Линклар

Шошилинч хабар
26 ноябр 2024, Тошкент вақти: 03:25

Toshkentda YPX inspektorlariga "bo‘ysunmaslik” bo‘yicha “qonunbuzar”larni ushlash kunlik rejasi belgilab berildi (AUDIO)


O‘zbek militsiyasi avtomobilni tekshirmoqda, Toshkent.
O‘zbek militsiyasi avtomobilni tekshirmoqda, Toshkent.

"Har biring ertalabgacha kamida bir kishini “militsiya xodimining qonuniy talabiga bo‘ysunmaslik” moddasi bo‘yicha “qonunbuzarlar”da ayblab, ushlaysan. Ushlab kelganlar rag‘batlantiriladi".

Bu Ozodlikka kelib tushgan audioyozuvdagi ovoz egasi bergan buyruqning mag‘zidir. Ovoz egasi, audioni yuborganning iddao qilishicha, Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Azizxon Umarxonovdir.

​Ovoz egasi inspektorlarga qoidabuzar haydovchini bo‘ysunmaslik holatiga qanday olib kelishi lozimligini aytadi, bunga erishgan yo‘l harakati inspektori alohida rag‘batlantirilishini va’da qiladi.

Ozodlik Umarxonovning ovozi deb iddao qilinayotgan audio yuzasidan Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi matbuot xizmatidan izoh so‘rab yozma murojaat qildi, lekin javob bo‘lmadi.​

Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Azizxon Umarxonov​ning ovozi deb iddao qilinayotgan audioyozuv Ozodlik tahririyatiga 21 aprel kuni kelib tushdi.

Ovoz egasi gaplari mazmunidan audio aprel oyi boshida yozilganini anglash mumkin.​

Ozodlik tasarrufidagi audioda ovoz egasi yo‘l harakati xavfsizligi inspektorlaridan qoidabuzar haydovchini bayonnoma to‘ldirishgacha bo‘lgan vaziyatga qanday olib kelishi lozimligini aytar ekan bunday deydi:

"Ey, nima devotsiz", deb boshlaydi, to‘g‘rimi? Shu joyda qo‘pollik qiladigan bo‘lsa, darrov hududiy PPS yoki gvradiyaga shartta olib kirib, naruchnik i srazu GOMga.

"Ertalabga bitta minimum nepodchineniye qilib bersangizlar o‘sha kunga ko‘p ishladinglar qilib qo‘yib beraman. Nepodchineniye, yaxshilab tushuntirasizlar. "Hurmatli fuqaro, ogohlantirilgan edi, qo‘pollik qilmang, davlat idorasini xodimiman, davlat idorasi xodimini qonun talabini bajarmaslik ma’muriy javobgarlik kodeksining falonchi moddalarini keltirib chiqaradi". "Ey, nima devotsiz", deb boshlaydi, to‘g‘rimi? Shu joyda qo‘pollik qiladigan bo‘lsa, darrov hududiy PPS yoki gvardiyaga shartta olib kirib, naruchnik i srazu GOM (shahar militsiya bo‘limi)ga. Bir hafta o‘n kundan beri ogohlantirilyapti xalq. Haydovchilar ogohlantirilyapti, qo‘lga tushdimi do konsa joyida bosiladi", deydi. Toshkent shahar Ichki Ishlar Bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Azizxon Umarxonov​ning ovozi deb iddao qilinayotgan audioyozuvda ovoz egasi.​

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:00 0:00
Бевосита линк

Ozodlik Umarxonovning ovozi deb iddao qilinayotgan audio yuzasidan Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi matbuot xizmatidan izoh so‘rab yozma murojaat qildi, lekin javob bo‘lmadi.

"Maqsad byudjetga tushumni ko‘paytirish"mi?

Ovozli yozuvni Ozodlikka jo‘natgan IIB xodimining aytishicha¸ bu audioni uning o‘zi razvod payti yozib olgan.

Militsiya xodimlaridan bo‘ysunmaslik holatlari haqida "rezultat" talab qilayotgan amaldor esa, uning iddaosicha, Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Azizxon Umarxonovdir, maqsad esa - byudjetga tushumni ko‘paytirish:

Maqsad byudjetga tushumni ko‘paytirish emish. Ammo bunday vijdonni qiynaydigan ishlarni qilishdan bosh tortayotgan inspektorlar ham bor.

“Odamlar tirikchilik bilan ko‘chaga chiqadi. Biz ularni bo‘ysunmadi mazmunidagi protokollar bilan shtrafnoyga tiqishimiz kerak. Bu bilan bizning ballar oshib, bizni rag‘batlantirishadi. Maqsad byudjetga tushumni ko‘paytirish emish. Ammo bunday vijdonni qiynaydigan ishlarni qilishdan bosh tortayotgan inspektorlar ham bor. Axir, odamlar qiynalishmoqda”, dedi Ozodlik bilan mikrofonsiz suhbatda IIB xodimi.

