Линклар

Шошилинч хабар
27 ноябр 2024, Тошкент вақти: 21:37

“Uchtepa tuman prokuraturasi faoliyatimni 9 marta noqonuniy tekshirdi”


Toshkent shahrining Uchtepa tumanidagi 26 mavzesidagi “Amir kommunalchi” va “Nilufar servis” shirkatlarining ijrochi direktori Jahongir Abdullayevning OzodMikrofon ga arz qilishicha, tuman prokuraturasi uning shirkatlari faoliyatini qonunga xilof ravishda so‘nggi ikki yilda to‘qqizinchi marta tekshiryapti

“Учтепа туман прокуратураси фаолиятимни сўнгги икки йилда 9 марта ноқонуний текширди”
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:08:48 0:00
Бевосита линк


“Bir vaqtning o‘zida 14ta uyga xizmat ko‘rsatamiz. 2018 yilda ikkala shirkatga 750 million so‘mdan imtiyozli kredit ajratildi. Bu pulni joy-joyiga sarfladik. Shundan keyin muammolarim boshlandi. Kimdir mulkdor bo‘lmagan shaxslar nomidan imzo yig‘ib, prokuraturaga shikoyat yozgan ekan. Keyin tekshirish bo‘ldi, hech g‘ayriqonuniy narsa chiqmadi. Menga nisbatan hujjatni qalbakilashtirish degan jinoyat ishi ham qo‘zg‘ashdi. Prokuratura jinoyat ishini ichki ishlarga bergan ekan. Bir halol tergovchi o‘rganib, bu yerda jinoyat yo‘q, deb ishni to‘xtatdi”

Shundan so‘ng Jahongir Abdullayev unga nisbatan bo‘hton uyushtirgan shaxslarni topib jazolashni so‘rab prokuraturaga ariza yozganini aytadi:

“Lekin prokuratura yana shu odamlarga ariza uyushtirib, meni faoliyatimni qayta-qayta tekshiryapti. Mana, to‘qqizinchi tekshiruv ketyapti hozir. Tekshirish tayinlagan tashabbuskor, prokuror yordamchisini ustidan ham shikoyat qilgan edim. Shahar prokuraturasi unga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkazdi. Men, mayli, yosh yigit ekan deb, kechirib yuborgan edim. Lekin u yigit meni kechirmagan ekan. Menda u prokuror yordamchisining baribir meni ustimdan mag‘zava to‘kib, sharmanda qilib yuborishi tahdid qilingan audioyozuvi bor. O‘zi tekshirtirib, hozir yana qaytadan tekshirtiryapti. Bu tekshirishlar noqonuniy o‘tkazilgan. Hukumat qarori bilan ortiqcha tekshirishlar taqiqlanganiga qaramasdan, eniga ham, bo‘yiga ham qonunni buzib, nimani xohlasa shuni qilyapti”.

XS
SM
MD
LG