Qashqadaryo viloyati, Chiroqchi tumanidan OzodMikrofonga qo‘ng‘iroq qilgan tinglovchi, O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan un haddan tashqari qimmatlab ketganidan, bozorlarda karantin tartibiga rioya qilinmayotganindan shikoyat qildi:
“Yanvar oyida un zavodning o‘zidan bir qop un 109 ming so‘mdan chiqib kelayotgan va unga tadbirkorlar o‘z xarajatini qo‘yib 120-130 ming so‘mdan sotayotgan edi. Tadbirkor tanishimning aytishicha, hozir esa zavoddan chiqishining o‘zi 130-140 ming so‘m bo‘libdi. Mendan besh yuz metrcha narida turadigan tadbirkor olib kelib, 185 mingdan sotyapti ekan deb eshitdim. Nevaralarimga pul berib yuborsam, yakkabog‘liq bir savdogar hammasini olib ketibdi. Yakkabog‘dagi tanishimga telefon qilib so‘rasam, 200 ming so‘mdan bozorda sotyapti, deydi. Axir shu ham insofdanmi, xalqimiz yeydigan narsa asosan non bo‘lsa, xalq qiynalgan paytda shuni ham qimmat qilib qilib sotish musulmonchilikka to‘g‘ri keladimi?”
-----------------------------------------------------------------------------------------------
Muhtaram mushtariy, agar sizni tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz¸ bizga qo‘ng‘iroq qiling.
SMS va qo‘ng‘iroqlaringizni +420 724 971 539 va +420 724 740 755 raqamiga yo‘llang.
OzodMikrofon sizga muntazir!
OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!