Линклар

Шошилинч хабар
26 ноябр 2024, Тошкент вақти: 20:27

Xatirchida bir qishloqda 4 o‘quvchi gepatitga chalingan, ota-onalar iddaosicha, maktablar dezinfeksiya qilinmagan


26 oktabr kuni Qo‘qon shahridagi 21-umumiy o‘rta ta’lim maktabida kamida 5 o‘quvchida sariq kasalligi aniqlangach ta’lim maskani dezinfeksiya uchun berkitilgandi.
26 oktabr kuni Qo‘qon shahridagi 21-umumiy o‘rta ta’lim maktabida kamida 5 o‘quvchida sariq kasalligi aniqlangach ta’lim maskani dezinfeksiya uchun berkitilgandi.

Navoiy viloyatining Xatirchi tumani Langar qishlog‘i hududidagi 37, 58-umumta’lim maktablarida kamida to‘rtta o‘quvchi gepatit “a” kasalligiga chalingan.

Farzandlari Xatirchidagi shu maktablarda o‘qiydigan ota-onalarning Ozodlikka yo‘llagan bu xabarini 37- maktab o‘qituvchilaridan biri ham tasdiqladi.

Bundan oldin Qo‘qon shahridagi 21-umumiy o‘rta ta’lim maktabida kamida 5 o‘quvchi gepatit “a” kasalligiga chalingani haqida Ozodlik xabar bergan edi.

Xatirchi tumanidagi holat yuzasidan Ozodlik tuman Sog‘liqni saqlash bo‘limidan izoh ololmadi.

Farzandlari Xatirchidagi 37- umumta’lim maktabida o‘qiydigan ota-onalar Ozodlikka yo‘llagan xatida kasallikni boshqa o‘quvchilar ham yuqtirishidan xavotirda ekanliklarini aytishgan.

"Bizni 37-son va 58-son maktabning boshlang‘ich sinf o‘quvchilari orasida yuqumli sariq kasalligi tarqaldi. Maktabimizda kamida to‘rtta bolada, tanishlarimizni bolasida gepatit "a" aniqlanganini bilamiz. Maktab ma’muriyati chora ko‘rmayapti, tuman sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlari ham maktabni dezinfeksiya qilmagan. Har ikki maktabda o‘qish davom etmoqda", - deyiladi 1 noyabr kuni Ozodlikka jo‘natilgan maktubda.

Ota-onalar Ozodlikka yo‘llagan bu ma’lumotni 37-umumta’lim maktabi o‘qituvchilaridan biri tasdiqladi.

Ismi ochiqlanmasligini istagan muallimga ko‘ra, 4ta emas 3ta bolada sariq kasalligi aniqlangan.

- To‘rtta emas uchta bola sariq kasalligi belgilari bilan tuman yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan, - dedi Ozodlikka gapirish vakolati yo‘qligi sabab ismi ochiqlanmasligini istagan o‘qituvchi.

Ozodlik xatirchilik ota-onalar xavotiri yuzasidan tuman tibbiyot birlashmasiga bog‘landi.

O‘zini navbatchi deb tanishtirgan mulozim "bugun dam olish, meni bu haqda gapirishga vakolatim yo‘q", - deb javob qildi.

Xatirchidagi 58-umumta’lim maktabgi rahbariyati bilan bog‘lanib bo‘lmadi.

Xalq orasida “sariq kasalligi” nomi bilan ataladigan virusli gepatit “A” kasalligi jigarning jarohatlanishi bilan kechadigan yuqumli kasallikdir.

Kasallik asosan kasallikka chalingan bemorlardan va iflos qo‘l bilan ovqatlanishdan, meva-sabzavotlarni yuvmasdan iste’mol qilinganda, suv qaynatmay ichilganda, iste’molga tayyor oziq-ovqat mahsulotlarga pashshalarning o‘tirishi oqibatida yuqishi mumkin.

Kasallikning belgilari tana harorati ko‘tarilishi, holsizlik, qorinda og‘riq, ishtahasizlik, ko‘ngil aynishi, qusish, peshob rangining o‘zgarishi, o‘ng qovurg‘a ostida og‘riq bo‘lishi va teri rangining sariq tusga kirishida ifodalanadi.

26 oktabr kuni Qo‘qon shahridagi 21-umumiy o‘rta ta’lim maktabida kamida 5 o‘quvchida sariq kasalligi aniqlangach ta’lim maskani dezinfeksiya uchun berkitilgandi.

Maktab direktori Durdona Qosimova oktabr oyi davomida u boshqarayotgan maktabning 4-5-6 sinflarida jami besh nafar o‘quvchi sariq kasaliga va yana bir o‘quvchi diareyaga chalingani haqda Ozodlikka ma’lum qilgan.

XS
SM
MD
LG