Линклар

Шошилинч хабар
26 ноябр 2024, Тошкент вақти: 18:50

Samarqandda bir oiladagi 5 odamni o‘ldirganlar qo‘lga olindi. Ularning barchasi ishsiz


Bosh prokuratura ashyoviy dalillarni jamoatchilikka ko‘rsatdi. 4 dona temir bo‘laklari va o‘g‘irlangan pul. Bosh prokuratura fotosurati.
Bosh prokuratura ashyoviy dalillarni jamoatchilikka ko‘rsatdi. 4 dona temir bo‘laklari va o‘g‘irlangan pul. Bosh prokuratura fotosurati.

Samarqand viloyatida bir oilaning 5 nafar a’zosini o‘ldirganlikda gumonlangan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda 19 may kuni Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Самарқандда бир оиладаги 5 одамни ўлдирганлар қўлга олинди. Уларнинг барчаси ишсиз
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:00 0:00

“Qo‘shrabot tumanida Olib borilgan tezkor-tergov harakatlari natijasiga ko‘ra, ushbu qotillik jinoyati Ishtixon tumanida yashovchilar 1981-y.t. T.G‘., 1995-y.t. E.Sh., 1993-y.t. U.J. va Qo'shrabot tumanida yashovchi 1996-y.t. N.X.lar tomonidan sodir etilganligi aniqlanib, daliliy ashyolar olingan va ular ushlangan”, deyiladi xabarda.

Hozirgi kunda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bosh prokuratura 20 may kuni bu borada kengroq ma’lumot tarqatdi. Rasmiy xabarda aytilishicha, jinoyatni sodir etganlikda gumonlanayotganlar o‘ldirilgan oila bilan bitta mahallada, ya’ni Ishtixon tumani Chimqo‘rg‘on qishlog‘ida yashaganlar.

Qo‘lga olinganlarning barchasi ishsiz bo‘lib, qotillikdan maqsad oilaga tegishli boyliklarni o‘zlashtirib olish bo‘lgan.

Bosh prokuraturaning bildirishicha, qotillikda gumonlanayotganlar: “14 maydan 15 mayga o‘tar kechasi marhum A.X.ning xonadoniga yashirincha kirib, ularning uxlab yotganligidan foydalanib, o‘zlari bilan olib kelgan temir bo‘laklari bilan bosh, yuz va jag‘ qismlariga bir necha marotaba urib, qasddan o‘ldirib, xonadondan 22 mln. so‘m va marhum J.I.ning “Samsung Galaxy A8” rusumli telefonini qo‘lga kiritishgan”.

Shundan so‘ng ular jinoyat izlarini yashirish maqsadida marhumga tegishli “Damas” rusumli avtomashinaga jasadlarni yuklab, avtomashinani Qo‘shrabot tumani, “Do‘stlik” mahalla fuqarolar yig‘iniga qarashli “Boqichig‘atoy” qishlog‘idagi dalaga tashlab ketishgan.

Bosh prokuratura gumon qilinayotganlar dastlabki tergov paytida o‘z jinoyatlariga iqror bo‘lganlarini ta’kidlamoqda.

Rasmiy ma’lumotga qaraganda: “ularning ko‘rsatmalari hodisa joyida tergov harakatlarini o‘tkazish, ashyoviy dalillar - jinoyat quroli bo‘lgan 4 dona temir bo‘lagi, marhum J.I.ga tegishli bo‘lgan “Samsung Galaxy A8” rusumli telefon apparati, marhumlarga tegishli bo‘lgan pul mablag‘lari, jinoyat sodir etish vaqtida gumon qilinuvchilarning egnida bo‘lgan jinoyat alomatlari mavjud kiyimlari va boshqa dalillar majmui bilan to‘liq tasdiqlanmoqda”.

Samarqand viloyat, Qo‘shrabot tumanidagi Do‘stlik mahallasi hududida joylashgan fermer xo‘jaligiga qarashli dalada turgan Damas avtomashinasidan 15 may kuni soat 13:00 larda 5 kishining jasadi topilgan edi.

Bu haqda xabar qilgan Bosh prokuratura matbuot xizmatiga ko‘ra, marhumlar Ishtixon tumani Chimqo‘rg‘on qishlog‘ida yashagan bir oilaning a’zolari: er-xotin va ularning uch o‘g‘lidir.

Marhum oila boshlig‘i fermer xo‘jaligi ishchisi bo‘lib ishlagani aniqlangan, u 1969 yilda tug‘ilgan, uning xotini 1974, o‘g‘illari esa, 1998, 2002 va 2004 yilda tug‘ilgan.

XS
SM
MD
LG