Линклар

Шошилинч хабар
26 ноябр 2024, Тошкент вақти: 13:38

Yana bir so‘kong‘ich rahbar: Yangiariq hokimi fermerlarni onasiyu qizidan so‘kdi


Yangiariq tumani hokimligi binosi.
Yangiariq tumani hokimligi binosi.

Xorazm viloyat Yangiariq tumani hokimi Maxsud Saidovning ovozi deb iddao qilinayotgan audioyozuvda ovoz egasi fermerlarni “k.t, deb atab “s...man", "qizing s...y" deb haqoratlaydi.

Qariyb 14 daqiqalik audioda ovoz egasi deyarli har bir gapda uyat so‘z ishlatadi.​

"Q.....q uqalab o‘tiribmisan. Ertaga yer tayyor bo‘lmasa seni ham s...aman, a...ga s....ay. Sen k..tsan", - deydi ovoz egasi jumladan.

Ozodlik audio yuzasidan Yangiariq tumani hokimi Maxsud Saidovning o‘zidan izoh ola olmadi.

Ozodlikka audioni jo‘natgan yangiariqlik fermerning iddao qilishicha, ushbu audio o‘zi 15 yanvar kuni tuman traktor parkida bo‘lib o‘tgan majlisda yozib olingan.

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:40 0:00
Бевосита линк


Boshqa fermerlarning hokim tomonidan tahqirlanishiga guvoh bo‘lgan fermerga ko‘ra, yerni hosilga tayyorlash kechikayotgani hokimning jahlini chiqargan.

"Yer tayyor emas, deb fermerlarni hammani oldida turg‘izib qo‘yib, qizi qolmay¸ onasi qolmay¸ uyat so‘zlar bilan haqoratladi. Yerni tayyor qilmasang¸ ketingga "lom tiqaman", "klizma qilaman", deb so‘kdi, - deydi yangiariqlik fermer.

Majlisda bo‘lgan boshqa bir fermerning Ozodlikka aytishicha, hokim bundan oldingi majlislarda ham planni bajarmagan fermerlarni haqoratlab kelgan.

"Birinchi marta bo‘layotgani yo‘q bu. Doim shunaqa. Faqat bizniki emas¸ boshqa tuman hokimlari ham shunaqa so‘kadi. Ularni ham tepadagilar so‘kadi. Oxirgi kaltak kelib fermerning boshida sinadi", - deydi yangiariqlik fermer.

Ozodlik sizdirilgan audio yuzasidan Yangiariq tumani hokimi Maxsud Saidovdan izoh olish uchun hokimlikka qo‘ng‘iroq qildi.

O‘zini "hokimning yordamchisi" deb tanishtirgan shaxs hokimning ish joyida emasligini aytdi.

- Hokim yo‘q. Biz buni o‘rganib chiqib, keyin izoh beramiz, - dedi o‘zini Yangiariq tumani hokimining yordamchisi deb tanishtirgan shaxs.

Ozodlik Telegram orqali audioni hokimlik mulozimiga taqdim etdi¸ ammo kun davomida unga javob kelmadi¸ qo‘ng‘iroqlar ham javobsiz qoldi.

O‘zbekistonda mansabdor shaxslarning qo‘li ostidagilarni haqoratlashi uchrab turadi.

Ammo aksar hollarda hokimlar kechirim so‘rash¸ ayrim hollarda esa¸ jarima to‘lash bilan bilan jazodan qutulib¸ yana o‘z lavozimida qolmoqda.

Ozodlik 2020 yilning 2 yanvar kuni Namangan viloyat Mingbuloq tumani hokimi Nurshod Xudoyberdiyevning fermerlarni shaxsni tahqirlovchi so‘zlar bilan haqorat qilinayotgani yozilgan audioni e’lon qilgan edi.

Namangan viloyat, Mingbuloq tuman hokimi Nurshod Xudoyberdiyev fermerlarni haqorat qilgani uchun pushaymonligini izhor etib, uzr so‘radi.

O‘tgan yili may oyida esa Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev viloyat Majburiy ijro byurosi va Soliq idorasi boshliqlariga ularning “ichagini sug‘urib, boshiga salla qilish”, bilan tahdid qilgani yozilgan audioni e’lon qildi.​

Avgust oyida G‘aniyevning yana bir audiosi shov-shuv bo‘ldi. Bu gal G‘aniyev ro‘mol o‘rab olgan ayolga ko‘zi tushsa¸ uning ro‘molini o‘sha tuman hokimi og‘ziga tiqib qo‘yish bilan tahdid qildi.

Bu audio Ozodlikda e’lon qilingach¸ G‘aniyev qat’iy ogohlantirish oldi. Ammo o‘tgan hafta G‘aniyev nomzodi yana Farg‘ona viloyat hokimligiga taklif qilindi va viloyat kengashi tomonidan bu lavozimga tasdiqlandi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017 yil 15 noyabr kuni o‘tkazilgan hukumat majlisida amaldorlarning mushtumzo‘rligi va so‘kong‘ichligi davlat siyosatiga, prezident siyosatiga qarshi chiqish deb baholanishini aytgan edi.​

Oliy Majlis Senatining shu yil 20 yanvar kungi birinchi yalpi majlisida esa Mirziyoyev endi hokimlar bundan keyin uzr so‘rash bilan qutilib qolmasligiga ishora qildi.

"Uzr bilan ish bitmaydi, qonun oldida javob berish kerak hamma. 3 yil kechirdik, etadi. U davr o‘tdi. Endi shunchaki kechirim so‘rash bilan qutilib qolish bo‘lmaydi, qonuniy chora ko‘ramiz", deb ta’kidladi prezident Mirziyoyev.

XS
SM
MD
LG