Линклар

Шошилинч хабар
19 ноябр 2024, Тошкент вақти: 23:19

Gruziya politsiyasi saylov tizimi islohotini talab qilayotganlarni yana suv otib tarqatdi


Gruziya politsiyasi parlament yonidagi norozilik namoyishchilarini tarqatish uchun suv to‘plarini ishga soldi 2019, 26 noyabr tongi.
Gruziya politsiyasi parlament yonidagi norozilik namoyishchilarini tarqatish uchun suv to‘plarini ishga soldi 2019, 26 noyabr tongi.

Bir necha ming kishi saylov tizimini isloh qilishni talab etib chiqqanidan so‘ng oradan bir necha soat o‘tib, Gruziya politsiyasi tong oldidan tarqalish uchun 30 daqiqalik ultimatum – qat’iy talabini e’lon qildi. Shu vaqt o‘tib bo‘lgach, parlament yonidagi norozilik namoyishchilarini tarqatish uchun suv to‘plarini ishga soldi va bir necha faolni hibsga oldi.

Gruziya Ichki ishlar vazirligi 26 noyabr ertalab bergan bayonotida aytilishicha, 28 namoyishchi “politsiyaga bo‘ysunmagani va bezoriligi” uchun hibsga olingan. Oldinroq berilgan xabarlarda hibsga olinganlar orasida muxolifatdagi “Birlashgan milliy harakat”ning ikki a’zosi Ako Minashvili va Gia Tevdoradze ham bo‘lgani aytilgan edi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi 4 kishi yaralanganini va uch nafari kasalxonaga yotqizilganini xabar qildi. Mahalliy axborot vositalari bildirishicha, “Mtavari Alxi TV” kanali jurnalisti Vasil Dabrundashvili ham yaralangan. Uning hali ham shifoxonada ekani yoki yo‘qligi aniq emas.

Politsiya ayni paytda parlamentga kirish joylarini nazorat qilib turibdi, o‘nlab namoyshchilar ham o‘sha yerdan ketmayapti. Ular maqsadi deputatlarni binoga kiritmaslik ekanini aytmoqda.

Muxolifatdagi “Yangi Gruziya” partiyasi rahbari Giorgi Vashadze 26 noyabrda tedevideniega bergan intervyusida hokimiyatdagi “Gruziya orzusi” partiyasi “parlament majlisini faqat politsiyadan foydalangan holda o‘tkaza olishi”ni ta’kidlagan edi.

‒ Agar politsiya kordoni imkoniyat bersa, biz parlamentga kiramiz, ‒ dedi Vashadze.

Norozilik namoyishchilari bir kun oldin “Gruziya orzusi” partiyasi kelasi yildan boshlab aralash saylov tizimini proporsional tizimga o‘zgartirishdan bosh tortgandan so‘ng parlament oldiga yig‘ilgan edi.

20 dan ortiq muxolifat guruhi tarafdorlari Tbilisidagi Respublika maydonidan parlament tomon yurish boshlab, shahardagi eng serqatnov Rustaveli shohko‘chasida ulovlar harakatini to‘sib qo‘ydi.

Norozilik namoyishchilari hukumatni iste’foga chiqishga va saylovni ertaroq o‘tkazishga da’vat etib, deputatlarni parlamentga kiritmaslikka va’da berdi. 26 noyabrda uning binosida yalpi majlis o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

25 noyabrda hokimiyatdagi partiya bosh kotibi, Tbilisi shahri meri Kaxa Kaladze partiya majlisidan so‘ng “masala yopildi va saylov tizimida o‘zgarish bo‘lmaydi”, degan edi.

Muxolifatga ko‘ra, mavjud holat 2012 yildan beri hokimiyatni egallab kelayotgan “Gruziya orzusi” partiyasi foydasiga ishlamoqda.

Parlament 14 noyabrda proporsional saylov tizimiga o‘tishga oid konstitutsional o‘zgarishni rad etgandan so‘ng, bu qariyb ikki haftadan beri qizg‘in mavzu bo‘lib qolmoqda

Minglab namoyishchilar Tbilisida iyun va iyulda bir necha hafta, yaqinda yana o‘tkazgan mitinglarida saylov tizimini isloh etishni talab qilib chiqqan edi.

18 noyabrda o‘tkazilgan norozilik namoyishi zo‘ravonlik bilan tarqatib yuborilgan, 37 namoyishchi qo‘lga olingan edi.

Mavjud tizimga ko‘ra, parlamentdagi deputatlarning qariyb yarmi proporsional ovoz berish yo‘li bilan saylanadi. Muxolifat bu tizim “Gruziya orzusi” partiyasiga adolatsiz yon bosadi, deb hisoblamoqda.

Yangi norozilik namoyishining zo‘ravonlikka aylanib ketish ehtimoli G‘arb diplomatlarida tashvish uyg‘otmoqda.

17 noyabrda Tbilisida 20 000 kishi namoyishga chiqqach, Qo‘shma Shtatlar va Yevropa Ittifoqi Gruziya hukumati, siyosiy partiyalari va fuqarolik jamiyatini navbatdan tashqari saylov bo‘yicha “tinch va o‘zaro hurmatga asoslangan muloqot” qilishga chaqirgan edi.

YIning Gruziyadagi delegatsiyasi va AQSh elchixonasi 17 noyabrdagi qo‘shma bayonotida “parlament konstitutsion tuzatishlarni qabul qila olmayotgani sababli Gruziya jamiyati keng qatlamlarining hafsalasi pir bo‘lganini e’tirof etayotgani”ni bildirdi.

Ushbu masala yuzasidan ovoz berilishi Yevropa kengashi Parlament assambleyasining (PASE) ham tanqidiga sabab bo‘lgan edi.

XS
SM
MD
LG