Линклар

Шошилинч хабар
20 ноябр 2024, Тошкент вақти: 08:35

Paxta-2019. "Harbiy xizmatni paxta dalasida o‘tayapmiz"


Shovotdagi harbiy qism askarlari paxta termoqda
Shovotdagi harbiy qism askarlari paxta termoqda

"Men Xorazm viloyatidan murojaat qilayapman. O‘zim ham xorazmlikman. Men 15 oktabr kuni bir oylik harbiy xizmatga keldim. Bizni harbiy xizmatga aldab chaqirishdi. “Paxta termaysizlar, haqiqiy harbiy mashqlarni o‘rganasizlar” deyishdi. 4 million 256 ming so‘m pul to‘ladim.

Bizni Shovot tumanidagi harbiy qismga olib kelishdi. Kelishimiz bilan bir qog‘ozga qo‘l qo‘ydirishdi: “Har kuni 100 kilo paxta teraman” yozib, qo‘l qo‘yib berdik.

Ertalab soat 4:45 da pod’em, soat 5:10 da nonushta. Keyin soat 7 gacha razvod bo‘ladi. Razvodda faqat paxta masalasi muhokama qilinadi. Paxtani kam terganlarni urishadi. “Ko‘proq teringlar. Kim paxta termasa, voenniy biletini bermaymiz, ko‘tlaringga tepib, haydaymiz” deb qo‘rqitadi.

Ikki kun avval majlis qilishib, “Mabodo jurnalistlar kelib qolsa, umuman gaplashmanglar. Jurnalistlar kelishini oldindan bilib, qolsak, o‘zimiz sizlarni daladan chaqirtirib olamiz” dedi. Kim jurnalist bilan gaplashsa, voenniy bileti berilmasligini aytishdi.

Razvoddan keyin dalaga ketamiz. Dalada paxta deyarli yo‘q. Normani bajarish uchun pul beramiz. 1 kilo paxta uchun 1500 so‘m beramiz.

Normani bajarmaganlarni jazolashadi. Dalada paxta egatlarini oralatib, yugurtirishadi. Otjimaniya qildirishadi.

Obed payti dalaning o‘zida ovqatlanamiz. Ovqatni dala boshiga olib kelishadi. Duch kelgan joyda o‘tirib, ovqatlanamiz. Sanitariya- gigienaga umuman amal qilinmaydi. Hammayoq chang, biz tuproqda o‘tirib, ovqat yeymiz. Ovqatga ham makarondan boshqa narsa bermaydi. Ichida bir bo‘lak go‘shti bo‘ladi xolos. Yaqinda makarondan qurt ham chiqdi.

Kechqurun soat 7gacha paxta teramiz. Kechqurun yana naryad qilishadi. Har-xil yomon gaplarni aytib, haqorat qilishadi. Zulm qilishadi. Azob-uqubatlarga qolayapmiz.

Kelganimizdan beri, eshitmagan haqoratimiz qolmadi. Iltimos bizga yordam beradigan odam bormi, o‘zi? Juda qiynalib ketdik.

Biz harbiy hizmatga keldik-ku! Avvalo yurtimiz tinch bo‘lsin, lekin erta-indin urush bo‘lib qolsa, nima bo‘ladi? Biz avtomat ishlatish tugul, uni ushlashni ham bilmaymiz. Oilamizni, yurtimizni qanday himoya qilamiz? Paxta terib, paxta otamizmi, dushmanga qarshi? Umuman harbiy mashqlar o‘tilmadi. O‘zi prezidentimiz Shavkat Miromonovich biladilarmi, harbiy qismlarda vatan himoyachilari qanday tayyorlanayotganini?"

(Bu xabar "Paxtagram"ga 24 oktabr kuni kelgan.)

Shovotdagi harbiy qism askarlari tushlik paytida ovqatga navbatga turishibdi.
Shovotdagi harbiy qism askarlari tushlik paytida ovqatga navbatga turishibdi.

**********************************************************

Iltimos, "PaxtaGram" loyihasiga yuborayotgan xabaringizga, imkoni bo‘lsa, foto, video yoki boshqa hujjatlarni ilova qiling!​

"PaxtaGram" loyihasida Sizdan kelayotgan xabarlar, foto va videolar o‘rin oladi. Telegram, WhatsApp tarmog‘idagi raqamlarimiz: +420 724 971 539; +420 724 740 755. Elektron pochtamiz: ozodlikmail@gmail.com 60 yildan ziyod vaqt mobaynida xolis jurnalistika andazalari asosida faoliyat yuritayotgan Ozodlik radiosi, agar istasangiz, shaxsingiz sir qolishini kafolatlaydi. ******************************************************************************

Muhim eslatma: "PaxtaGram" loyihasida beriladigan ma’lumotlar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!

XS
SM
MD
LG