Линклар

Шошилинч хабар
26 ноябр 2024, Тошкент вақти: 20:17

Ukrainada qo‘lga olingan "Rossiya razvedka-terror guruhi"dan qirg‘iz pasportlari topildi


Guruh a’zolaridan topilgani aytilayotgan qirg‘iz pasportlari.
Guruh a’zolaridan topilgani aytilayotgan qirg‘iz pasportlari.

Ukraina maxsus xizmatlari mamlakat hududida "terrorchilik va siyosiy qotilliklarni amalga oshirishni rejalashtirgan" Rossiya maxfiy xizmatining 7 kishidan iborat bo‘lgan guruhini qo‘lga olgani haqida ma’lum qildi.

2 МИНТАҚА Украинада қўлга олинган "Россия разведка-террор гуруҳи"дан қирғиз паспортлари топилди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:59 0:00

-Rasman ma’lum qilamanki, Ukraina Xavfsizlik xizmati mamlakatimiz hududida faoliyat yuritgan Rossiya Federatsiyasining razvedka-terror guruhini qo‘lga oldi. Guruh 7 kishidan iborat bo‘lgan. Ularning barchasi hibsda saqlanmoqda, - dedi 17 aprel kuni Ukraina Xavfsizlik xizmati raisi Vasiliy Gritsak.

Ukrain rasmiysining aytishicha, qo‘lga olinganlardan ikki nafari- 1978 yilda tug‘ilgan Rossiya fuqarosi Aleksey Komarichev va 1988 yilda tug‘ilgan Rosiya fuqarosi Timur Dzortovdan Qirg‘iziston pasportlari topilgan.

Vasiliy Gritsakka ko‘ra, Komarichevning yonidan 1983 yilda tug‘ilgan Lomako Alekseyga 2015 yilning 29 oktabrida, Dzortovning yonidan 1990 yilda tug‘ilgan Kirik Ruslanga 2016 yilning 17 noyabrida berilgan pasportlar musodara qilingan.

Timur Dzortov tergov paytida Qirg‘iziston pasportlari ularga Moskvada berilganini aytgan.

-Hujjatlarni bizga Moskvada “Toj Mahal” restoranida berishdi. Pasport Qirg‘iziston fuqarosiga tegishli, biroq unga mening suratim yopishtirilgan. Biroq men Qirg‘izistonning emas, Rossiyaning fuqarosiman. Hujjatlardan shaxsimizning maxfiyligini ta’minlash maqsadida foydalanganmiz, - dedi Dzortov.

Qirg‘izistonning Ukrainadagi konsuli Azamat Kabaev esa Ozodlik radiosi qirg‘iz xizmatiga pasportlari soxta ekani aniqlanganini aytdi.

-Bu pasportlar qirg‘iz pasporti, deb hisoblanmaydi. Bu pasportlar soxta pasport hisoblanadi. Biz fuqaroning personal raqami va pasportning seriyasini avtomatlashtirilgan tizim orqali tekshirdik. Qirg‘izistonda bunday pasportlar hech kimga berilmagani aniqlandi. Bu haqda Ukraina tomonini ham ogohlantirdik, - dedi Azamat Kabaev.

Ukraina Xavfsizlik xizmati raisi Vasiliy Gritsakning aytishicha, Aleksey Komarichev 4 aprel kuni razvedka zobitining mashinasi yonida sodir etilgan portlashda yaralanganidan so‘ng qo‘lga olingan. Gritsakka ko‘ra, Komarichev portlovchi moslamani razvedka zobiti mashinasiga o‘rnatishga harakat qilgan, ammo moslama qo‘qisdan portlab ketgan.

Qo‘lga olingan Timur Dzortov 2017 yilgacha Ingushetiya prezidenti apparati boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimda ishlaganini, 2017 yildan esa Rossiya maxfiy xizmatida faoliyat yuritayotganini aytgan.

Ukraina Xavfsizlik xizmati raisi Vasiliy Gritsakning bildirishicha: “2017 yilda Rossiya tan olinmagan Donetsk xalq respublikasi orqali Ukrainaga bir nechta diversiya-terror guruhini jo‘natgan. Bu guruhlar siyosatchilarni, ukrain maxsus xizmatlari zobitlarini o‘ldirish maqsadida Rossiya razvedka xizmati tomonidan maxsus tayyorlangan”.

Rossiya hukumati Ukrainaning mazkur bayonotiga hozircha rasman munosabat bildirmadi.

XS
SM
MD
LG