Линклар

Шошилинч хабар
27 ноябр 2024, Тошкент вақти: 07:22

Andijonda prezident sovg‘asi deb “uy berilib ” uysiz qolgan yana ikki ayol norozilik bildirdi


Andijon viloyat hokimining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Manzura Yunusova "prezident uyi" va’da qilingan ayollarga o‘zini qanday tutishni o‘rgatmoqda.
Andijon viloyat hokimining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Manzura Yunusova "prezident uyi" va’da qilingan ayollarga o‘zini qanday tutishni o‘rgatmoqda.

30 may kuni Andijondagi «Mustaqillik tikuvchilik majmuasi» chevarlaridan yana ikki nafari Muyassar Rahimova va Shohista Bakirova Ozodlikka “prezidentdan uy olgan baxtiyor ayol obrazini adras ko‘ylak kiyib" o‘ynab berganini bildirdi.

30 yashar Muyassar Rahimovaga ko‘ra¸ "prezident sovg‘a"sini olganlar ro‘yxatidan faqat bir ayolga uy berilgan¸ boshqalar "quruq va’daga ishonib uysiz” qolgan.

28 may kuni andijonlik 35 yashar Xurshida Tillaeva ayni muammo bo‘yicha Ozodlikda videomurojaat bilan chiqqan edi.

Yana bir aldangan hikoyasi

30 may kuni Ozodlik muxbiri bilan gaplashgan Muyassar Rahimovaning aytishicha¸ uy beramiz degan va’daga aldanganlar bir nechta.

- Xurshida Tillaevani bilasiz. Yana bittasi men. Xayriniso aya Ermatova¸ Zulfiya opa Abduvalieva va Kamoliddin aka. Bizlarga prezident maslahatchisi Tursunxon Xudoybergenovning o‘zi Andijonga kelib¸ "sizlarga shu uy beriladi" deb va’da qilgan . Umidvor qilinganlardan faqat bittasi Dilfuza Hojimatovagagina uy berildi. Prezident kelib ketganidan keyin «Mustaqillik tikuvchilik majmuasi» MChJ kadrlar bo‘limi boshlig‘i Mavluda Nishonova kelib “sizlarga uy yo‘q ekan. Sizlar aktrisalik qilibsizlar» deb bizning yuragimizdagi so‘nggi umidimizni ham o‘ldirdi¸ deydi Muyassar Rahimova.

30 may kungi suhbatda Rahimovaning hamkasbi Shohistaxon Bakirova ham dardini to‘kib soldi.

Bakirova onasining 2-guruh nogironi ekani¸o‘zining bir nechta jarrohlik amaliyoti kechirganini aytib berdi.

Hokimiyat qo‘lida qo‘g‘irchoq bo‘lganidan noligan Bakirova ham¸ Rahimova ham¸ o‘z yonidan pul sarflab adras ko‘ylak tiktirib “aktrisalik” qilganidan taassuf bildirishdi.

30 may kungi suhbatda Muyassar Rahimova¸ Ozodlikka suhbat bergani uchun bosim ostida qolib ruhi tushgan Xurshida Tillaevadan farqli ravishda¸ o‘z uyiga ega bo‘lish yo‘lidagi kurashini oxiriga yetkazishi va hokimiyat aldovini fosh qilishda davom etishini ta’kidladi.

Ozodlikka gapirgan Xurshida qaerda?

Xurshida Tillaeva bilan Ozodlik muxbiri oxirgi marta 28 may Andijonda soat kechqurun 9 dan o‘tganda gaplashdi.

29 may kuni ertalab voqea rivojini surishtirish uchun telefon qilinganida¸ mobil telefoni o‘chirilgan bo‘lib chiqti. Kun davomida ham telefoni ishlamadi.

Xurshidaning hamkasblari Ozodlikka 29 may kuni ertalab Xurshida Tillaeva va onasini "Mustaqillik tikuvchilik majmuasi" rahbari Tohirjon Alimjonov o‘z mashinasiga solib olib ketganini aytishdi.

