Линклар

Шошилинч хабар
25 ноябр 2024, Тошкент вақти: 17:29

IIB xodimlari urdi deb arz qilgan aka-uka zo‘ravonlikda ayblandi (VIDEO)


Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida yashovchi aka uka: Ilhom Xo‘jaqulov va Ubaydulla O‘rolovlar IIBning 5 xodimi kaltaklagani, ammo shikoyatchi bo‘lishiga qaramay, o‘zlari aybdorga chiqarilganidan arz qilmoqda.

Ozodlikka ma’lum bo‘lishicha, o‘tgan yilning 8 oktyabrida Nishon tumanida ularni to‘xtatgan bir necha IIB xodimi bilan nazo kelib chiqqan va o‘sha paytda Ilhom Xo‘jaqulov tan jarohati olgan, ukasi Ubaydulla esa oyog‘iga yetgan og‘ir jarohat bilan shifoxonaga tushgan.

IIB xodimlari bilan nizo

Aka-ukalar IIBning 5 xodimi ularni kaltaklagani, Ubaydulla O‘rolovning oyog‘ini tosh bilan urib sindirganini da’vo qilib, ariza kiritgan.

“O‘tgan yilning 7 oktabrida biz solyarka olish uchun mening Neksiyamda Nishonga borgan edik. Qaytayotganimizda davlat raqami bo‘lmagan mashina yo‘limizni to‘sib, to‘xtashni so‘radi. Biz begona rayonda bo‘lganimiz uchun, mashinada ko‘p miqdorda solyarka bo‘lgani uchun, formasiz kishilar bo‘lgan nomersiz mashinaga to‘xtamadik, ketvordik. Birozdan keyin bizni IIVning 4-5 ta mashinasi bilan o‘rab olib, formalilar to‘xtatdi va men mashinani to‘xtatdim”, - dedi Ilhom Xo‘jaqulov.

Xo‘jaqulov Ozodlikka taqdim qilgan sud hujjatlarida qayd etilishicha, IIV guruhi Ilhom Xo‘jaqulovni o‘z avtomobilida paxta olib qochayapti, degan gumon bilan to‘xtatgan, ammo aka-ukalar, go‘yoki qochishga uringan.

Natijada, yuzaga chiqqan nizo vaqtida, aka-ukalar yengil va og‘ir tan jarohatlari olgan, ukaning tovoni sinib, yurolmas holga kelgan.

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:07:37 0:00
Бевосита линк

Aka-ukaning da’vosi

Ozodlikka Xo‘jaqulovning da’vo qilishicha, ularni IIB xodimlari kaltaklagan:

“Men qo‘limni ko‘tarib, mashinadan tushishim bilan kaltaklab ketishdi. Keyin ukamni ham mashinaning oynasidan tortib tushirib, uni ham kaltaklab ketishdi. Ukam qo‘rqib, qochayotgan paytda, bittasi orqasidan tosh otdi, o‘zi poezd yo‘liga yaqin toshloq joyda edik. Keyin o‘sha tosh, uning oyog‘iga tegib, tovonini sindirdi – shu bilan ukam yurolmay qoldi”.

Xo‘jaqulovning yana da’vosicha, ular o‘sha kuni Nishon tumani IIBda 16 soatdan oshiq tutib turilgan va bu muddat davomida oyog‘i shishib ketgan ukasiga zarur tibbiy yordam ko‘rsatilmagan.

IIBdan qo‘yib yuborilgandan keyingina shifoxonaga olib borilganida, Ubaydulla O‘rolovning o‘ng tovon suyagi sinib ketgani, suyak siniqlari joyidan siljib ketgani aniqlangan.

O‘rolov qariyb 6 oydan buyon qo‘liqtayoqda qolmoqda.

Aka-ukalar o‘sha kuni kuch bilan Nishon tuman IIBga olib borilgan va o‘sha kezdayoq kaltaklanganidan arz qilib, shikoyat arizasini kiritgan.

IIB xodimining da’vosi

Ammo, sud hujjatlarida qayd etilishicha, voqeada ishtirok etgan IIB xodimlaridan biri - Quvonchbek Mannonov ham Ilhom Xo‘jaqulovni unga faol “qarshilik ko‘rsatib, formasini yirtib tashlagani, tuhmat qilgani”dan arz qilib, qarshi da’vo arizasini kiritgan.

Shuningdek, hodisa ishtirokchisi bo‘lgan boshqa IIB xodimlari uka – Ubaydulla O‘rolovning "o‘zi yiqilib, tovonini sindirgani, aka esa o‘ziga-o‘zi tan jarohati yetkazgani"ni aytib, ularning kaltaklangani haqida kiritgan da’vosini sud majlisida rad qilgan.

Ekspert xulosasi

Ozodlikka nusxasi taqdim etilgan ekspert xulosasida 7 oktabr kungi hodisada aka-ukalar tanasida aniqlangan tan jarohatlari yiqilgan yoki o‘z-o‘zini jarohatlashga urinish natijasida olinganini tasdiqlovchi natijalar qayd etilmagan.

Aksincha, hujjatda jarohatlar "qattiq to‘mtoq jismlar ta’siridan yuzaga kelgani" va da’vogarlar aytgani kabi, tik turgan holda olingani "ehtimoldan holi emas", deb qayd etilgan. Ya’ni, bu jarohatlar "yiqilish natijasida olingani ehtimoldan yiroq" ekani aytilgan.

Ammo, ushbu hujjatda, yakuniy xulosaga "surishtiruv-tergov yo‘li orqali oydinlik kiritish lozim"ligi qayd etilgan.

