Линклар

Шошилинч хабар
27 ноябр 2024, Тошкент вақти: 03:39

Sobiq Chkalovning samolyot qurgan ustalariga qurilishda g‘isht tashitilayapti


Toshkent viloyati Qibray tumanidagi “Toshkent-Sharqiy” aerodromi bazasida yangi xalqaro aeroport hamda poytaxtning sakkizta tumanidan o‘tuvchi 52 kilometrli yangi yer usti metrosi qurilishi o‘tgan yili boshlangan edi.
Toshkent viloyati Qibray tumanidagi “Toshkent-Sharqiy” aerodromi bazasida yangi xalqaro aeroport hamda poytaxtning sakkizta tumanidan o‘tuvchi 52 kilometrli yangi yer usti metrosi qurilishi o‘tgan yili boshlangan edi.

"O‘zbekiston Temir yo‘llari" aksiyadorlik jamiyatiga qarashli "Toshkent mexanika zavodi" (sobiq Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi) ishchilari poytaxtdagi yangi xalqaro aeroport, yer usti metrosi qurilishlariga safarbar etildi.

Har ikki qurilish loyihasini "O‘zbekiston Temir yo‘llari" aksiyadorlik jamiyati amalga oshirmoqda.

"Toshkent mexanika zavodi" mas’ullaridan biri Ozodlikka zavod ishchilari "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ amalga oshirayotgan qurilish ishlariga ko‘ngilli ravishda jo‘natilayotganini aytdi.

O‘z xavfsizligidan cho‘chib Ozodlikka shaxsi sir qolish sharti bilan gapirgan zavod ishchilari ishdan haydalish haqidagi taxdidlar bilan o‘z kasbiy faoliyatiga bog‘liq bo‘lmagan qurilish ishlariga har kuni oddiy ishchilardan tortib muxandis-texnik xodimlar jalb etilayotganliklarini aytishdi.

"Toshkent mexanika zavodi"da ikkinchi toifali chilangar bo‘lib ishlovchi xodim 11 sentabr kuni Ozodlikka jumladan bunday dedi:

Ishdan bo‘shatish bilan qo‘rqitib, hech qanday texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etilmagan tarzda baland metro qurilishi ustiga majburlab chiqarib tosh yoydirmoqda.

- Muhandislardan tortib oddiy ishchilarni, ayol xodimlarimizni ham Tuzel Toshkent sharqiy aeroporti va yer usti metrosi qurilishida 27 avgustdan o‘ta og‘ir sharoitlarda majburlab, quldek ishlatishmoqda. Qirqdan ziyod ishchi, ular orasida meni ham ishdan bo‘shatish bilan qo‘rqitib, hech qanday texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etilmagan tarzda baland metro qurilishi ustiga majburlab chiqarib tosh yoydirmoqda, - dedi zavod ishchisi.

Zavodning qancha xodimi qurilishga safarbar etilgani haqda Ozodlikka ma’lum emas.

Zavod xodimi metro qurilishiga qirqdan ziyod ishchi jo‘natilganini aytdi.

Toshkent viloyat, Qibray tumanidagi “Toshkent-Sharqiy” aerodromi bazasida yangi xalqaro aeroport hamda poytaxtning sakkizta tumanidan o‘tuvchi 52 kilometrli yangi yer usti metrosi qurilishi o‘tgan yili boshlangan edi.

Har ikki qurilish loyihasini "O‘zbekiston Temir yo‘llari" aksiyadorlik jamiyati amalga oshirmoqda.

Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi faoliyati 2015 yilda tugatilganidan so‘ng korxona "Toshkent mexanika zavodi"ga aylantirilgan va "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ tasarrufiga o‘tkazilgan edi.

"Toshkent mexanika zavodi" rahbari yordamchilaridan biri Ozodlikka zavod ishchilari "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ amalga oshirayotgan qurilish ishlariga "ko‘ngilli ravishda" jo‘natilayotganini aytdi:

- "O‘zbekiston temir yo‘llari" tarkibidagi barcha korxonalarga, jumladan, bizning zavodga ham ishchilarni shu ishlarga yuborish haqida ko‘rsatma kelib turadi. Biz shu ko‘rsatmani bajaramiz. Lekin, ishchilarimizni hech kim majburlamaydi, faqat ko‘ngillilarni jo‘natamiz, - dedi "Toshkent mexanika zavodi" rahbarining yordamchisi.

"Toshkent mexanika zavodi" ​ishchilariga qurilishga ishga chiqarilgani uchun qo‘shimcha haq to‘lanadimi? Agar ular ish vaqtida qurilishga jalb etilgan bo‘lishsa zavodda ular qilishi kerak bo‘lgan ishni kim bajaradi?

"Toshkent mexanika zavodi" rahbariyatidan bu savolga aniq javob olib bo‘lmadi.

Zavodning rahbari yordamchisi deb tanishtirgan mas’ul xodimi: "Bu savolga javob berolmayman", deb aytdi.

Zavod ishchilariga ko‘ra, ular qurilishda ishlaganliklari uchun qo‘shimcha haq olmaganlar.

Bundan oldin zavod ishchilari Xovos temir yo‘l stansiyasi, Angren ko‘mir konida ham majburlab ishlatilganliklarini aytishdi.

Biz bir vaqtlar samolyot ishlab chiqarganmiz, hozir qurilishda qora ishchiga aylandik.

- Biz bir vaqtlar samolyot ishlab chiqarganmiz, hozir qurilishda qora ishchiga aylandik. "O‘zbekiston temir yo‘llari" tarkibiga o‘tganimizdan buyon shu ahvol. Shanba va yakshanba kunlari ishlaganimizga to‘liq haq to‘lanmaydi, - dedi "Toshkent mexanika zavodi" ishchisi.

"Toshkent mexanika zavodi" ishchilarining shikoyati yuzasidan "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ matbuot xizmatidan izoh olishning imkoni bo‘lmadi.

O‘zbekistonda davlat ishchilarining o‘z vazifalari qolib qishloq xo‘jalik va obodonlashtirish ishlariga jalb qilinishi odatiy xol.

O‘zbekistonda "Obod mahalla", "Obod qishloq", "Obod tuman" hukumat dasturlarini amalga oshirish va inshootlar qurish uchun byudjet tashkilotlari xodimlari jalb etilgani ilgari ham kuzatilgan.

Garchi O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi 2018 yilning 10 mayida “O‘zbekiston Respublikasida majburiy mehnatga barham berishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 349-sonli qarorni qabul qilgan esa-da, byudjet tashkilotlari xodimlari majburiy mehnatga jalb etilayotgani borasida Ozodlikka tez-tez shikoyat xatlari kelishda davom etmoqda.

XS
SM
MD
LG