Линклар

Шошилинч хабар
26 ноябр 2024, Тошкент вақти: 18:39

Toshkent hokimining ovozi ekani ishonilayotgan audioda uning egasi jurnalistlarni yo‘q qilish, geyga chiqarish bilan tahdid qildi 


Toshkent shahar hokimining Islom Karimov ko‘chasidagi yangi ofisi.
Toshkent shahar hokimining Islom Karimov ko‘chasidagi yangi ofisi.

Ijtimoiy tarmoqlarda va mahalliy nashrlarda Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning ovozi deb aytilayotgan audioyozuv 16 noyabr kuni tarqaldi.

Unda ovoz egasi jurnalistlarni yo‘q qilish, geyga chiqarish bilan tahdid qiladi.

Ushbu ovozli yozuv qachon va qaerda yozib olingani Ozodlikka ma’lum emas.

Ammo ovoz egasi gaplaridan u jurnalistlar bilan muloqot qilayotganini anglash mumkin.​

Onani bolasimi bular yo itni bolasimi?! Prinsip yo‘q, iflos, bedolaga!


"Bir hafta oldin mani zavodimda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni po‘qdan olib po‘qqa soladi. Monopol, «Artel» dabdala, deb! Bir haftadan keyin o‘n ming dollar bersang, o‘sha mahsulotni maqtab chiqadi-da, reklama asosida deydi! Oni kto voobshche? (O‘zi ular kim?) Oni tvari poslednie! (Ular uchiga chiqqan mahluqlar!) Onani bolasimi bular yo itni bolasimi?! Prinsip yo‘q, iflos, bedolaga! (qashshoq)", deydi ovoz egasi

Jahongir Ortiqxo‘jayening ovozi deb iddao qilinayotgan audioyozuvda ovoz egasi ko‘cha tilida jurnalistlarni geyga chiqarish va sazoyi qilish bilan tahdid qiladi:

Tak mogu sdelat vashi roditeli izdevalis


"Petuxlar kevotti mana batta, hammayoqdan kevolib, o‘zichalik hammani isnodga qo‘yadi. Ya mogu tak sdelat, chto vas v maxalla ne prinimayut (Men shunday qilishim mumkinki, sizni mahalla qabul qilmaydi) Eto ya smogu (Bu qo‘limdan keladi). Tak mogu sdelat vashi roditeli izdevalis (shunday qilishim mumkinki, ota-onang sharmanda bo‘ladi) Ya tak mogu sdelat daje sosedi (shunday qilishim mumkinki, hattoki qo‘shnilaring) ko‘rishganingda uyalib qolishi mumkin. Ya mogu eto sdelat. Chto, mne trudno chtoli ob’yavit vas geem? (Men buni qilishim mumkin. Nima, menga sizlarni gey deb e’lon qilish qiyinmi?)

Eto legko, legko! (Bu juda oson, oson!)

Legko! (Oson)

Svoboda slova! (So‘z erkinligi!)"

Men olti sekundda sizlarni ichida gey o‘tirgan taksiga o‘tqazaman va tamom!


Ya za shest sekund vas posaju v odno taksi s geem, i vsyo! (Men olti sekundda sizlarni ichida gey o‘tirgan taksiga o‘tqazaman va tamom!) Fotografiruyut i vas ob’yavlyayut geem (Sizni fotosuratga olishadi va gey deb e’lon qilishadi).

Yoqadimi rahbarimizga, yoqmaydimi meni o‘zimning ham xarakterim bor. Ya mogu eto delatь. Shest sekund mogu sdelat. Organizovat mogu. Ili somnevaeshsya? Tushuntiroldimmi?", - deydi ovoz egasi.

Audioning ohirida ovoz egasi og‘zidan jurnalistlarni jismonan yo‘q qilish bilan tahdid qiladi:

"Ya mogu eto delat (Men buni qila olaman). Shest sekund mogu sdelat! (Olti sekundda qila olaman). Organizovat mogu (Tashkillashtira olaman). Ili somnevaeshsya? (Yo shubha qilyapsanmi?) Tushuntira oldimmi?!

O‘-o‘-o‘, san tirikmisan, hech kim xabar olmaydi, aytib qo‘yay, sanga!


"Ikki-uch kun bittang besabab uydan chiqib ketlaring, yo‘qolib qollaring… Uch kun! Besabab bittang uydan chiqib ketlaring! Vi xotite etogo? (Sizlar buni istaysizlarmi?) Uch kun yo‘q bo‘lib qolsa, hamma jim-jit! O‘-o‘-o‘, san tirikmisan, hech kim xabar olmaydi, aytib qo‘yay, sanga! U yer - bu yerda yozishadi, bir haftadan keyin unutishadi. Bo‘ldi! Qaerdadir cho‘kib o‘lgandir-da, cho‘milovotganda ko‘p suv ichadideyishadi. I vsyo (Tamom!). Hayot shunaqa!

Shuning uchun, luchshe s nami rabotayte (yaxshisi biz bilan ishlanglar). Esli u vas budut kakie-to problemi, pomogite nam, chtobi mi reshili etu problemu (Agar sizlarda qandaydir muammo tug‘ilsa, bizga bu muammoni yechishda yordam beringlar)"- deydi ovoz egasi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ushbu ovoz egasi Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev ekani aytilmoqda.

Hozircha Ortiqxo‘jayev ham, u rahbarlik qilayotgan Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati ham tarmoqda tarqalgan audioga munosabat bildirmadi.

O‘zbekistonlik jurnalistlar esa Ortiqxo‘jayevning bunday qo‘pol va haqoratli munosabati birinchi marta bo‘lmayotganini aytishadi.

Ayni paytda ijtimoiy tarmoqlarda Jahongir Ortiqxo‘jayev birgina uzr bilan qutulishi mumkin, lekin bu shunchaki unutilib ketadigan voqea emas, degan fikrlar aytilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning iste’fosini talab qilish boshlandi.

Sizda ushbu audio qachon va qaerda yozib olingani haqida ma’lumot bo‘lsa Ozodlikka bildiring.

XS
SM
MD
LG