Линклар

Шошилинч хабар
27 ноябр 2024, Тошкент вақти: 03:42

"Deport"ga tushgan o‘zbeklar: “2 oydan buyon 1 xonadamiz, tualetning to‘sig‘i ham yo‘q!” (VIDEO)


Yekaterinburgdagi xorij fuqarolarini vaqtincha saqlash markazida ham yuzlab o‘zbekistonlik qolayotgani aytiladi
Yekaterinburgdagi xorij fuqarolarini vaqtincha saqlash markazida ham yuzlab o‘zbekistonlik qolayotgani aytiladi

Rossiyaning Novosibirsk shahridagi Xorij fuqarolarini vaqtincha saqlash markazida (XFVSM-TsVSIG) qariyb yuz nafar erkagu-ayol og‘ir sharoitda yashamoqda. Ular O‘zbekistonga jo‘natilishini haftalardan buyon kutmoqda.

Bu haqda Ozodlikka Markazda saqlanayotganlar vakillari xabar qildi.

O‘zbekiston Respublikasining Novosibirsk shahridagi Bosh konsuli bu vaziyatdan yaxshi xabardor ekanligini va charter reys tashkil qilinishi bilan ular O‘zbekistonga yuborilishini aytdi.

Депортга тушган ўзбеклар: “Икки ойдан буён бир хонада, туалетнинг тўсиғи ҳам йўқ!”(
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:24 0:00
Бевосита линк

Novosibirsk shahridagi xorij fuqarolarini vaqtincha saqlash markazidan Ozodlikka video yuborgan o‘zbekistonliklar xonalardagi sharoitni ko‘rsata turib shunday deydi:

Shu turishimiz bo‘lsa, hammamiz kasal bo‘lib o‘lib ketamiz.


“Mana bizdagi vaziyat, tualet ham shu yerda, dush hamma narsasi shu yerda. To‘rt tomonimiz beton, ikki oydan beri mana shu yerda yotibmiz. Hamma tomon qulf. 20-30tadan ko‘p ayollar ham yotibdi bu yerda. Biror kishi bizning holimizdan xabar olmaydi. Bu yerda sog‘ bo‘lsang ham, shu turishimiz bo‘lsa, hammamiz kasal bo‘lib o‘lib ketamiz. Novosibirskning deportatsiya markazida hammamizni ushlab turishibdi”.

Ozodlik bu markazda qolayotgan o‘zbekistonliklar bilan bog‘landi. Ular vaziyatning og‘irligi haqida bu videoga qo‘shimcha shunday dedi:

Tualetining bir to‘sig‘i ham yo‘q. Hojatga chiqmoqchi bo‘lsang, juda ham noqulay bo‘ladi.


“Bizga 40-45 kun bo‘ldi, bu yerda ikki oydan oshganlar ham bor. Ayollarga ham ikki oydan oshib ketgan, hammasi yig‘lab yotibdi. Har xonada to‘rt kishidan yotibmiz. Tualetining bir to‘sig‘i ham yo‘q. Hojatga chiqmoqchi bo‘lsang, juda ham noqulay bo‘ladi. Pol ham beton. Kuniga uch mahal makaron beradi, uni yesang yugurtak bo‘lib qolasan. Qamoqdan ham battar bo‘lib qoldik. O‘zbekiston konsulligiga bir necha marta qo‘ng‘iroq qildik, hech qanday natija yo‘q. Holimizdan hech kim xabar olmaydi”.

Депортга тушган ўзбеклар: “Икки ойдан буён бир хонада, туалетнинг тўсиғи ҳам йўқ!”
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:45 0:00
Бевосита линк


O‘zbekiston Respublikasining Novosibirsk shahridagi Bosh konsuli Yusuf Qobiljonov markazda qolayotgan o‘zbekistonliklarning ahvolidan yaxshi xabardor ekanligini Ozodlikka aytdi:

- Birinchidan, ularning ikki oydan buyon qolyapmiz degani noto‘g‘ri gap, chunki karantin kirib bo‘lganiga endi bir oy bo‘ldi. Ikkinchidan, biz vaqtincha saqlash markazi bilan har doim muloqotdamiz. O‘zbekistondagi koronavirus bo‘yicha davlat komissiyasi bu yoqqa samolyot jo‘natishi bilan, bularni jo‘natamiz, bu odamlar ro‘yxatda bor. Vahima qilishga asos yo‘q.

Rossiyadan 19 martda OzodMikrofonga shikoyat qilgan andijonlik homilador ayol ham bir oydan buyon Yekaterinburgdagi xorij fuqarolarini vaqtincha saqlash markazida qolayotgani va bu joyning sharoiti yomonligi bois, homilasiga zarar etishidan xavotir bildirgan edi.

29 mart kuni bir guruh taniqli rossiyalik huquq faollari Xorij grajdanlarini vaqtinchalik saqlash markazlarida (SVSIG) deportatsiya qilinishini kutayotgan mehnat muhojirlarini ozod qilish talabi bilan chiqqan edi.

Faollar Moskva rasmiylari diqqatini SVSIGda qolayotgan migrantlar hayoti va sog‘ligi xavf ostida ekaniga qaratdi.

Ayni paytda dunyoning turli shaharlarida havo yo‘llari yopilgani bois yuzlab o‘zbekistonlik vataniga qayta olmayapti.

XS
SM
MD
LG