Линклар

Шошилинч хабар
27 ноябр 2024, Тошкент вақти: 13:47

Rishtonda maktab bitiruvchisi uyida osilgan holda topildi


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

17 iyun kuni Farg‘ona viloyati Rishton tumani Bujay qishlog‘ida 17 yashar qiz o‘z uyi ayvonida osilgan holda topildi.

Bu haqda Ozodlikka qizning yaqinlari ma’lum qildi.

Bu yil Rishton tumanidagi 4-sonli maktabni a’lo baholarga tugatgan qizning o‘limi sababi noma’lum bo‘lib qolmoqda.

Rishton tumani Ichki ishlar bo‘limi hodisa yuzasidan tergov-surishtiruv ishlari olib borilayotganini bildirdi.

(O‘z joniga qasd qilgani ishonilayotgan qizning ismi Ozodlikka ma’lum, lekin jurnalistika odobi nuqtai nazaridan tahririyat uning ismini ochiqlamaydi.)

Bujay qishlog‘i vakillaridan birining Ozodlikka 19 iyun kuni aytishicha, qiz uyi ayvonining to‘siniga osiq holda topilgan.

- Uyda hech kim bo‘lmagan paytda o‘zini osgan. Nimaga bunday qilganiga hamma hayron, chunki a’lochi, aqlli qiz edi, kecha janozasi o‘qildi, - deydi marhumning hamqishlog‘i.

O‘z joniga qasd qilgani ishonilayotgan qizning qarindoshlari Ozodlikka gapirishni istamadi.

Soat sayin oshayotgan suiqasd

O‘zbekistonda yoshlar orasida o‘z joniga qasd qilish hollari uchrab turadi.

O‘tgan uch oy ichida Ozodlik yoshlarning o‘z joniga qasd qilgani bilan bog‘liq o‘ndan ortiq holat haqida xabar qildi.

2 iyun kuni Qarshi Muhandislik iqtisodiyot instituti Texnologiya fakultetining 3-bosqich talabasi¸ guruh sardori o‘z uyi molxonasida osilgan holda topildi.

May oyida Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanidagi 1- son iqtidorli bolalar maktabining 7- sinf o‘quvchisi o‘z joniga qasd qilib halok bo‘ldi.

9 aprel kuni Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanidagi 16-sonli maktabning 9-sinf o‘quvchisi o‘zini osdi.

3 aprelda esa Ozodlik Qo‘qon shahar Maxsus yengil sanoat kasb-hunar kollejida 2018 yil oktabridan buyon “bir necha o‘n o‘quvchi qiz o‘z joniga qasd qilgan”ini aniqlagan edi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev o‘tgan yil noyabr oyidagi hukumat majlisida mamlakatda ayollar o‘rtasida suiqasd holatlari soat sayin ortayotganini aytgandi.

Mirziyov o‘z qabulxonasiga kelib tushgan murojaatlarning 70 foizi ayollarga tegishli ekanini ta’kidlagandi.

"Ayollar orasida o‘z joniga qasd qilish holatlari soni yil davomida emas, soat sayin oshyapti. Soat sayin! Qani Xotin-qizlar qo‘mitasining bu boradagi bir taklifi? Qo‘mitada Norboeva boshchiligidagi o‘tirganlar statistikachi emas-ku! Ular o‘z taklifini berishi, nega shunday bo‘lgani, bunga kim aybdorligi haqida bong urishi kerak", - degan edi Mirziyoev.

XS
SM
MD
LG