Линклар

Шошилинч хабар
26 ноябр 2024, Тошкент вақти: 18:25

To‘rtko‘llik yer berilmagani uchun hokimlik binosida o‘z tomirini kesdi


 Umar Fayzullaevning aytishicha, tomirini to‘rt marta kesgan
Umar Fayzullaevning aytishicha, tomirini to‘rt marta kesgan

19 aprel kuni To‘rtko‘l tuman hokimligi binosida uch bolaning otasi, 45 yashar Umar Fayzullaev o‘z joniga qasd qilib, tirik qoldi.

Voqea guvohlariga ko‘ra, Fayzullaev qo‘lining tomirini to‘rt marta kesgach, o‘sha yerdagi odamlar uni to‘xtatib qolgan.

To‘rtko‘l tuman hokimligi mulozimi 19 aprel kungi ushbu voqea bo‘yicha savollarimizni javobsiz qoldirdi. Telefon go‘shagini ko‘targan hokimlik mulozimi o‘z joniga qasd qilish voqeasini eshitishi bilan go‘shakni qo‘yib qo‘ydi.

Umar Fayzullaevning Ozodlik bilan suhbatda aytishicha, u tadbirkorlik uchun so‘rayotgan yerini berishmayotganiga norozilik sifatida o‘zini o‘ldirmoqchi bo‘lgan.

Voqea o‘tgan juma, ertalab soat 10:30larda sodir bo‘lgan. Bu haqda Ozodlikka xabar qilgan to‘rtko‘llikka ko‘ra, u voqeaga shaxsan guvoh bo‘lgan.

“To‘rtko‘l tuman hokimligida, hokimning qabulida bir yigit o‘zini so‘yib tashladi. Hozir To‘rtko‘l tuman markaziy kasalxonasida yotibdi”, dedi ismini ochiqlamayotganimiz to‘rtko‘llik manba.

Umar Fayzullaev
Umar Fayzullaev

Ozodlik surishtiruvlari natijasida o‘z joniga qasd qilib, tirik qolgan shaxs – To‘rtko‘l shahri Do‘stlik mahallasida yashovchi 45 yashar Umar Fayzullaev ekanini aniqladi.

Umar Fayzullaev Ozodlik bilan suhbatda norozilik sifatida o‘zini o‘ldirmoqchi bo‘lganini aytdi:

- Cho‘ntagimda lezvie bor edi. Jonimdan to‘yib ketdim. O‘zimni kesib yubordim.O‘zimni shu yerda o‘ldiraman, deb borgandim. Mening dardimga e’tibor qaratsinlar, degan ma’noda qildim. Meni eshitsinlar dedim. Hokim ham eshitmadi. Qurilish bo‘limlari ham eshitmadi. Boshqalar ham eshitmadi. O‘zimni o‘ldirmoqchi bo‘lib bordim. O‘lsam, bolalarimning dardini eshitar deb o‘yladim. Qo‘limning tomirini 4 marta kesdim. Keyin ushlab qolishdi. To‘rt marta kesgandan keyin o‘sha yerda odamlar ushlab qoldi. Keyin skoriy chaqirishdi.

Umar Fayzullaevning aytishicha, 2007 yilda tuman hokimligi qarori bilan shaharning Do‘stlik tumanidan 6 sotix yerni olgan va uning bir qismiga turar-joy qurgan, qolganiga tadbirkorlik qilish uchun bino qurishni rejalagan.

“Biroq keyinchalik yer to‘g‘risidagi hokim qarorini soxta deb topishdi. Yugur-yugur qilib, zo‘rg‘a, yashab o‘tirgan joyimizga qaytadan qaror chiqarib oldik. Atigi 100 kvadrat/metr yerga chiqdi hokim qarori. Men tadbirkorlik qilmoqchiman. Ustaxona, meva- sabzavot sotadigan laryok va tikuvchilik sexi qurmoqchiman. Hozir uyimning oldiga do‘kon qurishni boshlashayapti. O‘sha kuni hokimiyatga stress holatida keldim. Hokimga bir hafta avval kelib uchrashganimda, u “mayli, hal qilib beramiz” dedi. Og‘zaki aytdi.

Umar Fayzullaev kurashayotgan er maydoni
Umar Fayzullaev kurashayotgan er maydoni

Oldingi juma kuni edi. Lekin keyin kelib, baribir shu yerga do‘kon quramiz deyishdi. Hokimlik qabulida dardimni aytib, o‘zimni kesdim. Hamma joy bardak. O‘zlari qaror chiqarib, keyin yana falshiviy deydi. Qaytadan yana pul olishadi”, deya nolidi Umar Fayzullaev.

To‘rtko‘l tuman hokimligi mulozimi 19 aprel kungi ushbu voqea bo‘yicha savollarimizni javobsiz qoldirdi. Telefon go‘shagini ko‘targan hokimlik mulozimi o‘z joniga qasd qilish voqeasini eshitishi bilan go‘shakni qo‘yib qo‘ydi.

Umar Fayzullaevning aytishicha, tuman prokurori, tuman IIB boshlig‘i kelib, voqea bo‘yicha u bilan suhbatlashgan.

Ikki yil avval Umar Fayzullaevning hamyurti Ahmad Niyozimbetov uyini buzishga kelgan hokimlik vakillariga norozilik sifatida o‘ziga o‘t qo‘yib, tomdan sakragan va tirik qolgan edi.

Тўрткўллик ўқитувчи ўзини ëқиб юборишга уринди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:31 0:00

O‘zbekistonda norozilik bois o‘zini o‘ldirish yoki o‘z joniga qasd qilishga urinish holatlari avval ham kuzatilgan.

Jumladan, MIB gazini uzgan qibraylik 29 yashar Nozima Ergasheva 14 dekabr kuni ertalab hokimi qabulida norozilik sifatida o‘ziga o‘t qo‘ygandi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev 2017 yil noyabrdagi hukumat majlisida mamlakatda suiqasd holatlari "soat sayin" ortayotganini aytgandi.

Joriy yildan prezident farmoni bilan O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi lavozimlari ro‘yxatiga “O‘zbekiston Respublikasi Bosh psixiatri” va “O‘zbekiston Respublikasi Bosh suitsidologi” lavozimlari kiritildi.

XS
SM
MD
LG