Линклар

Шошилинч хабар
18 ноябр 2024, Тошкент вақти: 20:33

Turkiya prezidenti rossiyalik hamkasbi bilan Suriyadagi vaziyatni muhokama qilmoqda


Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan Kremlda uchrashdi. 2020, 5 mart.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan Kremlda uchrashdi. 2020, 5 mart.

5 martda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan Kremlda uchrashdi.

Uchrashuv arafasida muzokaralarning asosiy mavzusi Suriyaning Idlib viloyatidagi vaziyat muhokamasi bo‘lishi aytildi.

Keyingi kunlarda ushbu viloyatda Turkiya armiyasi bilan Suriya prezidenti Bashar Asad qo‘shinlari o‘rtasidagi qurolli to‘qnashuvlar yuz bermoqda. Rossiya Suriya hukumatini qo‘llab-quvvatlamoqda.

Putin Erdo‘g‘onga murojaat qilib, “bugungi kunda vujudga kelgan vaziyatni boshdan-oxir muhokama qilib olish” zarurligini bildirdi. Bundan maqsad “Idlibda ro‘y berayotgan” voqealar “takrorlanishi” va Rossiya bilan Turkiya munosabatlari” buzilishiga yo‘l qo‘ymaslikdir. Rossiya prezidenti Suriyada turk harbiy xizmatchilari halok bo‘lgani munosabati bilan hamdardlik bildirdi hamda Suriya qo‘shinlari ularga atay zarba bermaganini aytdi.

Turkiya prezidenti Putin bilan muzokarasi “Idlibdagi vaziyatni yengillatishi”ga umid bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, uchrashuvni Istanbulda o‘tkazish rejalashtirilgan edi, biroq Turkiya tomoni Rossiya konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha ishlar sabab uni Moskvaga ko‘chirishga rozilik bergan.

Qayd etish lozimki, Turkiya bilan Rossiya Suriyada bir-biri bilan urushayotgan tomonlarni: Turkiya qurolli muxolifatni Rossiya esa, Asad hukumatini qo‘llab-quvvatlamoqda. Turkiya Asad qo‘shinlariinng Idlibdagi hujumini Rossiya bilan erishilgan sulh haqidagi kelishuvlarni buzish deb hisoblamoqda. Prezidentlar uchrashuvi oldidan tomonlar keskin bayonotlar berdi. Biroq Turkiya askarlari o‘limida bevosita Rossiyani ayblamadi.

So‘nggi kunlarda Suriyadagi janglar davom etmoqda. Turkiya harbiylari Asad qo‘shinlariga qarshi kurashayotgan qurolli muxolifatga artilleriya va aviatsiya bilan ko‘mak berib turibdi. Xususan, turk qo‘shinlari Suriya harbiy-havo kuchlarining bir necha uchog‘ini urib tushirdi.

27 fevralda Anqara Suriyani havodan hujum qilib, 34 harbiy xizmatchisini o‘ldirganlikda aybladi. Turkiya esa qasos olish maqsadida 1 martda 19 suriyalik askarni drondan zarba berib o‘ldirdi va hukumatning ikkita harbiy uchog‘ini urib tushirdi.

Shu paytgacha Turkiya bilan Rossiya ochiqcha ziddiyatga bormagan edi, ammo so‘nggi voqealar NATOga a’zo Turkiya bilan Rossiya o‘rtasida bevosita mojaro kelib chiqishi mumkinligi sabab xavotirlar paydo bo‘ldi.

Erdo‘g‘on 1 martda Putin bilan uchrashuvi oldidan “Idlibda tez orada otashkesimga erishilishi”ga umid bildirdi.

Anqara Asad qo‘shinlarining 2018 yilda Moskva vositachiligida Idlib bo‘yicha erishilgan kelishuvda belgilangan chiziqdan orqaga tortilishini istaydi.

Putin bilan muzokara oson bo‘lmasligi turgan gap. Erdo‘g‘on fevral oxirida Rossiya Suriyada chetga chiqib turishi kerakligini va ushbu mamlakat qo‘shinlari bilan “ora ochdi” qilib olmoqchi ekanini aytgan edi.

Lekin Moskva Suriya hukumati 2011 yil boshlangan fuqarolar urushidan so‘ng bo‘laklarga bo‘linib ketgan mamlakatni to‘liq nazorati ostiga olishini istaydi.

Shuning uchun ekspertlar Putin Turkiya bilan urishishni ham, ortga chekinishni ham istamasligini aytmoqda.

Yana G‘arb ommaviy axborot vositalari Rossiya fevral oxirida Suriyaga ko‘proq dengiz va havo aslaha-anjomlarini yetkazib bera boshlaganini yozdi.

Qayd etish joizki, AQSh hukumati fevral oxirida turk qo‘shinlariga hujum uyushtirilgandan so‘ng “NATO bo‘yicha ittifoqchimiz Turkiyani qo‘llab-quvvatlaymiz”, deb bayonot berdi hamda Suriya bilan Rossiyadan Idlibdagi “razil” hujumini to‘xtatishni talab qildi.

XS
SM
MD
LG