Линклар

Шошилинч хабар
20 ноябр 2024, Тошкент вақти: 18:44

Adliya vazirligi: Xodimlarni qishloq xo‘jalik ishlariga jalb etish taqiqlangan


Majburiy mehnat biror jazoni qo‘llash bilan tahdid qilish orqali ish bajarishga majburlashdir. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi o‘zining Telegram kanalida eslatdi.

Vazirlik tumanlar va shaharlar hududini obodonlashtirish ishlariga, mavsumiy qishloq xo‘jalik ishlariga, metall chiqindilari va makulatura yig‘ishga, boshqa turdagi mavsumiy ishlarga fuqarolarni jalb etish tashkilotlar rahbarlariga hukumat qarori bilan taqiqlab qo‘yilganini eslatgan.

Adliya vazirligi mavzu yuzasidan kerakli ma’lumotlarni quyidagi suratda aks ettirgan:

Adliya vazirligining majburiy mehnatga oid ma’lumoti
Adliya vazirligining majburiy mehnatga oid ma’lumoti

Алоқадор

XS
SM
MD
LG