Линклар

Шошилинч хабар
27 ноябр 2024, Тошкент вақти: 19:30

“G‘ujumsoy” oltin konida ikki lahmchi zaharli gazdan bo‘g‘ilib o‘ldi


Navoiy kon-metallurgiya kombinati saytida keltirilishicha, "G‘ujumsoy" koni Janubiy kon boshqarmasi tarkibida 2010 yilda ochilgan.
Navoiy kon-metallurgiya kombinati saytida keltirilishicha, "G‘ujumsoy" koni Janubiy kon boshqarmasi tarkibida 2010 yilda ochilgan.

Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga qarashli oltin konida gaz to‘planib qolishi oqibatida ikki konchi zaharlanib o‘ldi.

Gaz chiqqan paytda konda bo‘lgan yana ikki lahmchi gazdan kuchli zaharlanish tashxisi bilan kasalxonaga yotqizildi.​

Kombinat ishchilaridan birining Ozodlikka aytishicha, fojia 9 may kuni Samarqand viloyati, Qo'shrabot tumani hududida joylashgan “G‘ujumsoy” oltin konida ro‘y bergan.

Navoiy kon-metallurgiya kombinatining texnika xavfsizligi bo‘yicha mas’ullaridan biri ikki nafar kon lahmchisining gazdan zaharlanib o‘lganini Ozodlikka tasdiqladi va bu bo‘yicha surishtiruv olib borilayotganini aytdi.

“G‘ujumsoy” oltin konida halok bo‘lgan lahmchilarning hamkasbi Ozodlikka bo‘lib o‘tgan voqea haqida bularni ma’lum qildi:

- O‘lganlarning ikkalovi ham proxodchiklar edi. Portlatish ishlaridan keyin konda zaharli gaz chiqadi. Ventilyatsiya yo‘q, gaz chiqayotganini bilishmagan. Yana ikki lahmchi gazdan zaharlanib, og‘ir yotibdi.

"G‘ujumsoy" oltin konida ikki konchining gazdan zaharlanib o‘lgani haqida bundan oldin samarqandlik Zafar Handamov ismli Facebook foydalanuvchisi yozgan edi.

Navoiy kon-metallurgiya kombinatining texnika xavfsizligi bo‘yicha mas’ullaridan biri ikki kon lahmchisi gazdan zaharlanib o‘lganini Ozodlikka tasdiqladi va bu bo‘yicha surishtiruv olib borilayotganini aytdi.

- Ish joyida xavfsizlik qoidalariga rioya qilinmagani taxmini bilan voqea yuzasidan surishtiruv olib borilyapti, natijasi ma’lum bo‘lsa bu haqda ma’lum qilamiz.

Bundan oldin ham Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga qarashli konlarda bir necha fojia ro'y bergan.

O‘tgan yilning avgustida "G‘ujumsoy" oltin konida ustiga tog‘ jismi qulab tushishi oqibatida bir konchi halok bo‘lgandi.

2018 yilning yanvarida Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga qarashli boshqa bir konda 30 dan ortiq oltin qazuvchi qolib ketgani va bir kishining o‘ligi qazib olingani haqida Ozodlik xabar qilgandi.

“G‘ujumsoy” oltin konida ishlovchi lahmchining Ozodlikka aytishicha, konchilar xavfsizligi o‘ta ayanchli ahvolga kelib qolgan, ikki yil ichida bir necha ishchi nobud bo‘lgan:

- Kovjoyda (konlarda - tahr.) shamollatish uskunalari ishlamaydi, zaharli gaz chiqsa filtrlovchi uskunalar yo‘q. Ishchilar o‘z ishini yo‘qotib qo‘yishdan qo‘rqib, bu haqda rahbariyatga shikoyat qilisholmaydi.

Navoiy kon-metallurgiya kombinati saytida keltirilishicha, "G‘ujumsoy" koni Janubiy kon boshqarmasi tarkibida 2010 yilda ochilgan.

Quvvati 150 ming tonna bo‘lgan konda oltin rudasi ochiq va yopiq shaklda qazib olinadi hamda qazib olinayotgan rudaning 75 foizi yer osti hissasiga to‘g‘ri keladi.

XS
SM
MD
LG