Линклар

Шошилинч хабар
26 ноябр 2024, Тошкент вақти: 20:29

Mirziyoyev selektoriga kirgan faollar milliy gvardiyachilar tarafidan ushlanganliklarini iddao qildi


Selektor majlisi ekranida faollar ko‘ringach, Chirchiq shahri hokimligi selektordan uzib qo‘yilgan, milliy gvardiya xodimlari kuch bilan huquq faollarini zaldan olib chiqib ketgan.
Selektor majlisi ekranida faollar ko‘ringach, Chirchiq shahri hokimligi selektordan uzib qo‘yilgan, milliy gvardiya xodimlari kuch bilan huquq faollarini zaldan olib chiqib ketgan.

5 noyabr kuni Chirchiq shahrida Milliy Gvardiya xodimlari shahar hokimligi binosiga borib, prezident Shavkat Mirziyoyev raislik qilayotgan selektorga kirishga muvaffaq bo‘lgan ikki nafar o‘zbekistonlik inson huquqlari faollari - Yelena Urlayeva va So‘lmas Ahmedovani tutib ketdi.

O‘zbekiston inson huquqlari himoyachilari alyansi rahbari Yelena Urlayevaning Ozodlikka ma’lum qilishicha, u va tashkilotning yana bir faol So‘lmas Ahmedova prezident Shavkat Mirziyoyev o‘tkazgan selektor majlisiga kirishga muvaffaq bo‘lganlar.

Ammo majlis paytida onlayn ekranda faollar ko‘ringach, Chirchiq shahri hokimligi selektordan uzib qo‘yilgan va tez orada Milliy Gvardiya xodimlari huquq faollarini kuch bilan zaldan olib chiqqan.

- Menga O‘zbekiston Mehnat vazirligi va Xalqaro mehnat tashkiloti 2019 yilgi paxta kampaniyasi milliy ekspreti bo‘lganim uchun hujjat bergandi. O‘sha hujjatni eshik oldida turgan nazoratchiga ko‘rsatib, selektorga kirdik. Mirziyoyev paxta terimi, klaster haqida nutq so‘zlayotgan paytda zaldagi ekranda ko‘rinib qoldik. So‘ng, Chirchiqni selektordan uzib qo‘yishdi. Milliy Gvardiya xodimlari kelib, bizni kuch bilan olib chiqib ketishdi, deydi Urlayeva.

U va So‘lmas Ahmedovalarni Chirchiq shahar Ichki ishlar bo‘limiga olib borishgach, ichki ishlar xodimlari huquqbonlar mobil telefonlaridagi suratlar va audio yozuvlarni o‘chirib tashlaganlar.

Huquqbonlar ayni kuni kechki 20.00ga qadar ushlab turilgan va so‘ngra qo‘yib yuborilgan.

- Mirziyoyev boshqargan selektor majlisida bizni ko‘rib hammasini kapalagi uchib ketgandi-da. Kuch bilan bizni militsiya bo‘limiga olib borib, telefonlarimizdagi zapislar va suratlarni o‘chirib tashlashdi. "Majlisga qanday kirib qoldilaring?" deb, savolga tutishdi. Kechki payt soat 8lardagina qo‘yib yuborishdi, - deydi Yelena Urlayeva.

Chirchik shahar hokimligi majlislar zali. 5 noyabr kuni olingan surat.
Chirchik shahar hokimligi majlislar zali. 5 noyabr kuni olingan surat.

Ayni voqeani So‘lmaz Ahmedova ham tasdiqladi.

- Biz ekranda ko‘ringanimizdan so‘ng olib chiqib ketinglar deb u tarafdan komanda bo‘lgan aftidan. Selektorni uzib qo‘yishganidan so‘ng qizil kepkada natsgvardiya keldi. Opa chiqar ekansizlar demadi, shundoq qo‘limni qayirib sudrab olib chiqib ketishdi. So‘rasangizlar o‘zim chiqib ketaman, qo‘yib yuboring qo‘limni dedim. Menga qari bir insonga shunaqa munosabatmi, dedim ularga, - deydi Ahmedova.

Yelena Urlayeva selektor majlisida prezident Shavkat Mirziyoyevning davlat kuch ishlatar idoralariga paxta terimini nazoratga olishga buyruq berayotgani guvohi bo‘lganini aytadi.

- Paxta terimiga majburlaganlarni jazolaymiz deb aytib kelgan prezident kechagi majlisda to‘rttalikka, ya’ni - prokuratra, IIB, soliq va hokimiyatga paxta terimini nazoratga olishni buyuryapti, - deydi Urlayeva.

Ikki huquq faolining bu iddalarini boshqa manbalardan tasdiqlatish imkoni bo‘lmadi.

Ozodlikda O‘zbekiston prezidenti Mirziyoyevning 5 noyabr kungi selektordagi nutqi matni mavjud emas.

Chirqich shahar hokimligi va tuman Ichki ishlar bo‘limi rasmiylari huquq faollarining nega selektor majlisidan olib chiqib ketilganini Ozodlikka izohlashni istamadi.

O‘zbekiston inson huquqlari himoyachilari alyansi rahbari Yelena Urlayeva paxta terimida majburiy mehnat xolatlarini o‘rganish uchun mamlakat paxta dalalarida monitoring o‘tkazib keladi.

Urlayeva bundan oldin ham monitoring payti bir necha marta militsiya bo‘limiga olib ketilgan va qo‘yib yuborilgani haqda Ozodlik xabar bergan.

Xalqaro mehnat tashkiloti O‘zbekistonni majburiy mehnatdan voz kechishga chaqirib keladi.

O‘zbekiston hukumati paxta terimida majburiy mehnatga yo‘l qo‘yilmasligi, bunga yo‘l qo‘yganlar jazolanishi, paxtani esa ko‘ngillilardan tashkil topgan otryadlar terib olishini aytib keladi.

XS
SM
MD
LG