Линклар

Шошилинч хабар
27 ноябр 2024, Тошкент вақти: 03:38

Surxondaryoning Sharg‘un shahrini obod qilishga IIB xodimlari safarbar etildi


Sharg‘unda obodonlashtirish, daraxtlarni oqlash, uylarni ta’mirlash uchun yuzlab  ichki ishlar xodimlaridan otryadlar tuzilgan.
Sharg‘unda obodonlashtirish, daraxtlarni oqlash, uylarni ta’mirlash uchun yuzlab  ichki ishlar xodimlaridan otryadlar tuzilgan.

Surxondaryo viloyatida ichki ishlar organlari xodimlari Sariosiyo tumanidagi Sharg‘un shaharchasini obod qilish loyihasi doirasidagi ishlarga safarbar qilindi.

Ozodlikka bog‘langan militsiya xodimlarining aytishicha, daraxtlarni oqlash, uylarni ta’mirlash kabi obodonlashtirish ishlarini bajarish uchun butun viloyatdan yuzlab ichki ishlar xodimlaridan otryadlar tuzilgan.

Viloyat IIB boshlig‘ining xo‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Sharg‘un shaharchasidagi qurilish ishlariga mas'ul etib tayinlangan.

Sariosiyo tuman Ichki ishlar bo‘limining Ozodlik bog‘langan navbatchisi hamkasblari Sharg‘un shaharchasini obod qilishga safarbar etilganini tasdiqladi, lekin bu haqda tuman IIB boshlig‘iga bog‘lanishni tavsiya qildi.

Lekin, tuman va viloyat IIB boshliqlaridan izoh olib bo‘lmadi.

Sariosiyo tuman IIB xodimining ismi sir qolish sharti bilan Ozodlikka aytishicha, har bir otryadga alohida uylar biriktirilib, ularni ta’mirlash majburiyati yuklangan:

- Safdordan tortib uchastkavoy, serjantlar, katta leytenant, kapitanlar hammasi Sharg‘unda qurilishda ishlashyapti. Bo‘limlarda nomiga bir-ikki navbatchi qolgan, qolgan hammasi shu yerda, g‘isht tashiyapti. Ko‘chalar bo‘yidagi uy va xo‘jaliklar buzilyapti, ba'zi binolar qayta qurilayapti. IIB xodimlaridan tashkil topgan har bir otryadga binolar bo‘lib berilgan.

Sharg‘unda obodonlashtirish, daraxtlarni oqlash, uylarni ta’mirlash uchun yuzlab ichki ishlar xodimlaridan otryadlar tuzilgan.
Sharg‘unda obodonlashtirish, daraxtlarni oqlash, uylarni ta’mirlash uchun yuzlab ichki ishlar xodimlaridan otryadlar tuzilgan.

Ozodlikka bog‘langan militsiya xodimlariga ko‘ra, Surxondaryo viloyat IIB boshqarmasi va tuman bo‘limidan yuzlab militsiya xodimlari Sharg‘unga ishlashga jo‘natilgan.

- Bitta tumandan ellik-oltmish militsiya xodimi ishlayapti. Denov, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘ondan ham otryad kelgan. Termizdagi upravleniyadan ham kelgan. Ertalabdan naryad, kechqurun avtobuslarda uylariga qaytishadi. Hozircha o‘n kunga deyishdi, lekin undan ham ko‘p cho‘zilsa kerak, - deydi Surxondaryolik militsiya xodimi.

Ayrim tuman IIB xodimlariga o‘rniga mardikor yollab chiqarish ham aytilgan:

Yo o‘zing ishlaysan yo mardikor chiqarasan deb aytildi. Kuniga 40-50 ming so‘mdan to‘lab, qurilishda mardikor ishlatyapmiz. Shundoq ham oylik harajatimizdan oshmaydigan maoshimizga endi ishchi ishlatyapmiz.

- Yo o‘zing ishlaysan yo mardikor chiqarasan deb aytildi. Kuniga 40-50 ming so‘mdan to‘lab, qurilishda mardikor ishlatyapmiz. Shundoq ham oylik harajatimizdan oshmaydigan maoshimizga endi ishchi ishlatyapmiz. Bundan bo‘yin tovlagan xodimni "ishdan bo‘shatish" bilan qo‘rqitishadi. Bunaqa buzish va qurishlarga davlat pul ajratmaydimi, nega endi ichki ishlar xodimlari o‘z vazifasini qo‘yib boshqa ishlarni qilishga majbur? Ichki ishlar xodimlari qachongacha o‘z xizmat vazifalariga kirmaydigan ishlarda ishlatiladi?, - deydi Surxondaryo viloyati IIB tizimida ishlovchi boshqa bir xodim.

Sariosiyo tumani Ichki ishlar bo‘limining Ozodlik bog‘langan navbatchisi hamkasblari Sharg‘un shaharchasini obod qilishga safarbar etilganini tasdiqladi, lekin bu haqda tuman IIB boshlig‘iga bog‘lanishni tavsiya qildi.

Sariosiyo tuman IIB boshlig‘i esa Ozodlik muxbiri uning qo‘l telefoniga qo‘ng‘iroq qilib, o‘zini tanishtirishi bilan telefonni o‘chirib qo‘ydi.

Surxondaryo viloyat Ichki ishlar boshqarmasidan ham IIB xodimlarining o‘z vazifasiga kirmaydigan ishlarga majburlanayotgani haqidagi iddaolar yuzasidan izoh olib bo‘lmadi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev shu yilning aprel oyi ohirida Surxondaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida Sariosiyo tumani Sharg‘un shaharchasini obod va ko‘rkam shaharga aylantirish, shaharchada to‘rtta besh qavatli jami 120 xonadonli yangi uylar qurish bo‘yicha topshiriqlar bergan edi.

Sharg‘un shahrini rekonstruksiya qilish loyihasida aholi punktlarining me’moriy qiyofasini yangilash, yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi hamda ijtimoiy soha ob’ektlarini barpo etish ko‘zda tutilgan.

"Obod mahalla", "Obod qishloq", "Obod tuman" hukumat dasturlarini amalga oshirish va inshootlar qurish uchun O‘zbekistonning boshqa viloyatlarida ham byudjet tashkilotlari xodimlari ishga jalb etilgan.

Ba’zi joylarda esa Ichki ishlar, Prokuratura xodimlarining ham bunday ishlarga safarbar etilishi kuzatilmoqda.

O‘tgan oy Ozodlik Qo‘qonda Xalqaro hunarmandchilik festivaliga tayyorgarlik ishlari doirasidagi obodonchilik ishlariga Farg‘ona viloyati IIB xodimlari safarbar etilgani haqida Ozodlik xabar bergan edi.

Garchi O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi 2018 yilning 10 mayida “O‘zbekiston Respublikasida majburiy mehnatga barham berishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 349-sonli qarorni qabul qilgan esa-da, byudjet tashkilotlari xodimlari majburiy mehnatga jalb etilayotgani borasida Ozodlikka tez-tez shikoyat xatlari kelishda davom etmoqda.

XS
SM
MD
LG