Линклар

Шошилинч хабар
26 ноябр 2024, Тошкент вақти: 11:57

“Birlik” kechagi saylovda qatnashish uchun bir necha ariza berib, rad javobi olgan"'


O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirzo Ulug‘bek Abdusalomovning mahalliy matbuotga bildirishicha, mamlakatda biror partiyaning o‘zini muxolif deb e’lon qilishi uchun hech qanday to‘siqlar yo‘q.

Markaziy saylov komissiyasi raisi “Birlik” va “Erk” kabi muxolif partiyalar nomini ham o‘z so‘zida tilga olib o‘tdi.

Muxolifatdagi “Birlik” partiyasi markaziy kengashi a’zosi¸ xozir Germaniyada istiqomat qilayotgan Anvar Usmonovning Ozodlikka aytishicha¸ Markaziy saylov komissiyasi raisining “to‘siq” yo‘q deyishi mutlaqo yolg‘on gap:

- Biz Adliya vazirligiga saylov oldidan 9 marta ariza bilan murojaat qildik. Arizada saylovlarda qatnashish uchun ro‘yxatdan o‘tish istagi aniq bayon qilindi. Chunki biz joriy prezident Mirziyoyev aytgan gaplardan umidlanib, bu arizalarni berdik. “Birlik” vakillari Adliya vazirligida qabul qilindi. Xushmuomala suhbat bo‘ldi. Ammo natija huddi Karimov davridagi kabi: “Birlik” ro‘yxatga olinmadi. Xolbuki shunday partiya bor. Uning lideri, professor Abdurahim Po‘latov AQShdan turib partiyani boshqarmoqda. O‘zbekistonning har bir viloyatida partiya boshlang‘ich tashkilotlari bor. Ular xalqaro anjumanlarga ham taklif qilinmoqda. Mana bir necha oydin Bryussel shahrida joylashgan Yevroparlamentda ham qabul qilishdi. “Birlik” faollari o‘zlarining O‘zbekiston Adliya vazirligida qayddan o‘tishiga hukumat to‘sqinlik qilganini ochiq-ravshan Yevroparlamentdagi uchrashuvda bildirishdi¸ dedi Anvar Usmonov.

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:15:50 0:00
Бевосита линк


XS
SM
MD
LG