Линклар

Шошилинч хабар
29 ноябр 2024, Тошкент вақти: 06:40

"Hokim logistika markazi qurishga ruxsat bermayapti"


Farg‘ona viloyat, Rishton tumanida aka-ukalari bilan birga logistika markazi qurmoqchi bo‘lgan tadbirkor Ro‘zali Olimov, qurilishga tuman hokimi ruxsat bermayotganidan arz qildi.

Логистика маркази қуришга рухсат беришмаяпти
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:05:05 0:00
Бевосита линк

Tadbirkorning aytishicha, u uchta tumanga xizmat qiladigan logistika markazi qurish uchun o‘z mablag‘ini sarf etmoqchi.

“Tumanimizda ,,Rishton agrokimyohimoya” AJ ga qarashli bo‘lgan, bo‘sh turgan qarovsiz yer maydoni bor. Shu yerda logistika markazi qurmoqchimiz. 70 ta ishchi o‘rni yaratib, bu loyihaga 2 milliard so‘m investitsiya kiritmoqchimiz. Chunki bu joy logistika markazi uchun geografik jihatdan juda qulay. Sababi qo‘shni tumanlardan temir yo‘l o‘tmagan. Biz bu rejamizni amalga oshirsak, qo‘shni tumanlar iqtisodiyotining o‘sishiga ham yordam beradi. Lekin, tumanimiz ba’zi mutassadi tashkilot rahbarlari buni paysalga solib, ushbu yer maydonini uy-joy sifatida fuqarolarga sotishmoqda. Bu ishni viloyat va tuman "Agrokimyohimoya" rahbarlari qilmoqda. Garchi, yer orqa chislo bilan tuman zaxirasiga qaytarilgan bo‘lsa-da, tuman hokimi ham o‘zini olib qochib yuribdi. Hokim va prokurorning oldiga har kuni boryapmiz, lekin uchrashib bo‘lmayati. Nahot o‘z hisobidan investitsiya kiritadigan tadbirkorlarga shunday muomala qilinsa?”- tadbirkor Ro‘zali Olimov.

-----------------------------------------------------------------------------------------------Muhtaram mushtariy, agar sizni tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz¸ bizga qo‘ng‘iroq qiling.

SMS va qo‘ng‘iroqlaringizni +420 724 971 539 va +420 724 740 755 raqamiga yo‘llang.

OzodMikrofon sizga muntazir!

OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!

XS
SM
MD
LG