Линклар

Шошилинч хабар
30 ноябр 2024, Тошкент вақти: 07:47

Voyager 2 kemasi bilan 2021 yilgacha aloqa uziladi


Voyager 2 kemasi 2021 yilgacha Yerdan ko‘rsatma ololmaydigan bo‘ldi.

Kema ayni damda Yerdan 18,5 milliard kilometr narida bo‘lib, eng olis masofaga sayohat qilgan inson qurgan moslamalarning biridir.

Keyingi 11 oy davomida kemada biror nosozlik sodir bo‘lsa, missiya bitishi mumkin.

Aloqa uzilishiga Avstraliyaning Kanberra shahrida joylashgan 70 metr uzunlikdagi antennani tuzatish ehtiyoji sabab bo‘ldi. Ushbu antenna yordamida Voyager 2 kemasiga Yerdan signal yuboriladi.

Bu orada kema Yerdagi boshqa antennalarga ma’lumot yuborishda davom etadi.

Ta’mirlanayotgan antenna Deep Space Network tarmog‘ining bir bo‘lagidir. Yerning turli burchaklarida o‘rnatilgan antennalardan iborat tarmoq Quyosh tizimi atrofidagi apparatlar bilan aloqa qilishni ta’minlaydi.

Kanberradagi antenna yetarlicha quvvatga ega bo‘lgani va janubiy yarim sharda joylashgani uchun Voyager 2 kemasiga signal yubora oladigan yagona antennadir.

NASA xodimlaring so‘zlariga ko‘ra, biror muammo chiqmasa, Voyager 2 va uning egizagi Voyager 1 2027 yilgacha Yerga ilmiy ma’lumot yuborishini kutish mumkin.

2012 yilda Voyager 1 kemasi geliosfera, ya’ni Quyosh zarralari yetib boradigan sferadan uzoqlashib, yulduzlararo bo‘shliqqa chiqqan ilk apparat bo‘ldi. 2018 yilda esa Voyager 2 ham yulduzlararo bo‘shliqqa chiqdi.

XS
SM
MD
LG