Rossiya Xalqlar do‘stligi universiteti talabasi, O‘zbekiston fuqarosi O‘lmasxon Baxronovning sog‘ligi holati to‘g‘risida ijtimoiy tarmoqlarda turli xabarlar tarqalishi munosabati bilan O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi mazkur masala doimiy nazoratda ekanini ma’lum qiladi.
Elchixona tomonidan bemorning ota-onasi, uni davolayotgan shifokorlar va tibbiyot muassasasi ma’muriyati bilan doimiy aloqa o‘rnatilgan, Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda anesteziologiya, reanimatologiya va otorinolaringologiya bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislar jalb qilinmoqda.
Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi 20 oktabrda bayonot berdi.
Avgust oyidan buyon Moskva shahridagi 67-son shahar klinik kasalxonasining reanimatsiya bo‘limida komada yotgan O‘lmasxon Baxronov to‘g‘risida Ozodlik xabar qilgan edi.
Ozodlik kuni kecha O‘lmasxonning taqdiriga oid quyidagi videosyujetni ham tayyorlagan edi:
Konsullik-huquqiy departamenti eslatib o‘tishicha, Rossiyaning Markaziy federal okrugi (Belgorod oblasti, Bryansk oblasti, Vladimir oblasti, Voronej oblasti, Ivanovo oblasti, Kaluga oblasti, Kostroma oblasti, Kursk oblasti, Lipetsk oblasti, Moskva shahri, Moskva oblasti, Orlov/Oryol oblasti, Ryazan viloyati, Smolensk oblasti, Tambov oblasti, Tver oblasti, Tula oblasti, Yaroslav oblasti) va Armaniston hududidagi fuqarolar zarur vaziyatlarda Moskva shahridagi elchixonaga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkin: +7 499 230-00-76, +7 499 238-36-20.