Линклар

Шошилинч хабар
19 ноябр 2024, Тошкент вақти: 17:22

Turkmanistonda mahalliy hokimiyatlarga Saparmurod Niyozovni xotirlash taqiqlandi


Turkmanboshini xotirlash marosimlari har yili 21 dekabrda o‘tkazilar edi.
Turkmanboshini xotirlash marosimlari har yili 21 dekabrda o‘tkazilar edi.

Turkmaniston hukumatining yopiq majlisida mamlakatning birinchi prezidenti Saparmurod Niyozovni xotirlash marosimini faqat Ashxobodda o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

«Xronika Turkmenistana» nashrining 23 dekabrda yozishicha, 19 dekabr kuni o‘tgan hukumat yig‘ilishida prezident ma’muriyati xodimlari, bosh vazir o‘rinbosarlari, parlament raisi va boshqa amaldorlar ishtirok etgan.

Yig‘ilishda mahalliy hokimiyatlarga “Saparmurod Niyozovni xotirlash marosimlarini o‘tkazish tavsiya qilinmasligi” aytilgan.

Bundan buyon Saparmurod Niyozovni xotirlash marosimi Ashxobodda uning haykali poyiga gulchambar qo‘yish bilan cheklanadi.

Viloyatlar, tuman va shaharlarda Saparmurod Niyozovni xotirlash marosimlari an’anaviy tarzda har yili 21 dekabr kuni o‘tkazib kelinar edi.

Joriy yilda 21 dekabr kuni Saparmurod Niyozov faqat Ashxobodda xotirlandi. Turkmaniston davlat nashrlarining bu borada tarqatgan xabarlaridan kelib chiqilsa, xotira tadbirida amaldagi prezident Gurbanguli Berdimuhammedov ishtirok etmagan.

22 dekabr - yakshanba kuni davlat televideniyasining hafta yakunlari tahlil qilingan axborot dasturida ham Saparmurod Niyozov eslangani to‘g‘risida lavha berilmadi.

Gurbanguli Berdimuhammedov 2018 yilda Saparmurod Niyozov monumenti poyiga shaxsan o‘zi gulchambar qo‘ygan. 2017 yilgacha bu tadbir Qipchoq qishlog‘idagi “Turkmanboshi Ruhi” masjidida joylashgan Niyozov maqbarasi oldida o‘tkazilar edi. Shuningdek, 2017 yilda Turkmanboshi muzeyi ham tashkil qilingandi.

Saparmurod Niyozov Turkmanistonni 1985 yildan to o‘limiga qadar - 2006 yilgacha boshqargan. U o‘zini Turkmanboshi maqomiga ko‘targan edi. Turkmanistonga Niyozov shaxsiga sig‘inish tizimi joriy etilgandi.

2007 yildan boshlab Gurbanguli Berdimuhammedov o‘z shaxsini ulug‘lash va Saparmurod Niyozov shaxsiga sig‘inish ta’sirini tushirish siyosatini boshladi. 2008 yilda Niyozovning Ashxobod markazidagi haykali poytaxt chekkasiga ko‘chirilgan.

XS
SM
MD
LG