Toshkentda YPX inspektorlariga "bo‘ysunmaslik” bo‘yicha qonunbuzarlarni ushlash kunlik rejasi belgilab berilganini shahar Ichki ishlar boshqarmasining yana bir xodimi Ozodlikka tasdiqladi.

O‘zbekiston Ma’muriy javobgarlik kodeksining 195-moddasida IIB xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik yoki uning o‘z xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solish yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olish nazarda tutilgan.

Mazkur holatda IIB xodimlari ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzadi, bunday ishlar ma’muriy sudlarda ko‘rib chiqiladi.

O‘zbekistonning poytaxt Toshkentdan tashqari boshqa hududlarida ham yo‘l patrul xizmati xodimlariga “militsiya xodimining qonuniy talabiga bo‘ysunmaslik” moddasi bo‘yicha, “qonunbuzarlar”ni ushlash to‘g‘risida kunlik reja belgilab berilgani haqida Ozodlik ma’lumotga ega emas.

Lekin, Ozodlik bilan suhbatda bo‘lgan viloyatlik haydovchilar "arzimagan sabablar bilan" jarimaga tortish va ulovlarning jarima maydonchasiga olinishi xolatlari ko‘payganini aytishgan.

Andijonning Izboskan tumanilik 35 yoshli haydovchi 21 aprel kuni Ozodlik bilan suhbatda karantin talablarini buzib, maxsus ruhsatnomasiz mashina haydagani uchun 9 million so‘mlik jarimaga tortilgani, mashinasi karantin muddati tugagunga qadar jarima maydonchasiga olinganini aytdi:

- 9 million shtraf ham yozishdi. Buni ustiga karantin tugagunga qadar mashina jarima maydonida qoladi, deyishyapti. U yerda turishi kuniga 15 ming so‘mdan bo‘ladi. 10 maygacha karantin bo‘ladigan bo‘lsa qanchaga tushishini hisoblayverasiz.

Buxoroning Vobkent tumanida esa karantin qoidalarini buzgan holda mashina boshqargan 42 yoshli tadbirkor Ismat Jumayevning mashinasi jarima maydoniga olinib, o‘zi 7 kunga qamaldi.

Qarindoshlari iddaosicha, tadbirkor yuzida niqob yo‘qligi uchun to‘xtatgan yo‘l-patrul xizmati xodimlari bilan tortishgan. ma’muriy kodeksning 54-moddasi yoniga 183-modda, ya’ni mayda bezorilik, jamoat joyida uyatli so‘zlar bilan so‘kinishda ayblab qamashgan, mashinasini jarima maydoniga olishgan.

- Uni maxsus ruhsatnomasi bor, lekin yuzingda niqobing yo‘q, deb to‘xtatishgan. Rulda o‘tirgan paytda niqobni nima keragi, bor desa, orqa sideniya nega olinmagan, orqa eshik nega pechatlanmagan, degan. Buni jahli chiqqan. Bezorilikni qo‘shib, 7 sutkaga qamavorishdi. Hozir ruxsatnomasi borlarga yo‘lda yo‘lovchi olmasin, deb orqa sideniyani oldirishyapti, orqa eshiklarni pechatlashyapti. Orqa sideniya olinsa mashina nosoz hisoblanadiku. Nosoz mashina haydash ham qoidabuzarlikku, YPH xodimlaridan bu haqda so‘rasangiz tushuntirib berolmaydi, o‘rtada janjallar kelib chiqyapti, - deydi 7 kunga qamalgan buxorolik tadbirkorning qarindoshi.

Instagramdagi Interesting.uz kanali foydalanuvchilari jarimalar evaziga O‘zbekiston haznasiga 38 million AQSh dollari tushgan bo‘lishi haqda yozib chiqishdi.

Instagramdagi Interesting.uz kanali foydalanuvchilari karantin davrida jarimalar evaziga davlat haznasiga tahminan qancha tushum qilinganini hisoblab chiqqan.
Instagramdagi Interesting.uz kanali foydalanuvchilari karantin davrida jarimalar evaziga davlat haznasiga tahminan qancha tushum qilinganini hisoblab chiqqan.

O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi 22 aprel kuni o‘z rasmiy saytida karantin tadbirlari e’lon qilingan vaqtdan bugungi kunga qadar mamlakat bo‘yicha karantin qoidalariga amal qilmaslik bilan bog‘liq 90 mingga yaqin holat aniqlanganini ma’lum qildi.​

Ozodlik koronavirus pandemiyasining O‘zbekistonga kirib kelishi ortidan mamlakatda yuzaga chiqqan vaziyatni kuzatishda davom etadi. Vaziyatga oid fakt va ma’lumotlarni Ozodlik orqali jamoatchilik bilan o‘rtoqlashishingiz mumkin.

Buning uchun Ozodlikning Telegramdagi @ozodnews kanaliga xabar yuboring.

XS
SM
MD
LG