Линклар

Шошилинч хабар
30 ноябр 2024, Тошкент вақти: 12:31

Eng kam ish haqining oshirilishi suitsid holatlari kamayishiga olib kelishi mumkin


Illyustrativ surat.
Illyustrativ surat.

AQShda o‘z joniga qasd qilish yirik muammo hisoblanadi. Xavotirlisi, keyingi yillarda mamlakatda suitsidlar soni oshmoqda.

Bu muammo bilan kurashish oson emas, chunki depressiya va stress hamda xudkushlikka olib keluvchi bir necha unsur bor. Qaysi unsurlar muhim o‘rin tutishini va ularga qarshi samarali kurashish yo‘llarini aniqlash oson emas. Shunday bo‘lsa-da, bir necha tadqiqot moliyaviy qiyinchiliklar suitsidning eng muhim sabablaridan biri ekanligini ko‘rsatgan. Ayrim tadqiqotlar esa eng kam ish haqining ko‘tarilishi o‘z joniga qasd qilishlar soni ozayishiga olib kelishi mumkinligini yuzaga chiqargan.

Atlanta shahrida joylashgan Emori universiteti tadqiqotchilari eng kam ish haqi to‘g‘risidagi qonunlar hamda xudkushliklar soni o‘rtasidagi bog‘liqlikni yaqindan o‘rganib chiqdi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, ushbu ikki ko‘rsatkich o‘rtasida bog‘liqlik chindan mavjud, ammo bu bog‘liqlik faqat maktab yoki undan ham oz ta’limga egalar orasida hamda faqat ishsizlik keng tarqalgan paytda kuzatiladi.

Ko‘p holatlarda moliyaviy qiyinchiliklar, masalan, ishidan ayrilish yoki o‘sib borayotgan qarzlar xudkushlikka olib keladi. G‘arb davlatlarida o‘z joniga qasd qilish oz maosh oladigan hamda ma’lumoti oz bo‘lganlar orasida ko‘proq uchraydi. Shu sababdan olimlar eng kam ish haqi bilan xudkushlik o‘rtasidagi bog‘liqni yaqindan ko‘rib chiqishga qaror qilishdi.

AQShda federal hukumat eng kam maosh darajasini belgilagan bo‘lib, shtatlar undan yuqoriroq ko‘rsatkichlarni ta’sis qilishi mumkin, ammo federal minimum maoshdan ozroq maosh berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Bu ko‘rsatkichlar haqida ma’lumot to‘plash juda oson. Shuningdek, AQShda “Muhim statistika tizimi”da har bir vafot etgan kishi o‘limiga nima sabab bo‘lgani hamda uning ma’lumoti qayd etib boriladi. Emori universiteti tadqiqotchilari ushbu ma’lumotlarga tayangan holda eng kam ish haqi hamda o‘z joniga qayd qilish o‘rtasidagi bog‘liqlik tahlil qilgan.

Tadqiqot davomida xudkushlik nisbatan oz uchraydigan hamda minimal ish haqidan ancha yuqori maosh oladigan oliy ma’lumotli shaxslar kontrol guruhi etib belgilangan. Kutilgandek, eng kam ish haqi qonunlariga kiritilgan o‘zgarishlar oliy ma’lumotli shaxslarga ta’sir ko‘rsatmagan. Ammo oliy ma’lumoti bo‘lmaganlar, xususan, maktab attestatiga egalar yoki maktabda faqat muayyan muddat o‘qiganlar orasida minimal maosh 1 dollarga oshsa, xudkushlik 6 foizga ozayishi kuzatilgan.

Ishsizlik darajasi 4 foizdan oz bo‘lgan oylarda eng kam ish haqiga kiritilgan o‘zgarishlar xudkushlik darajasiga ta’sir ko‘rsatmagan. Ammo ishsizlik 6 foizdan yuqori bo‘lganida bunday qonunlar o‘z joniga qasd qilishlar soniga ta’sir ko‘rsatishi kuzatilgan.

XS
SM
MD
LG