Линклар

Шошилинч хабар
28 ноябр 2024, Тошкент вақти: 02:37

Yangiyo‘llik taksichilarni so‘kkan "zamnachalnik” audiodagi ovoz uniki emasligini iddao qildi


Illyustrativ surat, Yangiyo‘l tumanidagi voqeaga aloqasi yo‘q.
Illyustrativ surat, Yangiyo‘l tumanidagi voqeaga aloqasi yo‘q.

23 oktabrda Toshkent viloyat, Yangiyo‘l tuman Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Usmon Zamonov Ichki ishlar vazirligining nazorat va taftish komissiyasiga chaqirtirildi.

Bu ma’lumotni Ozodlik Usmon Zamonovning o‘zidan oldi. Aytishicha, uning vazirlikka chaqirtirilishiga 22 oktabr kuni jtimoiy tarmoqlarda Usmon Zamonov deb iddao qilinayotgan shaxsning haydovchilarni haqorat qilayotgani yozilgan audio tarqalgani sabab bo‘ldi.

Audioda o‘zini “GAI zamnachalnigi Usmon” deb tanishtirayotgan shaxs, “Yangiyo‘lliklar” Telegram kanalida haydovchilarning bir-birini YHXH inspektorlari qaerda turganligini ogohlantirgani uchun uyatli so‘zlar bilan so‘kadi.

Usmon Zamonov Ozodlik savollariga javob berarkan, Telegram kanalida tarqatilgan ovoz uniki emasligini iddao qildi.

Таксичиларни "сўккан замначальник” аудиодаги овоз уники эмаслигини иддао қилди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:56 0:00

Yangiyo‘l tuman Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari Usmon Zamonovning ovozi deb iddao qilinayotgan audioyozuv Telegramda tarqalgach, ijtimoiy tarmoqlarda shov-shuvga sabab bo‘ldi.

Qariyb 40 sekund davom etgan audioda, o‘zini “GAI zamnachalnigi Usmon” deb tanishtirgan shaxs yangiyo‘llik haydovchilarning “qaerda GAI turganligi” haqida bir-birlarini ogohlantirayotgani uchun haqorat qiladi:

“Ey Yangiyo‘l gruppadagilar! Mani eshit hammang ey, taksilar. X…yet qilmasdan k…tingni qisib yur hammang. Tushundingmi? Bo‘lar-bo‘lmas gapni gapirovurmagin u edi, bu edi, bo‘tta GAI turibdi, bo‘tta GAI turibdi. GAI og‘zingga s…vottimi, k…tingga s…vottimi, san gan…nlarni. Pid…s. Sen erkak bo‘lsang na x…y, mana betga kelsang man Usmonman zamnachalnik GAI shu Yangiyo‘l tumani. Mani qo‘limga tushsanglar k…tingga s…man, san isqirtlarni. Man sanlarga gapirvomman. Qo‘limga tushmagin k…tingga s…man, san haromilar. GAI onangni s...dimi, j...blar? Basharangga q...im, sanlarni”.

Ismi sir qolishini so‘ragan yangiyo‘llik haydovchilardan birining aytishicha, Telegram kanalida kirakashlar bir-birini GAIlar turgan joylarni ogohlantirgani va buning oqibatida haydovchilarni jazolash kamaygani “zamnachalnik”ni g‘azabga keltirgan:

“Telegram kanalida “Yangiyo‘lliklar” degan gruppa ochilgan. Taksistlar gruppa adminiga xabar jo‘natadi. Masalan, Yangiyo‘lning shu joyida reyd bo‘lyapti yoki falon joyda yashirin radar qo‘yilgan deb. Admin bu xabarni gruppaga qo‘yadi. Keyin haydovchilar o‘sha joydan ehtiyot bo‘lib o‘tadi yoki bormaydi. Ana shuni ko‘rib, zamnachalnik tutab, haydovchilarni so‘kyapti”.

Yangiyo‘l tuman Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari Usmon Zamonov Ozodlik bilan suhbatda, Telegramda uning nomidan tarqatilgan ovoz egasi u emasligini iddao qildi:

- Shu masala bo‘yicha hozir Ichki ishlar vazirligidaman. Men to‘g‘rimda yolg‘on ko‘rsatma berilgan. U mening ovozim emas. Gumondorimiz bor, hozir o‘shani olib keltiryapman. Vazirlikning ichki xizmat inspeksiyasi hozir bu masala bilan shug‘ullanyapti. Men so‘kmaganman.

Usmon Zamonovning aytishicha, bu masala bo‘yicha vazirlikning ichki xizmat inspeksiyasi shug‘ullanib, o‘z xulosasini aytadi.

Ismi sir qolishini so‘ragan yangiyo‘llik haydovchilardan biri, 20 nafar taksi haydovchilari 23 oktabr kuni ularni onasidan haqorat qilgan tuman YHXB boshlig‘i o‘rinbosari Usmon Zamonovga qonuniy chora ko‘rish uchun tuman prokuraturasiga shkioyat arizasi yozgan.

Yangiyo‘llik haydovchilarning prokuraturaga arizasi
Yangiyo‘llik haydovchilarning prokuraturaga arizasi
Yangiyo‘llik haydovchilarning prokuraturaga arizasi
Yangiyo‘llik haydovchilarning prokuraturaga arizasi

XS
SM
MD
LG