Линклар

Шошилинч хабар
28 ноябр 2024, Тошкент вақти: 13:34

Andijon va Farg‘ona hokimlari davlat xizmatchilarini "prezident ko‘rsin"ga aholi tomini bo‘yashga majburlamoqda (VIDEO)


Bir tomoni qizilga bo‘yalgan tomlar, Rishton tumani, Farg‘ona yo‘li.
Bir tomoni qizilga bo‘yalgan tomlar, Rishton tumani, Farg‘ona yo‘li.

Andijon viloyati, Asaka tumani hokimi 25 iyul kuni o‘tkazgan majlisda prezident kelishiga ko‘cha bo‘yidagi uylarni chiroyli qilib ko‘rsatish uchun, ularni ta’mirlash davlat muassasalari zimmasiga yuklatildi.

Ozodlikka yuborilgan majlis audioyozuvidan hokim ekani aytilgan shaxs Asakadan Marhamat tumanigacha yo‘l bo‘yidagi uylarni bezashni har bir tashkilotga bo‘lib berar ekan¸buning davlat siyosati ekanligini qayta-qayta ta’kidlaydi.

Ayni kuni Ozodlikka Farg‘onadan yuborilgan videolarda¸ yana prezident keladi¸ degan taxmin ortidan davlat idoralari xodimlarining¸ o‘z ishi qolib¸ jazirama issiqda odamlar uyi tomlarini arzon suvbo‘yoqqa bo‘yashga majburlangani aks etgan.

Asaka tumani hokimi Erkinjon Yakubov (rasmiy saytga ko‘ra yozildi - tahr.) 25 iyul kuni ertalab shahar va tumandagi barcha tashkilotlar rahbarlari ishtirokida majlis o‘tkazib, unda prezident kelishiga “zarbdor o‘n kunlik” e’lon qildi.

Ozodlikka majlis tugashi bilan yuborilgan audioyozuvda ana shu o‘n kunlikda qilinadigan ishlar rejasi buyurildi.

Yozuvdan tuman hokimi ekani tushuniladigan amaldor sentabr oyida prezidentning Andijon viloyatiga kelish ehtimoli borligini ayta turib¸ davlat idoralari rahbarlariga Asakadan Marhamat tumanigacha bo‘lgan yo‘lning ikki tomonini chiroyli qilib qo‘yishni buyuradi.

Majlisda shaxsan qatnashgan ishtirokchilaridan biri Ozodlikka hokim va uning qurilish ishlari bo‘yicha o‘rinbosarining og‘zaki buyrug‘iga hech kim e’tiroz bildirmaganini aytadi.

“Hokim o‘rinbosari har bir takshilot rahbariga senga mana bu yerdan bu yergacha, bu oshxonadan mana bu uygacha deb o‘nta-o‘ntadan bo‘lib berdi. Tumandagi biror bir tashkilot vazifasiz qolmadi. Aholi uylarini ko‘cha tomonini suvaysan, oqlaysan, tomlarini bo‘yaysan¸ degan topshiriq bo‘ldi. Hech kim e’tiroz bildirmadi, hamma xo‘p-xo‘p” deb qabul qildi”.

Ozodlik gaplashgan asakalik mulozimlar¸ hokimning bunday buyrug‘ini matbuotga aytish ishdan haydalishiga sabab bo‘lishidan cho‘chib¸ ismi sir qolishini so‘radi.

Davlat muassasalaridan biri mutasaddisi, prezident “men uchun ko‘zbo‘yamachilik qilmanglar” deb turgan bir paytda berilayotgan bunday buyruqlar majburiy mehnatga yetaklayotganini aytadi.

“Mana qarang, bizning tashkilotga ham kamida o‘nta aholi uyining ko‘cha tomonini chiroyli qilib qo‘yish topshirildi. Bu uchun men o‘n kun ishchilarimni majburiy mehnatga jalb qilishga, bu uylar remonti uchun kamida ikki million so‘m topishga majburman. Xo‘sh¸ nima qilamiz, albatta¸ kapital remont bo‘lmaydi. Hamma ish qo‘l uchida bo‘ladi. Devorlar nomiga suvab qo‘yiladi, tomlarning ko‘cha tomoni ham eng arzon kraska bilan bo‘yab qo‘yiladi. Bu ko‘zbo‘yamachilikdan boshqa narsa emas”.

Ozodlikka yuborilgan audioyozuvda tuman hokimi Erkin Yakubov ekaniga ishonilayotgan shaxs, prezident kelishi uchun yo‘llarni tartibga keltirib qo‘yishni viloyat hokimi buyurganini aytadi:

- Viloyat hokimi menga “odam yuzasidan yaxshi gapirayapman, ukajon, mana prezident u yerga bordi, bu yerga bordi, prezident kelishi tezlashib ketayapti, Marhamatga boraman debdi. Shuning uchun mana bu yo‘llarni to‘g‘irlab qo‘ying”¸ deb yaxshi gapirdi. Men yaxshi gapning gadosiman, o‘ylaymanki¸sizlar ham. Men aytayapman, hamma uyni qilma, kallani ishlatib, siyosat qildirib, yaxshi gapirib qildirish kerak.

