Линклар

Шошилинч хабар
28 ноябр 2024, Тошкент вақти: 11:42

“O‘g‘lim o‘zini otgan bo‘lsa, nega avtomatda barmoq izi yo‘q?”


Marhum askar Bobir Mirzayevning Buxoro shahridagi uyi
Marhum askar Bobir Mirzayevning Buxoro shahridagi uyi

O‘zbekiston Qurolli kuchlarining Farg‘ona viloyati, Quvasoy shahrining Qirg‘iziston bilan chegarasida 8 iyul tungi qorovullikda bo‘lgan oddiy askar Bobir Mirzayev qorin qismidan o‘q yeb halok bo‘lganidan so‘ng, uni otasi Sobir Mirzayev Ozodlikka murojaat qilib, o‘g‘lining “o‘z joniga suiqasd” deb rasmiylashtirishayotganini, u esa bu iddaoga ishonmasligini aytgan edi.

Marhum askar Bobir Mirzayev
Marhum askar Bobir Mirzayev

​10 avgust kuni OzodMikrofonga murojaat qilgan Sobir Mirzayev uning o‘g‘li o‘limi yuzasidan boshlangan tergov tugagani, O‘zbekiston Harbiy prokuraturasidan qo‘ng‘iroq qilgan xodim, o‘g‘lining o‘z joniga qasd qilgani haqida xabar berganini aytar ekan, tekshiruv natijalaridan umuman qanoat hosil qilmaganini ta’kidlaydi:

“Farg‘ona viloyati harbiy prokuraturasi bizni chaqirtirgan edi, sobiq harbiy jiyanim bilan birga bordik. Harbiy prokuror, tergovchi bilan gaplashdik. Ular tergov natijalari bilan bizni tanishtirdi. Juda ko‘p noaniqliklar bor ekan. Buni qarang, avtomatda na o‘g‘limning na boshqa odamning barmoq izlari bor ekan. Go‘yoki xuddi birov artib tashlaganday. O‘sha kuni o‘g‘limning avtomatidan besh marta o‘q otilgan ekan. Shundan ikkitasi qorniga tekkan ekan. Qolgan gilzalar har yerdan topilgan. Qanday qilib ikki o‘qni qorniga otib yana ikki o‘qni boshqa joyga otadimi? Keyin o‘sha yerga yaqin joydagi sement zavodi kamerasiga uzoqdan tushgan ekan, uzoqdan olingani uchun yaxshi ko‘rib bo‘lmaydi, deydi. Hozir texnika asri, kattalashtirib ko‘rishning iloji yo‘qmi, desak, yo‘q, deyishdi. Videoni bering biz o‘zimiz imkonini qilamiz desak, berishmadi. Xullas, javobi yo‘q savollar juda ko‘p, ochilmagan sirlar juda ko‘p. Tergovchi ham faqat yelka qisadi, bu jumboq, deydi. O‘zbekiston Harbiy prokuraturasi esa, o‘z joniga qasd qilgan degan, xulosa berib turibdi. Men bunga ishonmayman!”

“Ўғлим ўзини отган бўлса, нега автоматда бармоқ изи йўқ?”
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:07:28 0:00
Бевосита линк

Ozodlik Farg‘ona shahridagi 9229-harbiy qismning askari 20 yashar Bobir Mirzayev 8 iyuldan 9 iyulga o‘tar kechasi o‘qotar qurol vositasida o‘ldirilgani haqida 16 iyul kuni xabar bergan edi.

Asli buxorolik marhum askarning otasi Sobir Mirzayev Ozodlikka o‘lim sababi haqida berilgan ikki xil ma’lumot¸ o‘zida shubha uyg‘otganini aytgan edi:

Menga shahar voenkomi o‘g‘lingiz avtomatni zaryajat qilib turganda¸ birdan otilib ketgan va o‘ziga tekkan deyapti. Men o‘zim vrachman, nogironlikka chiqarish bo‘yicha ekspertman. Agar o‘q yaqindan otilgan bo‘lsa, qorin atrofini jarohatlab, kuyishni vujudga keltiradi. O‘g‘limni olib kelishganidan so‘ng men yechintirib ko‘rdim. O‘q qoringa kirishda kichkina iz qoldirgan va orqa bel sohasidan chiqib ketgan. Bu o‘q yaqindan emas, uzoqdan otilganiga vrach sifatida 100 foiz aminman”.

Unga ko‘ra¸ Buxoro shahar Mudofaa ishlari bo‘limi mulozimi o‘g‘lining o‘zini o‘zi otib qo‘yganini, tobutni olib kelgan harbiylar esa uning o‘limi sabablari noma’lumligini bildirgan.

O‘zi vrach bo‘lib ishlaydigan ota, o‘g‘lining o‘zini otib qo‘yganiga ishonmasligi, o‘limning haqiqiy sabablari yashirilayotganini iddao qilgan edi.

XS
SM
MD
LG