Линклар

Шошилинч хабар
26 ноябр 2024, Тошкент вақти: 09:36

O‘zbekistonni tark etgan bloger Shabnam o‘zining qiynoqqa solinganini iddao qildi (AUDIO)


O‘tgan oy ruhiy kasalxonadan chiqarilgan Nafosat (Shabnam) Olloshukurova 18 yanvar kuni O‘zbekistondan chiqib ketdi.

Olloshukurova o‘zini qayta ruhiy kasalxonaga tashlashlaridan qo‘rqib vatanni tark etish va xorij davlatidan qochqinlik so‘rashga qaror qilgan.

Shabnam Ozodlik bilan suhbatda Xorazmdagi qamoqxonada payti xorijdagi muxolifat yetakchilaridan biri Muhammad Solihga qarshi ko‘rsatma olish maqsadida o‘zini qiynashganini iddao qildi.

Ozodlik bilan suhbatda bloger xususan¸ o‘zini qip-yalang‘och qilib, yechintirib, sochidan sudrab urishganini hikoya qildi.

Hozircha Shabnam Olloshukurova iddaolari bo‘yicha huquq-tartibot idoralaridan izoh olish imkoni bo‘lmadi.

"Yana ruhiy kasalxonaga tashlashlaridan qo‘rqdim"

Shabnam Olloshukurova Ozodlik bilan 20 yanvar kungi suhbat chog‘ida o‘zini yana ruhiy kasalxonaga tashlashlaridan qo‘rqib, O‘zbekistonni tark etganini aytdi:

- Meni uch marta ruhshunoslar so‘rab keldi. Uyda bo‘lmaganim uchun ular meni olib keta olishmadi. Ular "sog‘ligini tekshirmoqchimiz", degan bahona bilan kelishdi. Lekin kechki soat 6 da kelishadimi, sog‘ligimni tekshirish uchun? Men qo‘rqqanim uchun O‘zbekistondan chiqib ketdim.

"Yalang‘och qilib, yechintirib, sochimdan sudrashdi"

Shabnam Olloshukurova Ozodlik bilan suhbatda o‘z qo‘rquviga asos bo‘lgan voqealar¸ xususan¸ shu paytgacha sir saqlab kelgan Xorazm IIBsi hibsxonasida qo‘llanilgan qiynoqlar haqida gapirdi.

- Mahmud Rajabning ko‘chaga chiqishida Muhammad Solih va Do‘stnazar Xudoynazarlarning qo‘li borligi, ular yurtda to‘ntarish qilishmoqchi bo‘lishayotgani to‘g‘risida ko‘rsatma berishimni so‘rashdi. Men ularga bunga Muhammad Solihning aloqasi yo‘q, qanday bunday ko‘rsatma beraman¸ dedim. Ular "Biz senga qanday ko‘rsatma berishni o‘zimiz aytamiz" deyishdi. Rozi bo‘lmaganim uchun menga nisbatan kuch qo‘llashdi. Birinchi kuni baqirib, qo‘rqitib, tahdid qilishdi. "Butilka tiqaman"¸ deyishdi. Ikkinchi sutkada avvaliga kaltaklashdi. Sochimdan sudrab, qornimga urishdi. Uchinchi sutkada yechintirishdi. Hammasi erkaklar edi. Muhammad Solihga qarshi ko‘rsatma berishimni talab qilishdi. Men rozi bo‘lmadim. Keyin ruhiy kasalxonaga tashlashdi.

"Qiynoqlarni oshkor qilsam, haqiqiy jinni qilib qo‘yishlarini aytishdi"

Shabnamning aytishicha, undan qamoqxonadagi qiynoqlarni oshkor qilmaslik talab qilingan:

- Birinchidan¸ blogerlik faoliyatimni butunlay to‘xtatishimni talab qilishdi. Ikkinchidan, qamoqxonada bo‘lgan gaplarni oshkor qilsam, meni haqiqatan jinni qilib qo‘yishlarini aytishdi. Bu gaplarni O‘zbekiston ichkarisida aytishga qo‘rqqandim.

Нафосат Оллошукурова билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:10:53 0:00
Бевосита линк

Nafosat Olloshurova o‘ziga nisbatan bo‘lgan qiynoqlar ichki ishlar bo‘limi xodimlari ishtirokida bo‘lganini ta’kidladi.

Hozircha Xorazm viloyat Ichki ishlar boshqarmasidan Olloshukurova iddaolari borasida biror izoh olish imkoni bo‘lmadi.

Jonli chiqishlari bilan tanilgan bloger

Nafosat Olloshukurova shoir va jurnalist Mahmud Rajabning 2019 yil sentabr oyidagi “Toshkentga yurishini” yoritgani ortidan 23 sentabr kuni 10 kunlik qamoq muddatiga hukm qilingan edi. Qamoqxonada norozilik sifatida ochlik e’lon qilgani ortidan bloger ruhiy kasalxonaga yotqizildi.​

Blogerlar safiga bir yilcha avval qo‘shilgan Shabnam Olloshukurova asosan Feysbuk tarmog‘i orqali jonli chiqishlar qildi.

Chiqishlarida asosiy e’tiborni huquq-tartibot idoralaridan aziyat chekkan shaxslarga qaratdi. Yana u Toshkentda rasmiy idoralar oldida bo‘ladigan norozilik piketlarini tarmoqlar orqali jonli yoritadigan bloger sifatida tanildi.

2019 yil yozida Xotin-qizlar qo‘mitasining "huquqbuzarlikka moyil" ayollar ro‘yxatini tuzish qarori keng muhokamaga sabab bo‘lgani ortidan Shabnam Ollashukurova Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Elmira Bositxonova bilan Feysbuk orqali jonli intervyu qilgani bilan ham tanilgan edi.

Shabnam Olloshukurovaning uch yoshli ikki egizak farzandi bor. Hozirda Toshkentda qolayotgan bolalarga Shabnamning onasi qarayapti.

Руҳий касалхонадан чиққан Нафосат Оллошукурова блогерликни давом эттирмоқчи
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:55 0:00

XS
SM
MD
LG