham mumkin, deb hisoblaydi:

-65 yoshli bu siyosatchi siyosatda, jumladan, xalqaro darajada katta tajribaga ega. Biroq Nursulton Nazarboev hukmron «Nur Otan» partiyasi liderligini o‘zida saqlab qoldi. Keyingi saylovda prezidentlikka nomzodni aynan mana shu partiya ko‘rsatadi,-dedi Emirjan Tasanov.

XS
SM
MD
LG