Линклар

Шошилинч хабар
26 ноябр 2024, Тошкент вақти: 22:44

Erdo‘g‘on Putinga S-400 raketalarini sotib olishdan voz kechmaslikka va’da berdi


Turkiya prezidenti Rejab Toyyib Erdo‘g‘on 8 aprel kuni Moskvada prezident Vladimir Putin bilan uchrashdi.
Turkiya prezidenti Rejab Toyyib Erdo‘g‘on 8 aprel kuni Moskvada prezident Vladimir Putin bilan uchrashdi.

Turkiya prezidenti Rejab Toyyib Erdo‘g‘on 8 apreь kuni Moskvada prezident Vladimir Putin bilan uchrashar ekan, Anqara Vashington bosimiga qaramay, Rossiyadan zamonaviy raketa komplekslarini sotib olish shartnomasidan voz kechmasligini alohida ta’kidladi.

Эрдўғон Путинга S-400 ракеталарини сотиб олишдан воз кечмасликка ваъда берди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:49 0:00

“Hech kim bizdan bu shartnomadan voz kechishni talab qila olmaydi. Bu bizning suveren huquqimiz va qarorimizdir”, - dedi Erdo‘g‘on uchrashuvdan so‘ng o‘tgan matbuot anjumanida.

2018 yilning iyun oyida Anqara Rossiya bilan umumiy qimmati 2,5 milliard dollarlik S-400 rusumidagi raketadan mudofaa tizimini sotib olishga oid shartnomani imzolagan edi. AQSh Turkiyani bu shartnomani bekor qilishga chaqirib keladi.

Jumladan, AQSh vitse-prezidenti Mayk Pens 3 aprel kuni Vashingtonda NATOning 70 yilligi munosabati bilan so‘zlagan nutqida:

-Turkiya o‘z tanlovini amalga oshirishi lozim: U jahon tarixidagi eng muvaffaqiyatli harbiy alyans bo‘lgan NATOning o‘ta muhim hamkori bo‘lib qolmoqchimi yoki alyansni qo‘porishga qaratilgan va o‘ylanmasdan qabul qilingan qarorlari bilan bu hamkorlikning xavfsizligiga putr yetkazmoqchimi,- deb savol qo‘ygan edi.

O‘tgan haftada AQSh Davlat departamenti Turkiya Rossiyadan raketa tizimini sotib oladigan bo‘lsa, Anqaraga qarshi sanksiyalar joriy etilishi mumkinligidan ogohlantirgan edi.

Moskva uchrashuvida Erdo‘g‘on Rossiya bilan hamkorlikning muhim bosqichlaridan biri terrorchilikka qarshi kurash ekanini ham aytib o‘tdi:

-Hamkorligimizning yana bir muhim qismi bizning mintaqamizga tahdid solayotgan terrorchi guruhlarga qarshi birgalikda kurashdir. Bu asosan Suriyaga nisbatan qo‘llagan va qo‘llayotgan choralarimiz bilan bog‘liqdir ,- dedi Turkiya prezidenti.

Matbuot anjumanida Vladimir Putin Turkiya bilan iqtisodiy sohalardagi hamkorlikni davom ettirishga kelishib olinganini bildirdi. Putinga ko‘ra, Rossiya Turkiyadagi eng birinchi atom elektr stansiyasini barpo etadi:

-Yirik loyihalarni amalga oshirish boshlanadi. Bular Aqquyu atom elektr stansiyasini qurish kabi loyihalardir. Bu AESni Turkiya xohishini inobatga olib, 2023 yilda foydalanishga topshirish rejalashtirilmoqda. Shuningdek, Turkiya orqali gaz quviri olib o‘tilmoqda,- dedi Putin.

Keyingi yillarda Turkiyaning Yevropa Ittifoqi hamda AQSh bilan munosabatlari sovigani ortidan Moskva va Anqara o‘rtasidagi aloqalar yanada yaxshilandi.

Turkiya Suriyada AQSh kurd janggarilarini qo‘llab-quvvatlayotganidan norozilik bildirib keladi. Anqara Turkiya hududida o‘z davlatlarini tashkil etish g‘oyasini targ‘ib qilayotgan kurd isyonchilarini terrorchi deb hisoblaydi.

XS
SM
MD
LG