Линклар

Шошилинч хабар
26 ноябр 2024, Тошкент вақти: 11:28

Andijonda Xitoydan kelgan talaba koronavirusdan gumonlanib shifoxonaga yotqizildi


Andijon viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasi.
Andijon viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasi.

O‘zbekistonning Andijon shahrida ikki kun avval Xitoydan kelgan talaba yigit koronavirus bilan gumonlanib, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizildi.

Ismi ochiqlanmasligini so‘ragan kasalxona vrachining Ozodlikka aytishicha, isitma va bosh og‘riqdan shikoyat qilgan bemor 1 fevral kuni shifoxonaga murojaat qilgan.

Bemor boshqa kasallardan bo‘shatilgan alohida palataga yotqizilgan.

Kasalxona vrachi tekshirishda koronavirus aniqlanmaganini aytmoqda.

Andijonning Jalaquduq tumanidan bo‘lgan bemor ikki kun avval Xitoydan kelgani, Toshkent aeroportida hech kim uni tekshiruvdan o‘tkazmaganini shifokorlarga aytgan.

Shundan so‘ng bemor shifoxonaning 2-bo‘limidagi alohida palataga olingan, barcha shifokorlarga maska taqish buyurilgan.

2-bo‘limdagi palatadan hamma bemorlarni olib chiqib, bu yigitni yotqizishdi. Hammaga zudlikda maska taqish aytildi.

- 2-bo‘limdagi palatadan hamma bemorlarni olib chiqib, bu yigitni yotqizishdi. Hammaga zudlikda maska taqish aytildi. "Oblzdrav"dan odamlar keldi. Koronavirus, deb gumon qilishyapti, - dedi shifoxona vrachi.

Andijon viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasi bosh vrachi yordamchilaridan biri Xitoydan kelgan bemor isitma belgilari bilan kasalxonaga yotqizilganini Ozodlikka tasdiqladi, lekin unda koronavirus aniqlanmaganini aytdi.

- Isitma bor, boshqa hech narsa yo‘q. 37 yarim isitma, boshqa hech narsa yo‘q. Na tomog‘da qizarish, na kataral belgi, na yo‘tal, na ko‘z qizarishi bor. Lekin, koronavirus emas. Shunga qaramay bemor alohida palataga olindi, - dedi shifoxonaning bosh vrachi yordamchisi.

Dekabr oyining oxirida Xitoyning Uxan shahrida qayd etilgan koronavirus qurbonlari soni 260 nafardan oshdi, kasallik 12 mingdan ortiq odamda aniqlangan.

Kasallik AQSh, Yevropa davlatlari va Osiyoning bir qator mamlakatlarida ham kuzatildi.

"O‘zbekistonda koronavirus qayd etilmagan"

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligiga ko‘ra, mamlakatda koronavirusga chalingan xastalar qayd etilmagan.

Vazirlik matbuot kotibi Furqat Sanayev 1 fevral kuni Ozodlik bilan suhbatda bu haqda aytdi:

Bugun 1 fevral, soat 14.00gacha bo‘lgan xolatni aytadigan bo‘lsam O‘zbekistonda koronavirus qayd etilmagan.

- Bugun 1 fevral, soat 14.00gacha bo‘lgan xolatni aytadigan bo‘lsam O‘zbekistonda koronavirus qayd etilmagan. Kasallik kirib kelmasligi uchun barcha choralar ko‘rilyapti. Aeroportlarda teplovizorlar o‘rnatilgan. Sal isitmasi bo‘lsa yoki boshqa belgilar kuzatilsa tekshiruvga olinyapti, - dedi Sanaev.

O‘zbekiston koronavirus tarqalishi sababli 1 fevraldan Xitoy bilan aviaqatnovni vaqtincha to‘xtatdi.

Bundan avval O‘zbekiston Davlat turizm qo‘mitasi turoperatorlarga Xitoyga turlarni sotishni to‘xtatib turishni tavsiya qilgandi.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, Xitoyning koronavirus tarqalgan murakkab epidemik vaziyat hukm surayotgan hududida 72 nafar o‘zbekistonlik talaba mavjud, ular bilan O‘zbekistonning Xitoydagi elchixonasi, Bosh konsulxonasi xizmati xodimlari hamda universitet ma’murlari doimiy muloqot olib bormoqda.

Jahon Sog‘likni saqlash tashkiloti xavfli virus sabab favqulodda holat rejimini e’lon qilgan.

XS
SM
MD
LG