Tuman hokimi¸ prezidentning ko‘zini quvnatish uchun archalarni “yoshartirish”ni ham topshiradi va Mehnat kodeksiga zid ravishda odamlarni yozning jaziramasida 14 soat ishlatishni buyuradi:

- Mahalla jamg‘armasi, o‘zi qiladi deganlarga siyosat qilib, odamlaringizni bo‘lib-bo‘lib chiqarib qo‘yasiz. Alijon, manovi uchiga dovur kraska qilasan, zanglagan yeri qolmaydi. Lovullatib svetlarimizni yoqishimiz kerak. Obodon, archalarni yoshartirib tayyorlab qo‘yish kerak. Ertalab 7 dan kechqurun soat 8-9 gacha ish. O‘n kun ichida tayyorlab qo‘yishimiz kerak.

Ozodlik tuman hokimi Erkin Yakubov va uning qurilish ishlari bo‘yicha o‘rinbosari bilan bog‘lanishga harakat qildi. Ammo kun davomida na hokim¸ na uning o‘rinbosari qo‘ng‘iroqlarga javob bermadi.

O‘zini hokim o‘rinbosari Durbek deb tanishtirgan mulozim, 25 iyul kuni hokim o‘tkazgan majlisdan xabari yo‘qligini va hokim bilan bog‘lanish imkonsiz ekanini aytdi.

"Kasbimiz bo‘lmasa ham¸ elektr toki ostida tom bo‘yayapmiz"

Ozodlik 25 iyul kuni Asaka tuman rahbarlarining uylar tomini davlat muassasalarini xodimlarini "majburiy mehnat"ga chiqarish orqali "prezident ko‘rsin"ga bo‘yash buyrug‘ini o‘rganayotgan mahal tahririyatga Farg‘onadan shunga uyqash video yuborildi.

Unda Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tumanida byudjet tashkilotlari ishchilarining¸ prezidentning ehtimoliy tashrifi uchun¸ uylar shiferini qizilga bo‘yashga majburlangani ko‘riladi.

Kun issig‘ida kimningdir tomini bo‘yashga majburlangan ishchi¸ o‘z tumanida borayotgan keng ko‘lamli majburiy mehnatga¸ xususan¸ o‘zi qilayotgan ishga¸ izoh ham beradi.

“Mana bugun ikkinchi kun, Uchko‘prik tumani byudjet tashkiloti ishchilari majburiy mehnatga jalb qilinayapti. O‘zbekenergo, O‘ztransgaz, Vodiygazta’minot, soliq bo‘limlari xodimlari tom bo‘yashga chiqarilgan. Siz ko‘rib turgan qizil tomlar davlat ishchilari tomonidan remont qilinayapti. Eng achinarlisi, bu yerda texnika xavfsizligi yo‘q, eng yomoni bir metr tepamizda 220 voltli yalang‘och elektr simlari osilib turibdi. Bu majburiy mehnatdan bosh tortgan odamlardan ariza olinayapti, ishdan haydalyapti. Mana shu tomda o‘z qadrimga xafa bo‘lib shu videoni oldim, afsuski islohotlar bo‘lmayapti, inson huquqlari poymol bo‘lyapti”.

Фарғона вилояти Учкўприк туманида президент келишига кўзбўямачилик
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:14 0:00

Majburiy hasharchi Ozodlikka yuborgan ikkinchi videosida bo‘yalayotgan tomlarning¸ shunchaki ko‘zbo‘yamachilik uchun¸ sifatsiz bo‘yoq bilan bo‘yalayotganini ham tushuntiradi.

Фарғона вилояти Учкўприк туманида президент келишига кўзбўямачилик
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:59 0:00

“Eng yomoni bu xo‘jako‘rsinliklar kimlar uchun qilinayapti va bu bo‘yoqlar necha kun turadi. Bu bo‘yoqlar 10 kilosi 18 ming so‘m turadigan emulsiya bo‘ladi. Bu 40 daraja issiqda bu bo‘yoqlar ikki kun o‘z rangida turadi yoki turmaydi. Ana u tomonda avval bir-ikki kun oldin bo‘yalgan tomlarni ko‘rayapman, allaqachon rangini yo‘qotib, oqarishni boshlagan. Gaz tashkilotlari xodimlari majbur bo‘lib ishlayapmiz”.

"Prezident aytaveradi, hokimlar qilaveradi..."

Prezident Shavkat Mirziyoev Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumanida qilgan chiqishida, o‘z tashrifi uchun oldindan tayyorlangan ko‘zbo‘yamachilik ishlarini tanqid qilib shunday degan edi:

“Men tayyorgarlik qilmasin deb atrofimdagi kattakonlarga ham topshiriq beraman, lekin ko‘p joylarda ko‘zbo‘yamachilik bo‘lyapti. Ochiq gap, bu menda nafrat paydo qiladigan narsa. Bir paytlar o‘zim shunga qarshilik qilgan ishlarga bugun ko‘zbo‘yamachilik qilish, odamlarni, ayniqsa ijtimoiy soha odamlarini, maktab, o‘quvchilarni majburlab obodonlashtirishga, tayyorgarlikka chiqrib qo‘yishlaring bu faqat menga emas, balki siyosatga xiyonat.

Men devorning orqasida nima borligini, qaysi ko‘cha supirilganini, qaysi daraxt yiqilib yotganini juda yaxshi bilaman. Men yuradigan yo‘ldagi narsalarni bo‘yab qo‘yganlaring bilan odamlar rahmat demaydi. Sizlar ana shu ishlaring bilan dushmanlaringning tegirmoniga suv quyayapsizlar.

Barcha rahbarlarni alohida ogohlantirmoqchiman. Agar bundan buyon tashrif oldidan birorta hududda vrach, o‘qituvchi, talabani obodonlashtrishga jalb qilsa, jazo juda qattiq bo‘ladi. Qonun oldida men sizlarni hammalaringni jazolayman”.

XS
SM
MD
LG