Линклар

Шошилинч хабар
26 ноябр 2024, Тошкент вақти: 22:36

Ayollarni o‘ldirib, murdalar bilan jinsiy aloqa qilgan o‘zbekistonlik manyak bir umrga qamaldi (VIDEO)


Baxtiyor Matyoqubov Moskva sudida.
Baxtiyor Matyoqubov Moskva sudida.

Moskva shahar sudi 46 yoshli o‘zbekistonlik Baxtiyor Matyoqubovni Moskvada va Moskva viloyatida ayollarni o‘ldirib, murdalar bilan jinsiy aloqa qilganlikda aybdor deb topdi va umrbod qamoq jazosiga hukm qildi.

Аёлларни ўлдириб, мурдалар билан жинсий алоқа қилган ўзбекистонлик маньяк бир умрга қамалди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:00 0:00

Moskva Tergov qo‘mitasining 2 aprelda bildirishicha, bundan tashqari sud o‘ldirilgan ayollardan birining onasi foydasiga Matyoqubovdan 5 million rubl (76 500 dollar) undirib berish to‘g‘risida qaror chiqardi.

Xabarda aytilishicha, Matyoqubov sudda faqat Rossiyada sodir etgan beshta qotillikni bo‘yniga oldi va hukmdan rozi ekanini bildirdi.

Avvalroq Matyoqubov birinchi marta O‘zbekistonda o‘smirni zo‘rlab, 15 yilga qamalgani, qamoqdan chiqqach Moskvaga ishlagani kelgani va oradan ikki oy o‘tgach talonchilik qilgani uchun qo‘lga tushgani xabar qilingan edi.

2014 yilda qamoqdan chiqqan Matyoqubov Moskvada yashay boshlagan. 2015 yilning yanvaridan apreligacha Moskva va Moskva viloyatida qator ayollarni pichoqlab, ularning jasadlari bilan jinsiy aloqa qilgan.

Tergovning bildirishicha, shundan keyin u Toshkentga borib bir ayolni, Kievda esa 2ta ayolni o‘ldirgan, bir ayolni o‘ldirishga harakat qilgan. Biroq sudda Matyoqubov Toshkent va Kievda sodir etilgan bu jinoyatlarni bo‘yniga olmadi.

O‘zbekiston, Ukraina va Rossiya maxsus xizmatlari Matyoqubov kamida 30ta qotillikka aloqador ekanini isbotlashga harakat qilgan.

Tergov qo‘mitasi xabarida “Uzoq vaqt Matyoqubov tergov organlaridan yashirinib yurishga muvaffaq bo‘lgan. Tergov uni mobil telefonini o‘rganish, barcha qilgan harakatlarini qadamma qadam qayta tiklash, ularni jinoyat sodir etilgan joy bilan qiyoslash oqibatida aniqladi. Uning yashayotgan manzili ma’lum bo‘lib, tintuv qilinganida, tergovchi ikkita o‘ldirilgan ayolning qoni bo‘lgan ko‘ylakni topgan”, - deb aytiladi.

Tergov doirasida 25 nafar jabrlanuvchi va guvoh so‘roq qilingan, 35dan ortiq murakkab ekspertiza, jumladan, molekulyar-genetik, biologik, psixologik-seksologik- psixiatrik ekspertizalar o‘tkazildi.

“Psixologik-seksologik -psixiatrik ekspertiza xulosasiga qaraganda, ayblanuvchida hissiy-ruhiy parokandalik, jahldorlik, ayollarga nisbatan shaxsiy adovat va o‘ch olishga moyillik kabilar aniqlandi”, - deyiladi Tergov qo‘mitasi xabarida.

Baxtiyor Matyoqubov Rossiya so‘rovi bilan 2017 yilning dekabrida Kievda qo‘lga olingan va Moskvaga ekstraditsiya qilingan. U tergov izolyatorida saqlanayotgan paytda nasroniy dinini qabul qilgan.

Matyoqubovning O‘zbekistonga ekstraditsiya qilinishi kutilmoqda. U Toshkentda sodir etgan jinoyatlari uchun sudlanadi.

Bundan avval Ukraina sudi 46 yoshli Baxtiyor Matyoqubovni umrbod qamoqqa mahkum etgan edi.

XS
SM
MD
LG