Линклар

Шошилинч хабар
30 ноябр 2024, Тошкент вақти: 15:52

Saudiya: Neft konlariga hujum Eron hududidan qilingan bo‘lsa, bu urush harakatidir!


Saudiya Arabistoni rahbarlari o‘tgan haftada mamlakat neft sanoatiga qilingan hujumlar tergov qilinayotganini ma’lum qildi.

Bayonotga ko‘ra, raketa va dronlar yordamida amalga oshirilgan hujumlar Eron hududidan amalga oshirilgan bo‘lsa, qirollik ularni “urush harakati”, deb baholaydi.

22 sentabr kuni Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vaziri Odil al-Jubayr: "Biz Eron javobgar deb hisoblaymiz, chunki Saudiya Arabistoniga otilgan raketalar va dronlar Eronda ishlab chiqarilgan va ularni Eron eltib bergan. Lekin hujumni o‘z hududidan amalga oshirish – agar chindan shunday qilingan bo‘lsa – bu boshqa narsa. Bu urush harakati, deb baholanadi", dedi.

14 sentabr kuni amalga oshirilgan hujumlar uchun mas’uliyatni Yamandagi huti isyonchilar o‘z bo‘yniga oldi. Ularni Eron dastaklab keladi.

Hujumlar natijasida Saudiya neft konlari faoliyati cheklanib, jahon bo‘ylab neft narxlari oshib ketdi.

Tahlilchilar Yamandagi mojaroni sunniy Saudiya Arabistoni hamda shia Eron olib borayotgan proksi urush, deb hisoblaydi.

AQSh prezidenti Donald Tramp hamda boshqa AQSh rasmiylari Saudiya neft konlariga qilingan hujumlarda Eronni ayblab keladi.

Tramp AQShni 2015 yilda Eron yadroviy dasturi bo‘yicha erishilgan kelishuvdan chiqarib olib, Eronga qarshi sanksiya joriy qila boshlaganidan beri ikki davlat o‘rtasidagi tanglik keskinlashdi.

Shunday bo‘lsa-da, Tramp va Saudiya rasmiylari Tehronga qarshi chora ko‘rishdan oldin bir-birlari bilan maslahatlashayotganlarini hamda davom etayotgan tergov natijalarini kutishayotganini izhor qilishdi.

Bu orada BMTning Yaman bo‘yicha maxsus vakili Martin Griffits hutilarning Saudiya Arabistoniga hujumlarni to‘xtatish to‘g‘risida shu kunlarda elon qilingan va’dasi 4 yildan beri to‘xtamayotgan urushni tugatishga yordam berishi mumkinligini aytdi.

Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vaziri al-Jubayr hutilarning ushbu e’loni ortidan “kutamiz va vaziyatni kuzatamiz”, dedi.

Xabarlarga ko‘ra, 20 sentabr kuni Tramp AQShning Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklaridagi harbiy qo‘shinlari sonini ushbu mamlakatlar iltimosiga binoan oshirishga ruxsat bergan. Joriy yilning iyulida Vashington Saudiya Arabistoniga qo‘shimcha 500 harbiy yuborilishini e’lon qilgan edi.

XS
SM
MD
LG