Xurshida Tillaeva
Xurshida Tillaeva

Virtual sazoyi

Voqeadan xabardor Ozodlik manbalari¸ Andijon viloyat hokimining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Manzura Yunusova va shahar hokimi Dilmurd Rahmatullaevlar Tillaeva va onasini kun davomida so‘roq-javob qilinganini bildirdi.

Hokimlik binosiga maxsus chaqirtirilgan mahalliy jurnalistlar darhol Xurshida Tillaevani yolg‘onchiga chiqargan rasmiylar ko‘z-qarashini so‘nggi hukm sifatida ketma-ket e’lon qilishga kirishdi.

Bu chiqishlarda¸ nafaqat Xurshida¸ balki uning onasi¸ singlisi va bolasining shaxsiga oid ma’lumotlar ham jamoatchilikka e’lon qilindi. Ijtimoiy tarmoqlarda yosh ayol "ko‘rnamaklik"¸ ramazonda yolg‘on gapirish¸ nafsi hakalak otganlikda ayblanib¸ virtual sazoyi qilina boshlandi.

Xurshida masalasi Toshkentda muhokama qilinmoqda

Ozodlik O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Tanzila Norboevaning yordamchisi bilan bog‘lanib¸ qo‘mitaning o‘z dardini matbuotga aytgani ortidan virtual sazoyi nishoni bo‘lgan Xurshida Tillaeva voqeasidagi rolini izohlashni so‘radi.

Rais yordamchisi¸ bu masalada Andijon viloyat hokimligida maxsus ishchi guruh tuzilgani va ular voqeani o‘rganib¸ o‘z xulosasini Tanzila Norboevaga taqdim qilganini bildirdi.

Ayni paytda Norboeva yordamchisi¸ bu xulosa mazmuni haqida matbuotga ma’lumot berishga vakolati yo‘qligi¸ qo‘mitaning bu xulosasi tegishli tarzda rasman bildirilishini qo‘shimcha qildi.

Ijtimoiy tarmoqlarni titratgan voqea tarixi

16 may kuni prezident Mirziyoev Andijonga kelishi arafasida tikuvchilik sexida ishlab turib¸ nogiron bolasiga qarayotgan ¸ uysiz 8 nafar ayolga prezident kottej uy sovg‘a qilishi aytilgan.

Andijon viloyati hokimining Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Manzura Yunusova ularni bir necha kun prezidentga rahmat ayttirish¸ prezident bilan ko‘rishsa¸ nima kiyishu¸ o‘zini qanday tutishga tayyorlagan.

Bu repetitsiyalar ortidan Xurshida Tillaeva 16 may – prezident Andijonga kelgan kuni O‘zbekiston 24 telekanaliga olib chiqilgan va unga prezident sovg‘a qilgani aytilgan uy ichidan turib “vatanli bo‘lgani uchun yo‘q otasi o‘rniga otalik qilayotgan prezidentga rahmat” ayttirilgan.

"O‘zbekiston 24" telekanali namoyish qilgan videoreportaj ko‘rsatilib¸ Mirziyoev Toshkentga jo‘nashi bilan¸ Xurshida Tillaevaga bu uydan chiqish¸ uning boshqa odamga berilgani aytilgan.

O‘zining ko‘zbo‘yamachilik qurboni bo‘lganini anglagan Xurshida Tillaeva va yana ayni shunday aldangan bir necha ayol Ozodlikka murojaat qildi.

Ko‘zbo‘yamachiliklar tarixi

O‘zbekistonda prezident kelishidan oldin ko‘zbo‘yamichilik qilingani bo‘yicha Ozodlik qator maqolalar qilgan.

Xususan¸ 2018 yilning 12 fevral kuni Ozodlik o‘z joniga qasd qilgan 42 yashar Dilorom Ma’mirova hayotini qo‘shnilari arang qutqarib qolgani haqida ëzgan edi.

Marg‘ilon shahar hokimligi mulozimlarining Ma’mirovaga “prezident sovg‘asi” deya tekinga berilgan uy uchun ijara puli talab qilgani Ma’mirovani joniga qasd qilish darajasida larzaga solgan edi.

XS
SM
MD
LG