Линклар

Шошилинч хабар
27 ноябр 2024, Тошкент вақти: 23:55

7 yoshli bola otasidan tortib olinishi aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarni larzaga soldi  (VIDEO)


Maxmud Matkarimov farzandi Muhammad bilan.
Maxmud Matkarimov farzandi Muhammad bilan.

Toshkentda Majburiy ijro byurosi xodimlarining 7 yashar Muhammadni otasidan tortib olishi aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarni larzaga soldi.

Videoda bola otasi bilan qolishni istab yig‘layotganini, shunga qaramay, u uyidan olib chiqilib, mashinada qarindoshlari bilan kelgan onasiga topshirilishini ko‘rish mumkin.

MIB rasmiy vakili Ozodlikka byuro xodimlari qonun doirasida harakat qilganini bildirdi.

Toshkent shahar Xalq ta’limi boshqarmasi ruhshunosi bola bilan otasidan tortib olinishidan oldin va keyin suhbat o‘tkazganini aytdi.

7 ёшли бола отасидан тортиб олиниши акс этган видео ижтимоий тармоқларни ларзага солди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:36 0:00

​Ozodlikning aniqlashicha, voqea 1 aprel kuni Toshkent shahrining Yunusobod tumanida bo‘lgan.

O‘z farzandini otasiga tashlab, 3 yilga AQShga ketib qolgan va bu davr ichida eri bilan ajrashgan ayol O‘zbekistonga qaytib kelganidan so‘ng bolani sud orqali o‘z qaramog‘iga olishga erishgan.

Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tuman sudi bolani onasi qaramog‘iga olish haqida shu yilning yanvarida qaror chiqargan va martda Toshkent shahar sudi bu qarorni o‘z kuchida qoldirgan.

O‘zbekiston Majburiy ijro byurosi 1 aprel kuni sud qarorini bajargan.

Muhammadning otasi, informatsion texnologiyalar mutaxassisi, 32 yashar Mahmud Matkarimov Ozodlik bilan suhbatda Toshkent shahar sudi va Xalq ta’limi bo‘limi ruhshunoslari ota-bola munosabatlarini, bolaning ahvolini to‘laqonli o‘rganmasdan qaror chiqarganidan norozi ekanini aytdi:

- Sud bolaning ahvolini, fikrini yaxshi o‘rganmadi, psixolog ham vazifasini to‘laqonli bajarmadi. Bolam bormayman deb yig‘lashiga qaramay majburiy tarzda, uning xohishiga zid tarzda olib ketilganiga noroziman. Bu ishni bolaga ruhiy jarohat yetmaydigan tarzda ham qilsa bo‘lar edi. Masalan, bir kun onasinikida, bir kun menikida bo‘ladigan qilsa bo‘lar edi boshida. Videoda ko‘rgan bo‘lsangizlar kerak, bola ruhiy jarohat olib bo‘ldi.

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:09:58 0:00
Бевосита линк

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi matbuot kotibi Farruh Toshpo‘latov Ozodlik bilan suhbatda bolani otasi qaramog‘idan onasi qaramog‘iga olish haqida sud qarori chiqqani, ular shu qarorni ijrosini ta’minlaganliklarini aytdi.

- Sud qaror qabul qildiki, uni muhokama qilmasdan Majburiy ijro xodimlari amalga oshirishi kerak, - dedi Farruh Toshpo‘latov.

Toshkent shahar Xalq ta’limi boshqarmasi qoshidagi Bolalarni ijtimoiy-huquqiy muhofaza qilish bo‘limining ismi ochiqlanmasligini istagan ruhshunosi bola bilan otasidan tortib olinishidan oldin va keyin suhbat o‘tkazganini aytdi.

Unga ko‘ra, bola onasining yonida o‘zini yaxshi xis qilyapti.

- Bola tuman sudining, shahar sudining qaroriga asosan olindi. Bolaning ahvoli juda yaxshi. Otasidan olinganidan keyin besh minutda o‘zgardi. Onasiga bog‘landi. Men ularni orqasidan uyiga borib boladan xabar oldim, onasiga bog‘langan, - dedi Bolalarni ijtimoiy-huquqiy muxofaza qilish bo‘limi ruhshunosi.

Bolaning onasi Dilnoza Matkarimova ham o‘z farzandi yonida o‘zini yaxshi xis qilayotgani haqda ijtimoiy tarmoqlar orqali bildirdi, bolasi bilan tushgan video va suratlarini ijtimoiy tarmoqda e’lon qildi.

Lekin, Matkarimova Ozodlikka gapirishga istak bildirmadi.

Mahmud Matkarimov sobiq turmush o‘rtog‘i tarmoqda e’lon qilgan suratlarni ko‘rganini aytdi.

- Kafedami, qaerdadir o‘tirishibdi. Bolaning yuzi shishib ketgan. Bilmayman, nimadan, yig‘laganidan bo‘lganmi... Lekin, men bolani olib ketishdan oldin uyda o‘g‘lim bilan suhbat qilgandim. "O‘g‘lim seni olib ketishmoqchi, lekin men sen uchun kurashaman, lekin sen xotirjam bo‘lishing kerak, onangning uyidan qochib ketib o‘tirma, deb aytganman, - dedi Mahmud Matkarimov.

Muhammadning otasi tug‘ilgan kuniga nomasi.
Muhammadning otasi tug‘ilgan kuniga nomasi.

O‘zbekistonning 1998 yilda qabul qilingan Oila kodeksiga muvofiq nikohdan ajratilgandan keyin voyaga yetmagan bolalar ota-onasining qaysi biri bilan yashashi haqida sud qaror beradi.

Ushbu kodeksda er va xotin o‘rtasida kelishuv bo‘lmagan taqdirda, shuningdek, ushbu kelishuv bolalar yoki er-xotindan birining manfaatlariga zid ekanligi aniqlangan taqdirda sud nikohdan ajratilgandan keyin voyaga yetmagan bolalar ota-onasining qaysi biri bilan yashashini aniqlashi; voyaga yetmagan bolalarga ta’minot berish uchun ota-onaning qaysi biridan va qancha miqdorda aliment undirilishini aniqlashi; er va xotinning (ulardan birining) talabiga ko‘ra ularning birgalikdagi mulki bo‘lgan mol-mulkni bo‘lishi; er (xotin)dan ta’minot olishga haqli bo‘lgan xotin (er)ning talabiga ko‘ra ana shu ta’minot miqdorini belgilashi shart.

Mahmud Matkarimov qonun doirasida o‘z farzandiga har qanday ta’minotni ayamasligini aytarkan, dedi:

- Men hozir huquqlarim doirasida o‘z farzandim bilan uchrashishga erishmoqchiman. Farazndim menga qanday munosabatda ekani ana o‘shanda ko‘rinadi. Ana adang, deganda o‘g‘lim bag‘rimga yugurib kelishiga ishonaman!

XS
SM
MD
LG