Линклар

Шошилинч хабар
27 ноябр 2024, Тошкент вақти: 18:05

Yoqutistonda muhojirlarning qurilishdan boshqa sohada ishlashi taqiqlandi


Yoqutiston hukumati rahbari Aysen Nikolaev 18 mart kungi aksilmuhojir mitingi qatnashchilariga ular talablarini amalga oshirishga va’da bergan edi.
Yoqutiston hukumati rahbari Aysen Nikolaev 18 mart kungi aksilmuhojir mitingi qatnashchilariga ular talablarini amalga oshirishga va’da bergan edi.

Yoqutiston rahbari o‘lkada o‘tkazilgan migrantlarga qarshi mitinglardan so‘ng xorijliklarni ishga qabul qilishni taqiqlovchi yangi qoidalar joriy etdi.

17 mart kuni boshlangan aksilmuhojir chiqishlaridan keyin ham Yoqutistonda ishlashni davom ettirgan ayrim muhojirlar Ozodlik bilan 28 mart kungi suhbatda o‘zlariga nisbatan millatchilik kayfiyati so‘nmagani va bu mintaqadan chiqib ketishga majbur qolganlarini bildirdi.

Yoqutistonda muhojirlarga ishlash deyarli taqiqlandi

27 mart kuni Yoqutiston hukumati rahbari Aysen Nikolaev mehnat muhojirlarini mintaqada ishga qabul qilishni taqiqlovchi qaror qabul qildi.

Hukumat rasmiy saytida e’lon qilingan bu hujjatda Yoqut o‘lkasida muhojirlarning 33 sohada mehnat faoliyati bilan shug‘ullanishi taqiqlanganini ko‘rish mumkin.

- Jami rahbarimiz tomonidan iqtisodiy faoliyatning 33 turi, xususan qishloq va o‘rmon xo‘jaliklari, ovchilik, qayta ishlash, qurilish, savdo, transport, mehmonxona biznesi, ko‘chmas mulk amaliyotlari, fan va texnika sohasi, ta’lim, tibbiyot va xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlari bo‘yicha taqiqlar kiritildi, deya xabar qildi Saxa-Yoqutiston hukumati rahbari matbuot xizmati.

Jumladan, ishga ruxsatnoma - patent asosida ishlovchi migrantlar 2019 yildan boshlab huquq, buxgalteriya, arxitektura, injenerlik va texnik loyiha tuzish, ilmiy-tadqiqot va izlanishlar sohalarida ishlay olmaydi.

Bundan tashqari, Aysen Nikolaev o‘z qaroriga mehnat muhojirlari uchun ishlash taqiqlangan kasblar ro‘yxatini ham ilova qildi. Masalan, xorijliklarga endilikda oziq-ovqat, ichkilik, kiyim-kechak ishlab chiqarish, tibbiyot va ta’lim sohalarida faoliyat qilish mumkin emas. Migrantlarning davlat va shahar atrofidagi yo‘lovchi transporti, taksi va yuk transportida haydovchilik qilishi ham taqiqlandi.

Yoqutistondagi korxona va shirkatlar¸ mahalliy hukumat rahbari qarorga muvofiq 3 oy ichida xorijlik ishchilar sonini tartibga solishi lozim.

Diaspora vakillari: Bu qaror xalqaro va Rossiya qonunchiligiga zid!

Yoqutistondagi “Qirg‘iz birligi” jamoatchilik tashkiloti rahbari Abdig‘ani Shokirov o‘lka rahbarining qarori Yevrosiyo iqtisodiy mintaqasi va Rossiya qonunchiligiga zid ekani to‘g‘risida bayonot berdi.

Shokirov¸ vaziyatga oydinlik kiritish iltimosi bilan Rossiya prezidenti Vladimir Putinga murojaat qilishini bildirdi. Yoqutiston rahbarining markaziy osiyolik¸ asosan esa¸ qirg‘izistonlik muhojirlarga qarshi qaratilgan qarori 28 mart kuni Vladimir Putinning Qirg‘izistonga tashrifi bilan bir kunga to‘g‘ri keldi.

Mahalliy hukumat e’lon qilgan rasmiy raqamlarga ko‘ra¸ Yakutsk shahrining 300 minglik aholisidan kamida 30 minggini qirg‘izistonliklar tashkil etadi va ularning 70 foizi Rossiya fuqaroligini olgan.

Yoqutistondagi O‘zbeklar milliy markazi rahbarlaridan biri Dilshod Abdullahatov Ozodlik bilan suhbatda o‘zbek jamoasi boshqa diaspora vakillari bilan birgalikda hukumat qarori ustidan arz qilish masalasini ko‘rib chiqayotganini aytdi:

- Bizga faqat qurilish qolayapti, u ham bo‘lsa qurilishning faqat qora ishi tomonlari qolayapti – arxitektura degan tomonlari taqiqlanayapti. Kecha qabul qildi, bugun matbuotda chop etdi. Lekin biz ularning millatchiligiga qarab turmaymiz: bu yerdagi qirg‘iz, tojik, o‘zbek diasporalari bilan maslahatlashib, jamlanib, kattaroq narsa yozishni tayyorlayapmiz. Shunda ta’siri kuchli bo‘lishi mumkin – yolg‘iz otning nomi chiqsa ham¸ changi chiqmaydi, deyishadiku.

O‘zbek diasporasi rahbari mahalliy yoqutlarning 10 kun oldin boshlangan migrantlarga qarshi norozilik chiqishlari va to‘polonlar hozir deyarli to‘xtagani, ammo ishlashni davom etayotgan migrantlar hamon o‘z xavfsizligidan cho‘chib yashayotganini bildirdi:

- Odamlarimiz ishlashni davom etayapti. Lekin kecha yana bir holat bo‘libdi: magazin ichidagi meva sotayotgan bolaga 3 kishi tashlanib, meva-chevasini yuziga otibdi. Videoga olinibdi. Kecha uchchalasi qo‘lga olinib, kechirim so‘rashibdi. Shunaqa vaziyat – hamma ishlayapti, lekin qo‘rquv bilan. Yanayam hujjat masalasida juda qattiq tekshiruvlar ketayapti. Bolalardan ko‘pchiligi chiqib ketayapti ekan – iloj yo‘q, dedi Yoqutistondagi o‘zbek diasporasi rahbarilaridan biri Dilshod Abdullahatov.

Yoqutistondagi migrantlarga qarshi keng ko‘lamli hujumlar 17 mart kuni 23 yashar Qirg‘iziston fuqarosi 36 yashar mahalliy ayolni olib qochib, zo‘rlaganlikda ayblanib qo‘lga olinishi ortidan boshlanib ketdi.

18 martdan boshlab markaziy osiyolik muhojirlar zo‘ravonliklardan qo‘rqib ishga chiqmadilar, muhojirlar haydaydigan avtobus liniyalari faoliyati to‘xtab qoldi.

Yoqutiston poytaxtida migrantlarga qarshi bir nechta stixiyali mitinglar bo‘lib o‘tdi. 18 mart kungi shahar stadioniga to‘plangan 5 mingga yaqin yoqutistonlik hukumat rahbarlaridan migrantlarga qarshi chora ko‘rishni talab qildi.

XS
SM
MD
LG