Линклар

Шошилинч хабар
29 ноябр 2024, Тошкент вақти: 02:25

Qashqadaryoda solyarka solingan sisterna portlashi oqibatida bir kishi qattiq kuydi


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

Qashqadaryo viloyat, Qamashi tumanidagi Oqrabot mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan yonilg‘i quyish shoxobchasida 14 aprel kuni kuchli portlash sodir bo‘ldi.

Yong‘in xavfsizligi mulozimining aytishicha, portlashga o‘sha yerda payvandlik ishlarini olib borayotgan ustaning texnika xavfsizligiga rioya qilmagani sabab bo‘lgan.

Portlash oqibatida usta qattiq kuyish jarohati bilan kasalxonaga yotqizilgan, yana ikki kishi yengil kuygan.

Қашқадарёда солярка солинган цистерна портлаши оқибатида бир киши қаттиқ куйди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:26 0:00
Бевосита линк

14 aprel kuni sodir bo‘lgan bu voqea haqida voqea guvohlaridan biri Ozodlikka 16 aprel kuni xabar berdi:

“Oqrabot mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan fermerlarga yonilg‘i tarqatish shoxobchasida solyarka yonilg‘isi bilan to‘la bo‘lgan 10 tonnalik sisterna portlab ketdi. Bu sisternaning bir joyidan yonilg‘i to‘kilayotgan bo‘lgan, shunga payvandchi kelib o‘sha joyni svarka qilmoqchi bo‘lgan. Usta ishini boshlaganda sisterna portlab ketib, u juda qattiq kuydi. O‘sha joyga yaqin bo‘lgan yana ikki kishi ham turli xil kuyish jarohati oldi”

Qamashi tumani yong‘in xavfsizligi bo‘limi boshlig‘i Davron Qayumov Ozodlik bilan suhbatda, portlash chaqnash sababli sodir bo‘lganini aytdi:

“O‘sha sig‘imdan yonilg‘i oqib turgan paytda usta payvandlash ishi bilan shug‘ullangan. Lekin chaqnash oqibatida portlab ketgan. Usta oddiy texnika xavfsizligi qoidasiga rioya qilmagan. G‘uzor neftebazasiga qarashli bu shoxobcha tugatilgan tashkilotniki bo‘lgan, o‘zlari foydalanib turgan”

Qamashi tumani ichki ishlar bo‘limining o‘zini tanishtirmagan mulozimi yongan sisterna besh tonnalik bo‘lganini aytar ekan, mazkur holat bo‘yicha jinoyat ishi ochilganini bildirdi.

O‘zbekistonda texnika xavfsizligiga rioya qilmaslik oqibatida yong‘in va portlashlar tez-tez sodir bo‘lib turadi.

26 fevral kuni tonggi soat 10 larda Andijon shahridagi markaziy poliklinika qozonxonasida portlash yuz berishi oqibatida qozonxonaga yaqin rentgen kabinetida bo‘lgan maktab o‘quvchilaridan besh nafari og‘ir jarohat olgan va kasalxonaga yotqizilgan edi.

Bekobod shahridagi 1-umumta’lim maktabining qozonxonasining 28 yanvar kuni portlashi oqibatida ta’mirlash ishlari bilan mashg‘ul bo‘lgan qashqadaryolik ishchilardan biri voqea joyida halok bo‘lgan, ikki kishi tan jarohati olgan edi.

XS
SM
MD
LG