Линклар

Шошилинч хабар
26 ноябр 2024, Тошкент вақти: 18:28

"Abu Saxiy"da yuzlab xususiy do‘kon buzilishga tushdi, do‘kondorlar norozi


2017 yilda egasi va nomi o‘zgargan "Abu Saxiy" bozoriga O‘zbekistonning sobiq prezidenti Islom Karimovning ikkinchi qizi Lola Karimovaning turmush o‘rtog‘i Timur Tillayev egalik qilgan.
2017 yilda egasi va nomi o‘zgargan "Abu Saxiy" bozoriga O‘zbekistonning sobiq prezidenti Islom Karimovning ikkinchi qizi Lola Karimovaning turmush o‘rtog‘i Timur Tillayev egalik qilgan.

Toshkentning o‘tmishda "Abu Saxiy" nomi bilan tanilgan, hozirda “Toshkent savdo markazi” deb ataluvchi ulgurji bozorida 100dan ortiq sotuvchi 16 noyabr kuni do‘konlari buzilishiga norozilik bildirib, bozor ma’muriyati oldida yig‘ilishdi.

Do‘kon egalarining Ozodlikka aytishicha, ular do‘konlarini 1 dekargacha bo‘shatib qo‘yishlari haqida bozor rahbariyatidan 15 noyabr kuni ogohlantiruv xati olganlar.

Ogohlantiruv xatidan ayon bo‘lishicha, “Toshkent savdo markazi”ning xalq og‘zaki tilida "uyg‘ur bozor"i deb ataluvchi qismidagi do‘konlar buzilishga tushgan.

Ammo, do‘koni buzilganlarga qanday tovon berilishi haqida xatda aytilmagan.

Do‘kon egalarining Ozodlikka aytishicha, gap “Toshkent savdo markazi”ning "uyg‘ur bozor"i qismidagi gazlama va pardalar bilan savdo qiluvchi yetti yuzdan ortiq konteyner do‘konlari haqida bormoqda.

Ismi ochiqlanmasligini istagan do‘kondorlardan biri 16 noyabr kuni Ozodlik bilan suhbatda ularga 15 kun ichida do‘konlari buzilishi haqida aytilgani, lekin o‘rniga yangi do‘konlar qanday shartlar asosida berilishi haqida aniq ma’lumot berilmaganini aytdi.

Meni har biri 16 kvadrat mertli uchta do‘konim bor. Davlat kadastridan ro‘yxatdan o‘tgan meni mulkim haqida gap ketyapti. Hozir endi yong‘in xavfsizligi qoidalariga to‘g‘ri kelmaydi, deb 1 dekabrgacha bo‘shatasizlar, buziladi deyishyapti.

- Meni har biri 16 kvadrat mertli uchta do‘konim bor. Davlat kadastridan ro‘yxatdan o‘tgan meni mulkim haqida gap ketyapti. Hozir endi yong‘in xavfsizligi qoidalariga to‘g‘ri kelmaydi, deb 1 dekabrgacha bo‘shatasizlar, buziladi deyishyapti. 2012 yilda shu do‘konlarni biz sotib olganmiz. Do‘konlarni hozirgi bozor narxi 100 ming AQSh dollaridan kam emas. Buzilgani taqdirda bizga qanday tovon berilishi haqida hech narsa aytishmayapti, - deydi toshkentlik do‘kon egasi.

“Toshkent savdo markazi” rahbariyati 16 yanvar kuni norozilik bildirib, bozor ma’muriyati oldida yig‘ilganlardan ayrimlarini qabul qilgan.

Yuzlab savdogar Toshkent savdo markazi idorasi oldida to‘plandi.
Yuzlab savdogar Toshkent savdo markazi idorasi oldida to‘plandi.
Do‘konlari buzilishga tushgan tadbirkorlar 16 noyabr kuni bozor rahbariyati oldida to‘plandi.
Do‘konlari buzilishga tushgan tadbirkorlar 16 noyabr kuni bozor rahbariyati oldida to‘plandi.

Bozor rahbariyati qabulida bo‘lgan savdogarlardan biri Ozodlikka bu haqda shularni aytdi:

- Nimaga 1 dekabrdan bo‘shatishimiz kerak, shuncha tovarni qaerga olib chiqamiz, deb norozilik bildirib bordik. Xo‘jayin kelsin dedik. Keyin Chilonzor tumani hokimi muovini va o‘zini bozor xo‘jayini deb tanishtirgan Alisher ismli odam keldi. U do‘konlar talabga javob bermaydi, katta kabellar o‘tgan, xavfli, yong‘in ro‘y berishi mumkin holatlar ko‘p bo‘lgan, shuning uchun snos qilamiz bu yerni dedi. Bu yer bizni shaxsiy mulkimizku, qo‘limizda kadastr hujjatlari borku, desak, bizga buyruq berilgan, bo‘shatasizlar dedi. Agar do‘konlar buzilsa o‘rniga nima beriladi? Bu haqda hech kim hech narsa aytmayapti", - deydi do‘kon egasi.

Ozodlik tadbirkorlarning do‘konlari buzilishi haqida ogohlantiruv xati olganliklari yuzasidan “Toshkent savdo markazi” rahbariyatidan izoh ololmadi.

Buzilayotgan bozorlardagi tadbirkorlarga do‘konlari uchun kompensatsiya puli to‘lanmayotgani va ularga yangi ish o‘rinlari yaratilmayotgani borasida Ozodlik ilgari ham xabar bergan edi.

2017 yilda egasi va nomi o‘zgargan "Abu Saxiy" bozoriga O‘zbekistoning sobiq prezidenti Islom Karimovning ikkinchi qizi Lola Karimovaning turmush o‘rtog‘i Timur Tillayev egalik qilgan.

O‘zbekistonning joriy prezidenti Shavkat Mirziyoyev "Abu Sahiy" bozorida davlatga bir oyda 14 barobar kam tushum tushgani, bozor egasi o‘zgarganidan so‘ng davlatga tushumlar keskin ortib ketgani haqida bayonot bergandi.

XS
SM
MD
LG