Линклар

Шошилинч хабар
27 ноябр 2024, Тошкент вақти: 05:32

Hukumat vs Konstitutsiya? Qo‘shni mahallaning bolasi maktabga pul to‘lab kiradigan bo‘ldi


Bolasini o‘z mikrohududidan tashqaridagi maktabga joylash uchun ota-onadan pul olish tartibi joriy qilinayotgani ijtimoiy tarmoqlarda qizg‘in bahslarga sabab bo‘ldi. O‘zbekiston hukumati kuni kecha qabul qilgan qaror kun tartibiga chiqargan mavzu Ozodlikning "Qurultoy" dasturida ham muhokama qildik.

Қурултой эшиттириши
Илтимос кутинг
Киритиш (Embed)

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:42:27 0:00

2019 yil, 7 iyunda Vazirlar Mahkamasining «Bolalarni davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq talab yuqori bo‘lgan maktablarga (Toshkent shahridagi 81 ta davlat maktabi) bolalar faqat davlat xizmatlari markazlari yoki Interaktiv davlat xizmatlari yagona portali (IDXYaP) orqali qabul qilinadi.

Maktab mikrohududida yashamaydigan, birinchi sinfga boradigan bolani maktabga joylash uchun ota-ona pul to‘laydi.

Ozodliknig "Qurultoy" eshittirishida yangragan ba’zi fikrlar:

Chexiyadagi Bohemiya universtiteti o‘qituvchisi, Iqtisodiyot fanlari doktori Xolnazar Omonov:

- Davlat puliga qurilgan maktablar uchun pul olish praktikasi aholini tabaqalanishga olib boradi va umumta’lim tizimini ishdan chiqaradi.

Germaniyada yashaydigan o‘zbekistonlik maorifchi jurnalist Anvar Usmonov:

- O‘zbekiston hukumati bu qarori bilan xalq ta’lim tizimini tijoriylashtirmoqda va bu holat sohaning chinakam tanazzul tomon yuz burganidir.

Jurnalist Sardor Salim:

- Maktab direktorlari qabul jarayoniga aralashmaydi. Ushbu mikrohududda yashaydigan, ta’lim beriladigan tilni yetarli darajada biladigan yetti yashar bolalar hech qanday qo‘shimcha talablarsiz, bepul o‘qishga qabul qilinadi. Kimdir bolasini mikrohududdan tashqaridagi maktabga joylashni xohlasa, pora berishiga yoki «qo‘li uzun» tanishlarini ishga solishiga hojat yo‘q. Pulini to‘lab qo‘yaqoladi. Maktabga tushgan mablag‘lar maktabning nufuzi oshishiga hissa qo‘shgan muallimlar jamoasini moddiy rag‘batlantirishga sarflanadi.

XS
SM
MD
LG