Shu bois, Ozodlik muxbiri bu ish tergovi bilan shug‘ullangan Qashqadaryo viloyat prokuraturasi tergovchisi Qambarxon Qambarov bilan bog‘landi.

Tergovchi bu ish yuzasidan mavjud savollarga: "Suddan javob oling", deb go‘shakni ilib qo‘ydi.

Ammo, Ilhom Xo‘jaqulovni himoya qilgan advokatlar sud-tibbiy ekspertiza xulosasi aka-ukalarning ko‘rsatmalariga "to‘g‘ri keladi", deb hisoblamoqda.

Xo‘jaqulovning shikoyat arizasida qayd etilishicha, advokatlar sud majlisida Xo‘jaqulovga qarshi da’vo arizasini kiritgan IIB xodimi Mannonov hamda uning da’vosini tasdiqlagan guvohlarning ko‘rsatmalari tasdig‘ini topmadi, degan xulosada.​

Akaga ayblov

Ozodlikka taqdim qilingan hujjatlardan ma’lum bo‘lishicha, tergov-surishtiruv oxirida ish mutlaqo boshqa o‘zanga o‘tib ketgan – oyog‘i singan uka va hodisa ishtirokchisi bo‘lgan IIB xodimlari ishdan chiqarilib, faqat Ilhom Xo‘jaqulovga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.​

​Nishon tumani prokurori, adliya maslahatchisi A.O‘.Muhamediev tasdiqlagan xulosada aytilishicha, IIB xodimi Quvonchbek Mannonov arizasi bilan Xo‘jaqulov JK 219-moddasining 2-bandi, 140-moddaning 3-bandi, 139-moddaning 3-qismi bilan ayblangan.

Bu moddalarda xizmat vazifasini o‘tayotgan hokimiyat vakiliga qarshilik ko‘rsatish, unga tuhmat qilish va uni haqorat qilish ayblari ko‘zda tutilgan.

2019 yilning 7 martida Jinoyat ishlari bo‘yicha Nishon tuman sudi ayblovlar tasdig‘ini topdi, degan qarorga kelgan, ammo JKning 70-moddasini qo‘llab, Xo‘jaqulovni sud zalidan ozod qilgan.

Bosh prokuratura bayonoti

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmati ham Nishon tumani sudi hukmida tilga olingan ma’lumotlarni Ozodlikka yo‘lladi.

Bosh prokuratura taqdim qilgan matnda "I.Xo‘jaqulov va U.O‘rolovlar IIB xodimlariga xizmat vazifalarini bajarishlariga qarshilik ko‘rsatib, uning kiyimlarini yirtib tashlagani" aytilgan.

Bayonotda aytilishicha, IIB xodimi Q. Mannonovga "sog‘liqning qisqa muddatga yomonlashuviga olib kelmagan yengil shikast" yetkazilgan.

Shu kunda qo‘ltiqtayoqda yurgan "U.O‘rolovning tanasidagi jarohatlari o‘zi zarb bilan yer qoplamasi ustiga yiqilishi oqibatida olishi mumkinligi ko‘rsatilgan". Ya’ni, O‘rolovni IIB xodimi urmaganini ish bo‘yicha so‘rov qilingan 5 guvoh tasdiqlagani aytilgan.

"Aybdor" da’vogar

Endilikda Ilhom Ubaydullaev hodisada o‘zi va hanuz yura olmayotgan ukasi jarbdiyda bo‘lgani holda, uni aybdorga chiqargan sud hukmi ustidan ariza kiritganini aytmoqda.

“Aslida kaltakni yegan bizmiz, oyog‘i sinib, qo‘ltiqtayoqda qolgan ukam. IIB xodimlari ustidan arz qilgan ham bizmiz. Lekin, sud hukmiga ko‘ra, men milisani urgan, formasini yirtgan, haqorat qilgan, tuhmat qilgan bo‘lib chiqdim. Men va ukamga nisbatan shuncha haqsizlikka ko‘z yumgan Nishon tumani sud va prokuratura organlari mening shikoyatimni qondirishiga ishonmayman”, deya da’vo qildi Ilhom Xo‘jaqulov.

Даъвогар ака-укалар: Мелиса бизни калтаклади, лекин суд бизни зўравонга чиқарди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:42 0:00

"Vaqtincha ishsiz qonunbuzarlar"

Aka-ukaning hayotini butunlay izdan chiqarib yuborgan 7 oktabr kungi hodisaga esa, 400 litr solyarka sabab bo‘lgan.

Aytishlaricha, 2 farzandning otasi bo‘lgan 31 yashar Ilhom Xo‘jaqulov va kelgusi yili uylanishni rejalayotgan ukasi 28 yashar Ubaydulla vaqtincha ishsiz.

Ilhom bisotidagi Neksiya mashinasida kirakashlik qiladi va o‘sha kuni ular fermer qo‘shnisiga solyarka keltirib berish uchun Nishon tumaniga borgan.

"Bizda o‘qishga sharoit bo‘lmadi. Ota-onam maktabda ishlaydi, oddiy oilamiz. Men kirakashlik qilaman, ukam esa shu yerda yoki Qozog‘istonga borib, mardikorlik qiladi. O‘sha kuniyam solyarka olib kelib beramiz, deb shuncha ish bo‘ldi", deydi Xo‘jaqulov.

Endilikda bu aka-ukalar birinchi instantsiya sudi hukmi ustidan kiritgan arizasi qonuniy tarzda ko‘rib chiqilishi va adolatli hukm chiqarilishiga umid qilib, Prezidentga bir necha marta murojaat qilgan.

XS
SM
MD
LG