Линклар

Шошилинч хабар
27 ноябр 2024, Тошкент вақти: 05:22

Bog‘chada bo‘yoqsuyultirgich ichib qo‘ygan 5 yashar bola og‘ir ahvolda reanimatsiyada qolmoqda


Razbavitel - bo‘yoq aralashtirishda foydalaniladigan inson organizmi uchun zaharli kimyoviy suyuqlik hisoblanadi.
Razbavitel - bo‘yoq aralashtirishda foydalaniladigan inson organizmi uchun zaharli kimyoviy suyuqlik hisoblanadi.

Xorazm viloyati Xonqa tumanidagi bolalar bog‘chasida 5 yashar bola bilmasdan razbavitel (bo‘yoq aralashtirishda foydalaniladigan zaharli kimyoviy suyuqlik) ichib qo‘ygani oqibatida og‘ir ahvolda tuman kasalxonasining jonlantirish bo‘limiga yotqizildi.

Voqea 23 avgust kuni Xonqa tumanining Madir qishlog‘idagi 32-sonli “Qaldirg‘och” bolalar bog‘chasida ro‘y berdi.

...Bola chanqagan, baklajkada turgan razbovitelni choy deb o‘ylab ichib qo‘ygan.

Bolaning otasi Jasur Sharipovning Ozodlikka aytishicha, tarbiyachi nazoratsiz qoldirgan Lochinbek bog‘cha hovlisida o‘ynab, remont bo‘layotgan joyda bo‘yoqqa solinadigan kimyoviy suyultirgichni choy deb o‘ylab ichib qo‘ygan.

- O‘sha kuni ustalar bog‘cha zinapoyasini bo‘yashayotgan bo‘lgan. Bola chanqagan, baklajkada turgan razbavitelni choy deb o‘ylab¸ ichib qo‘ygan. Bog‘cha tarbiyachilari qaramagan, bola haligini ichib hushidan ketib qolgan. "Tez yordam" chaqirtirib zo‘rg‘a hayotini saqlab qoldik. Uch kun doktorlar vlivaniye qilib, bolani ichini tozalashdi, - dedi Jasur Sharipov.

32-sonli “Qaldirg‘och” bolalar bog‘chasi direktori Aziza Otaboyeva Ozodlik bilan suhbatda bo‘lib o‘tgan voqeani shunday izohladi:

- Bu holat soat kechki 5 dan keyin bo‘layapti, ota-onasi bolani olib ketgani kelmagan, qorovul bolalar ketib bo‘ldi, deb o‘ylab ishni boshlab turganida bola shu yerga kelib razbavitelni og‘ziga olganu tuflab tashlagan, - dedi Aziza Otaboyeva.

Razbavitel - bo‘yoq aralashtirishda foydalaniladigan inson organizmi uchun zaharli kimyoviy suyuqlik hisoblanadi.

Xonqa tumani bolalar kasalxonasi shifokorlaridan biri Lochinbek Sharipovning umumiy qon, siydik, axlat analizi tekshirilganda zaharli kimyoviy modda bola organizmiga tushganini ko‘rsatganini aytdi.

- Razbavitelni tuflab tashlagan bo‘lsa ham¸ ma’lum qismi ichiga ketgan, analizlari tarkibida zaharli kimyoviy modda yuqori chiqdi. Vlivaniye qilib tozaladik, lekin ahvoli yaxshi deb bo‘lmaydi. Buyrak, jigar va boshqa organlari alohida tekshirilishi kerak. Chunki razbavitel eritish xususiyatiga ega kimyoviy suyuqlik hisoblanadi, shuning uchun bolani organlariga shikast yetkazmaganmi, degan xavotir bor, - dedi Xonqa tumani bolalar kasalxonasi shifokorlaridan biri.

Xonqa tumani Ichki ishlar bo‘limi xodimi 32-sonli bog‘chada bolaning bo‘yoqsuyultirgichdan zaharlangani haqida rasmiy shikoyat tushmaganini bildirdi.

Bog‘cha direktori Aziza Otaboyevaga ko‘ra, bolaning otasi "bog‘cha tarbiyachilariga da’voyim yo‘q", deb tilxat yozib bergan.

Jasur Sharipov shunday tilxat yozib berganini tasdiqladi.

- Yozib ber, deb iltimos qilishdi, yozib berdim. Tarbiyachisi qo‘shnim bo‘ladi, shuning uchun da’voyim yo‘q, deb shuni yozib berdim. Hozir meni o‘ylantirayotgan masala bolamning sog‘ligi, tuzalib ketsa bo‘ldi, - deydi Sharipov.

O‘zbekistonda bolalar bog‘chalari yoki maktablarida zaharlanish holatlari haqida Ozodlik ilgari ham xabar bergan.

XS
SM
MD
LG