Линклар

Шошилинч хабар
26 ноябр 2024, Тошкент вақти: 06:37

Koronavirus sabab karantin qilingan Xitoy shaharlaridagi o‘nlab o‘zbek talabasi yordam so‘ramoqda (VIDEO)


Koronavirus Xitoydan tashqariga ham tarqalishda davom etmoqda.
Koronavirus Xitoydan tashqariga ham tarqalishda davom etmoqda.

Xitoyda tahsil olayotgan samarqandlik talaba va bloger Abubakir Mamatov OzodMikrofonga murojaat qilib, ushbu mamlakatda tarqalgan koronavirus epidemiyasi sabab o‘zbekistonlik talabalar qiyin vaziyatga tushib qolgani haqida gapirdi.

Bloger Abubakir Mamatovning aytishicha, hozirda koronavirus sabab karantinga tushgan Xitoyning o‘nta shahridagi o‘zbekistonlik talabalar yordamga muhtoj.

Abubakir Mamatov.
Abubakir Mamatov.

- Men o‘zim kanikulga uyga kelgandim. Lekin u yerda kursdoshlarim, tanishlarim, do‘stlarim bor. Keyin o‘zim blogerman, vaziyatni kuzatib, yoritib kelayapman. Bitta Uxan shahrida taxminan 30ta o‘zbekistonlik talaba qolgan, boshqalari kanikulga uyiga kelishgan. O‘sha 30 ta talaba hozir juda qiyin ahvolda. Ular shahardan chiqib keta olmayapti. Keyin shaharda oziq-ovqat tanqisligi yuzaga kelgan. Elchixona Wechatda gruppa tashkil qildi, uchta telefon raqam berdi. Lekin bu gruppa yopiq, hamma ham kira olmaydi. Keyin elchixona telefonlariga qo‘ng‘iroq qilsak, hech kim javob bermaydi. Xitoyda o‘zbekistonlik talabalar bitta guruh tuzib, pul yig‘ishayapti va Uxandagi o‘zbek talabalariga yordam berishayapti. Lekin talabalar elchixona e’tiboriga muhtoj, dedi Abubakir Mamatov.

Bloger Mamatov bilan suhbatni quyida to‘liq tinglashingiz mumkin:

Блогер Маматов билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:09:37 0:00
Бевосита линк

Хитойдаги ўзбек талабалари элчихонадан ëрдам сўради
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:05:07 0:00

Ozodlik Xitoydagi o‘zbekistonlik talabalar bilan bog‘liq vaziyatga aniqlik kiritish maqsadida O‘zbekistonning Pekindagi elchixonasi vakiliga Telegram orqali murojaat qildi. 24 yanvar kuni bu so‘rovga biror ko‘rinishda javob bo‘lmadi.

Xitoyda koronavirusning yangi turi tarqalishda davom etmoqda. Virus tarqalishi boshlangan Uxan shahrida hozirgacha kamida 6 odam koronavirus oqibatida o‘ldi.

24 yanvarga kelib Pekin 41 milliondan ko‘proq odam yashovchi 13 ta shaharda karantin e’lon qildi va bu hududlarga kirish-chiqishni taqiqladi. Oqibatda vahimaga tushgan aholi orasida oziq-ovqat va dori vositalarini keragidan ortiq sotib olish jazavasi boshlandi.

Kuni kecha Xitoy Sog‘liqni saqlash davlat qo‘mitasi yangi virus odamdan odamga yuqishini tasdiqladi. Aytilishicha, kasallikni xastalanganlar bilan muloqotda yuqtirib olish mumkin.

Shu bois bir necha davlat virus tarqalishini oldi olish uchun chora ko‘rmoqda. Xususan, Osiyo davlatlari aeroportlarida yo‘lovchilar tekshirilmoqda.

Shuningdek Avstraliya, Bangladesh, Nepal, Singapur va AQSh aeroportlarida ham nazorat kuchaytirildi. Virus tarqalishi ortidan O‘zbekistonda ham chegara nazorati kuchaytirilgani xabar qilindi.

Olimlar taxminlariga ko‘ra, virus Uxan shahridagi mol bozoridan boshlangan. Epidemiyaga koronavirusning avval kuzatilmagan turi sababchi ekanligi aniqlandi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, yangi kasallik Xitoy tashqarisiga ham tarqaldi: bemorlar Tailand, Janubiy Koreya va Yaponiyada ham aniqlandi. Seshanba kuni esa AQShda ham virusni yuqtirgan shaxs aniqlangani xabar qilindi. Bu shaxs AQShga 15 yanvar kuni aynan Uxan shahridan kelgan.

XS
SM
MD
LG