Линклар

Шошилинч хабар
25 ноябр 2024, Тошкент вақти: 23:26

Gaz yo‘qligi sababli Jizzax sement zavodi ishchilari haq to‘lanmaydigan ta’tilga chiqarildi


Jizzax sement zavodi. Olmaliq TMK rasmiy saytidan olingan surat.
Jizzax sement zavodi. Olmaliq TMK rasmiy saytidan olingan surat.

Jizzax viloyati Zafarobod tumanida joylashgan sement zavodi ishchi-xodimlaridan 80 foizi haq to‘lanmaydigan mehnat ta’tiliga chiqarildi.

Olmaliq tog‘-metallurgiya kombinati tasarrufidagi mazkur zavod ishchilaridan biri Ozodlikka 24 yanvardan beri 500 dan ortiq odamning ishsiz o‘tirganini aytadi.

Zavod direktori Ismatulla Abdullayev mazkur xabarni tasdiqlab, zavod gaz yo‘qligi sababli bir necha kun to‘xtab qolganini aytdi. Unga ko‘ra, hozirgi kunga kelib gaz berilgan va zavod ishchilarining asosiy qismi ishga qaytgan. Biroq yana 70dan ortiqroq odam haq to‘lanmaydigan ta’tilda qolmoqda.

Jizzax viloyati Zafarobod tumanidagi sement zavodi ishchilaridan birining Ozodlikka aytishicha, 24 yanvar kuni ishchilarning asosiy qismi majburiy ravishda haq to‘lanmaydigan mehnat ta’tiliga chiqarib yuborilgan.

“Oramizda oilaviy sharoiti og‘ir va ko‘p bolali odamlar bor. Gaz ta’minoti uzib qo‘yildi, degan bahona bilan bizlarni haq to‘lanmaydigan ta’tilga majburan chiqarib yuborishdi. “Tirikchiligimiz nima bo‘ladi, bolalarimiz nima yeydi”, deb so‘rasak, “Bu bizning muammoimiz emas”, deb yelka qisishdi”.

Boshqa bir ishchi esa:

Zavod rahbariyatining aytishicha, korxonalarga gaz berishni to‘xtatib, aholiga gaz yetkazib berish haqida Bosh vazir buyruq berganmish. Bosh vazirning buyrug‘i oddiy ishchilarning boshiga tayoq bo‘lib tushishini bilmagan ekanmiz. Oylik bo‘lmasa oilalarimizni qanday boqamiz?” deb savol qo‘ydi.

Shaxsi ochiqlanishini istamagan ishchilar iddaosicha¸ ayni kunda 538 nafar odam ishsiz¸ maoshsiz o‘tiribdi.

Zavod direktori Ismatulla Abdullayev mazkur xabarni tasdiqlab, zavod gaz yo‘qligi sababli bir necha kun to‘xtab qolganini aytdi.

Ayni paytda direktor¸ hozirgi kunga kelib gaz berilgani va zavod ishchilarining asosiy qismi ishga qaytganini ta’kidladi.

“Yanvar oyida gaz ta’minoti to‘xtatilgani sabali, texnologik tizim ham vaqtincha to‘xtatildi. Ishchilar vaqtincha xaq to‘lanmaydigan ta’tilga chiqarilgan. Oilaviy sharoiti og‘ir bo‘lgan ishchilarni esa ta’tilga chiqarmaganmiz. Ular texnologik tizimdagi pech ta’miriga jalb etilgan. 30 yanvardan gaz ta’minoti yo‘lga qo‘yildi va ishchilar ishga jalb qilindi. Faqat ko‘k sement ishlab chiqarish bo‘limida ta’mir ishlari olib borilayotgani sabali, 72 nafarga yaqin ishchi vaqtinchalik mehnat ta’tilida. Bo‘lim faoliyati yo‘lga tushishi bilan ular ham ishga qaytishadi”.

Zavod rahbari “korxonalarga gaz berishni to‘xtatib, aholiga gaz yetkazib berish haqida Bosh vazir buyruq bergani” to‘g‘risidagi ma’lumotni izohsiz qoldirdi.

Jizzax sement zavodi mamlakatdagi yirik korxonalardan biri hisoblanadi. Zavodda yiliga 760 ming tonna portlandsement va 350 ming tonna oq sement ishlab chiqarish quvvatiga ega.

Mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish bo‘yicha O‘zbekistondagi eng yirik korxonalardan biri hisoblangan “Farg‘onaazot” korxonasi faoliyati ham tabiiy gaz miqdori kamaygani tufayli​ o‘tgan yilning dekabrida qisman to‘xtatilgan edi.

O‘shanda 7 ming ishchi ishlaydigan bu korxonaning asosiy ob’ekti hisoblangan ammiak ishlab chiqarish sexi ishlamay qolgandi.

O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi 2019 yil, 24 martda qabul qilgan “O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi qarorga muvofiq ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lmagan ayrim g‘isht, asfalt, sement ishlab chiqaruvchi korxonalarga tabiiy gazdan foydalanish taqiqlab qo‘yildi.

Buning oqibatida g‘isht, ohak va sement ishlab chiqaruvchi yuzlab xususiy korxona bankrotlik tahdidi ostida qolgan edi.

Shu kunlarda O‘zbekistonning aksar viloyatlarida gaz taqchilligi kuzatilmoqda.

O‘tgan yilning dekabrida gaz muammosi sabab mamlakatning Farg‘ona, Andijon, Sirdaryo, Xorazm viloyatlari va Qoraqalpog‘istonning turli hududlarida bir qancha norozilik aksiyalari o‘tkazilgan edi.

XS
SM
MD
LG