Линклар

Шошилинч хабар
26 ноябр 2024, Тошкент вақти: 09:45

OzodTa'sir: Moskvada o‘zbeklarni kaltaklagan politsiyachilar ishdan olindi, o‘ndan ortiq rahbarga intizomiy jazo berildi


Ilhom Xolmatovning (suratda) oyog‘i singan va miyasi chayqalgan.
Ilhom Xolmatovning (suratda) oyog‘i singan va miyasi chayqalgan.

Moskva viloyatining Balashixa shahrida o‘zbekistonlik muhojirlar o‘tirgan kvartiraga bostirib kirgan va muhojirlarni kaltaklagan ikki nafar politsiyachi ishdan olindi.

Moskva viloyat politsiyasining 2 oktabrdagi rasmiy bayonotida “Xizmat tekshiruvi natijasida Balashixa politsiya bo‘limi jinoyat qidiruv bo‘linmasining ikki tezkor xodimi ishdan olindi. Ular qonunchilikda belgilangan tartibda jazoga tortiladilar”, deb bildirildi.

Bundan tashqari Balashixa politsiya bo‘limi rahbariga intizomiy jazo belgilanib, egallab turgan lavozimi pasaytirilgan. Balashixa politsiyasining o‘n nafar rahbar xodimlariga nisbatan ham intizomiy jazo qo‘llanilgan.

Ozodlik radiosi Balashixada 24 sentabr kuni bo‘lib o‘tgan hodisa to‘g‘risida maqola e’lon qilgani ortidan 25 sentabrda Balashixa politsiyachilariga nisbatan xizmat tekshiruvi boshlangan edi.

Maqolada aytilishicha, 20 sentabr, kech soat 10 larda o‘zbek muhojirlari o‘tirgan kvartiraga mahalliy politsiya bostirib kirgan. Ular bu xonadonda 10 kilo narkotik modda borligini iddao qilib, muhojirlarni kaltaklay boshlagan. Muhojirlardan ikki nafari 2- qavatdan sakrab, qochmoqchi bo‘lgan va og‘ir jarohatlar bilan reanimatsiyaga yotqizilgan.

Ikkinchi qavatdan qulagan ikki o‘zbekistonlik behush holatda pastda yotgan va ularni o‘tib ketayotgan tojikistonlik boshqa migrantlar ko‘rib qolib, "Tez yordam" chaqirgan.

"Tez yordam" kelishi bilanoq, migrantning kvartirasida bo‘lgan 3 politsiyachi pod’ezd ichkarisida kutib turgan boshqa sheriklari bilan hodisa joyidan qochib ketgan.

Moskva viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Ozodlik radiosiga o‘zbek muhojirlariga qilingan hujum yuzasidan xizmat surishtiruvi o‘tkazilishiga va’da bergan edi.

XS
SM
MD
LG