Линклар

Шошилинч хабар
26 ноябр 2024, Тошкент вақти: 21:51

Turk deputati uyidagi o‘zbek xizmatchisi o‘limi sirini aniqlash talabi bilan kampaniya boshlandi


Turk TV kanallari Nodira Qodirova o‘limini "shubhali" deb atamoqda.
Turk TV kanallari Nodira Qodirova o‘limini "shubhali" deb atamoqda.

Turkiyadagi hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasining parlamentdagi deputati¸ iste’fodagi general Shirin Unalning uyida bir yildan beri boquvchilik qilib kelgan 23 yashar Nodira Qodirovaning sirli o‘limi turk parlamenti va matbuoti kun tartibiga chiqdi.

Xotin-qizlar haqlari himoyasi bilan shug‘ullanuvchi turkiyalik faollar “Nodiraga nima bo‘ldi?” degan shior bilan keng qamrovli tadbir boshlashdi. Bu tadbirda ayrim o‘zbeklar ham ishtirok etmoqda.

Ayni paytda Anqara shahar prokuraturasi 24 sentabr kuni Anqarada jon bergan Qodirovani fohishalik bilan shug‘ullanganlikda gumonlamoqda.

Ozodlik 1 oktabr kuni Anqaradagi O‘zbekiston bosh konsulligi bilan bog‘lanib¸ Nodira Qodirova bilan bog‘liq so‘nggi vaziyat borasida aniq javob ola olmadi.

Bu so‘rovdan bir necha soat jtib¸ O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi rasmiy saytida “Nodira Qodirovaning fojiaviy o‘limi elchixona nazoratida ekani” haqida bayonot paydo bo‘ldi.

Unda Anqara prokuraturasiga tayanib¸ Qodirova ishi yuzasidan guvohlarning so‘roq qilinayotgani¸ marhuma yozishmalari va telefon so‘zlashuvlari hamda kuzatuv kameralaridagi ma’lumotlar o‘rganilayotgani aytildi.

Ozodlik gaplashgan Anqara shahar prokuraturasi matbuot xizmati vakili tergov guruhi sud-tibbiyot ekspertizasi natijasini kutayotganini bildirdi.

“Nodiraga nima bo‘ldi?” tadbiriga qo‘shilgan o‘zbekistonlik sotsiolog Bahodir Fayzi¸ huquq faollari va Turkiyadagi Jumxuriyat-xalq partiyasining aralashuvi ortidan “fojiani oddiy suitsid deb malakalab¸ bosti-bosti qilish rejasi o‘xshamay qolgan”ini aytadi.

-Turkiyada ayollarga qarshi jinsiy zo‘ravonlik, oila ichidagi zo‘ravonlik va ayollar o‘limi bilan yakunlanayotgon jinoyatlar kun sayin ortib bormoqda. Va turk jamiyati bu holatga o‘ta hassos. Ayollarga qarshi jinoyat yuz berishi bilan o‘nlab tashkilot himoya uchun oyoqlanadi. Mashhur advokatlar tekin himoya qilish uchun o‘z hizmatini taklif etadi. Nodira fojiasida ham shunday bo‘ldi. Minglab turk bu qiz himoyasi uchun sotsial mediada mujodala boshladi. Afsuski¸ o‘zbekistonlik marhumani himoya qiladiganlar orasida O‘zbekiston vatandoshlari barmoq bilan sanash darajasida oz.

Баҳодир Файз билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:30 0:00
Бевосита линк


Taniqli advokat Mujda To‘zvey Erdan (Mujde Tozbey Erden) Turkiyadagi “Bolalar va ayollar huquqlarini himoya qilish” tashkiloti rahbari. Ozodlik bilan suhbatda u o‘zi rahbarlik qilayotgan tashkilot Nodira Qodirova masalasi bosti-bosti qilinmasligi uchun jiddiy harakat boshlaganini aytdi.

"Nodiraga nima bo‘ldi?" harakati qatnashchilari chizgan surat.
"Nodiraga nima bo‘ldi?" harakati qatnashchilari chizgan surat.

Qodirovaning prokuratura tarafidan “fohishalikda” gumonlanganini qoralagan Mujda To‘zvey Erdan “Biz Nodiraning ishi adolatli bir shaklda¸ huquqiy doirada hal qilinishini talab qilamiz” dedi.

Turkiyalik faol Umid Quvonch (Umit Kivanc) Ozodlikka ijtimoiy tarmoqlarda #nadirakadirova, #nadirayaneoldu, #nadirayaneyaptiniz heshteglari ortida butun Turkiya bo‘ylab tadbir davom etayotganini aytdi. Unga ko‘ra¸ 1 oktabrga kelib bu tadbirni qo‘llayotganlar soni bir necha mingdan oshgan.

Deputat uyidagi sirli o‘lim

Turk matbuotining yozishicha¸ Nodira Qodirova 24 sentabr kuni tonggi 8:48 da general Unalga tegishli to‘pponchadan otilgan o‘qdan yaralangan¸ soat 9:50 da Bilkent kasalxonasida joni uzilgan.

O‘lim sababi¸ go‘yoki suiqasd. Fojia paytda uyda bo‘lgan hukmron partiya deputati Shirin Unal¸ hozircha turk matbuotining voqeaga oid savollariga javob berishdan bosh tortmoqda.

Nodira Qodirova keyingi bir yil davomida deputatning xasta xotiniga boquvchilik qilib kelgan¸ uning Anqaradagi uyida yashagan.

Akasi Muhammadali Qodirovga ko‘ra¸ 1 yil oldin Turkiyaga kelgan Nodira universitetga kirish imtihoni topshirishga tayyorlanayotgan bo‘lgan¸ uning hayotida o‘zini o‘ldirishga undagulik biror sabab bo‘lmagan.

Ayni paytda¸ turk nashrlari Nodiraning o‘limidan bir kun oldin Laylo Niyozova ismli dugonasiga jo‘natgan SMS da¸ “Yomon ishlar bo‘layapti. Akamning yuziga qanday qarayman. O‘lishni istayman”¸ deb yozganini iddao qilgan.

23 yashar qiz “yomon ishlar” deganda nimani¸ kimni nazarda tutgani haqidagi taxminni turk matbuoti yozib chiqdi. FOX telekanali akasiga tayanib Nodira Qodirovaning deputat tarafidan jinsiy tajovuzga uchraganligi iddaosini yoyinladi.

Nodira Qodirova o‘z yurtida dafn qilindi
Nodira Qodirova o‘z yurtida dafn qilindi

XS
SM
MD
LG